𝗔𝗻𝘀𝗼𝗿ت︎
41 subscribers
3.56K photos
1.1K videos
6 files
343 links
🍃 اسم ميكسيرلي وراكسيمديل ألوكس
🍃 каналга обуна бӯлинг да’ватга шэрик бӯлинг 🤲
.
.mp³ 🎶 ma'ruzalar siz izlagan🕊
.
.Videolar 📽🎬
.
.Islomiy rasmlar 📸
.
.Quiz testlar 🖇

Murojaat ucn creator @Bilolxon_2004
Murojaat ucn creatorka: 🤫
Download Telegram
​​#Tabrik

Meni tabriklamang yangi yil bilan,
Moʻmin ekanimga shubha uygʻotmang.
Uzoqlashib ketmay dil yaqin bilan,
Meni bir tilakka alishmang, sotmang.

Buzmangiz uyqumni choʻkkanida tun,
Cherkov zangisidek urilmasin bong.
Kecha shovqinlarga boʻlmasin tutqun.
Oddiygina otsin ertangi u tong.

Qorbobo yubormang bolamga atab,
Shirin tushlarini buzmang, iltimos.
Koʻziyu koʻnglini Qurʼonga qadab,
Bazoʻr yolgʻonlardan etyapman xalos.

Archa keltirmadim hovlim sahniga,
Shifo boʻlsa hamki muattar hidi.
Yashnagan novdani kesayin nega,
Koʻngil istaklari podshomi edi!?

Meni tabriklamang yangi yil bilan,
Oʻtgan bu umrimdan quvonay nechun?
Gunohkor vujudu shunday dil bilan,
Tarixim yozildi, doʻstginam, tushun.

Qordayin oqlikni tilamang aslo,
Oyoqlar ostida qolmoqchimasman.
Yaxshi niyat ila bersangiz hatto
Bu kun hadyalarni olmoqchimasman...

Meni tabriklamang yangi yil bilan...


♻️Яхшилик учун яқинларингизга ҳам улашинг❗️
┄┄┅┅✿🍃🌸🍃✿┅┅┄┄
🌵➥Kᴀɴᴀʟɢᴀ ᴜʟᴀɴɪsʜ ᴜᴄʜᴜɴ:
@axiy_uxtiy_o1