Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
28.8K photos
2.85K videos
1 file
12.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo va Novosibirsk o‘rtasida hududlararo hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish maqsadida Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov bilan videokonfrensaloqa shaklida onlayn muloqot o‘tkazdi. Unda ikki viloyat hududlari rahbarlari ham ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida hududlar ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, yetkazib berish, tog‘-kon, yengil sanoat, ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi o‘ndan ortiq yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish imkoniyatlari mavjudligi ta’kidlandi.

Muloqot yakunida mutasaddi vakillar va malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda qo‘shma dastur va yo‘l xaritalarini ishlab chiqish hamda yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

#Surxondaryo #Novosibirsk #muloqot #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Novosibirsk viloyatiga tashrifi doirasida amaliy tadbirlar boshlandi. Bugun viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov va Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikovning kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlarning tarmoq va sohalar mutasaddilari hamda ishbilarmon doira vakillari o‘zaro hamkorlik aloqalarining yangi yo‘nalishlari, istiqbolli loyihalar hamda mavjud imkoniyatlar yuzasidan taqdimotlari ko‘rib chiqildi va ma’ruzalari tinglandi. Ikki viloyat rahbari ham O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlarining say-harakatlari bilan ikki mamlakatning strategik hamkorlik aloqalari yangi bosqichda rivojlanib borayotganini qayd etishdi.

Tadbir yakunida Surxondaryo viloyati hokimligi va Novosibirsk viloyati hukumati o‘rtasida hamkorlik qilish bo‘yicha anglashuv memorandumi hamda ushbu memorandumni ijrosini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi.

Delegatsiyamizning Novosibirsk viloyatiga tashrifi davom etmoqda.

#Surxondaro #Novosibirsk #uchrashuv #hamkorlik #memorandum

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Ayni vaqtda Rossiyaning Novosibirsk viloyatida tashrifini davom ettirayotgan Surxondaryo delegatsiyasi bugun Novosibirsk viloyati sanoat va logistika parki faoliyati bilan tanishdi. Umumiy maydoni 1 059 gektar bo‘lgan parkda 60 mlrd rubllik investitsiyalar jalb qilingan.

Viloyatimiz rahbari boshchiligidagi delegatsiya park hududida yo‘lga qo‘yilgan loyihalar, amalga oshirilayotgan tashabbuslar hamda kelgusidagi rejalar bilan tanishdi. Bugungi kunda park hududida Rossiya va xorijiy kompaniyalar investorlari o‘z faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishgan.

Park hududida asosiy muhandislik va transport infratuzilmasi obyektlari, jumladan, yuqori bosimli gaz quvuri, elektr tarmog‘i obyektlari, issiqlik ta’minoti tizimi, umumiy temir yo‘l va uchastka ichidagi avtomobil yo‘llar investorlar uchastkalari bo‘ylab birlashtirilgan.

Viloyat rahbari park faoliyati bilan tanishib, mutasaddilarga ushbu tajribani Surxondaryoda joriy etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish topshirig‘ini berdi.

#Surxondaro #Novosibirsk

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Ayni vaqtda Novosibirsk viloyatida bo‘lib turgan Surxondaryo delegatsiyasi tarikibida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, vohamizdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda ta’lim sohasi mutasaddilari ham tashrif buyurgan.

Viloyatimizning oliy ta’lim muassasalari rektorlari Novosibirskdagi hamkasblari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ta’lim tizimida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Ikki tomonlama uchrashuvlar hamda muzokaralar davomida Surxondaryo va Novosibirsk viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qator kelishuvlar imzolandi. Xususan, tibbiyot, farmasevtika, muhandislik, ijtimoiy-iqtisodiy, arxitektura va qurilish hamda fizika yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlashda qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirishga kelishilib olindi.

#Surxondaro #Novosibirsk #oliytalim #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Viloyatimiz delegatsiyasining Novosibirsk viloyatiga tashrif dasturiga muvofiq “RusAgroMarket” ulgurji tarqatish markazi faoliyati bilan tanishishdi.

Loyiha “Ermak” kompaniyalar guruhi va “Proksima Kapital Group” investitsiya kompaniyasi tashabbusi bilan Rossiya Federatsiyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘magida amalga oshirilgan bo‘lib, Novosibirskdagi markazning umumiy maydoni 108 gektarni tashkil etadi.

Viloyatimiz delegatsiyasining markaz faoliyati bilan tanishuvidan so‘ng, ikki hudud tadbirkorlari ishtirokida muzokaralar o‘tkazildi. Tomonlar markazda tadbirkorlar uchun yaratilgan qulayliklar, jumladan, mahsulotlarni saqlash, yetkazib berish, ulgurji sotish uchun yaratilgan sharoitlardan kelgusida xamkorlikda foydalanishga kelishdilar.

Surxondaryo va Novosibirsk viloyatlari rahbarlari mahsulotlarni yetkazib berish va o‘zaro tovar almashishda hamkorlik qilishdan mamnunligini bildirishdi.

#Surxondaro #Novosibirsk #RusAgroMarket

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Delegatsiyamizning Novosibirskdagi keyingi manzili «Sibiar» AJ maishiy kimyo ishlab chiqarish zavodi bo‘ldi. 1974 yilda tashkil etilgan mazkur zavodda soch turmagi uchun mahsulotlar, antistatik vositalar, havo spreyi, maishiy laklar va turli sirtlarni tozalash, hasharotlarga qarshi va avtomobillarni parvarish qilish vositalari kabi 400 nomdagi aerozol mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Viloyatimiz delegatsiyasi ishlab chiqarish jarayonlaridan tortib, mahsulotlarni qadoqlash, logistika markazlariga yuborish hamda savdoga chiqarish jarayonlari bilan tanishishdi.

Zavod bilan kelgusida mahsulotlar ishlab chiqarish, yetkazib berish va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik qilish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

#Surxondaro #Novosibirsk #Sibiar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo delegatsiyasi eng yirik elektr mashinasozlik korxonalaridan bo‘lgan Novosibirskdagi “ELSIB” zavodiga tashrif buyurdi. Zavodda issiqlik elektr stansiyalari, gidroelektrostansiyalar, atom elektr stansiyalari uchun asbob-uskunalar, jihozlar, generatorlar, elektr motorlar ishlab chiqariladi.

Kompaniya, shuningdek, kapital ta’mirlash va sotishdan keyingi xizmatlarni ham ko‘rsatadi.

Delegatsiyamiz a’zolari kompaniyada ishlab chiqarish jarayonlari va tayyor mahsulotlar turlari bilan tanishishdi. Shuningdek, yirik sanoat va gidrologiya loyihalari uchun jihozlar yetkazib berish masalasini ham muhokama qildi.

#Surxondaro #Novosibirsk #ELSIB

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Ayni vaqtda Rossiya Federatsiyasiga tashrifini Novosibirsk viloyatida davom ettirayotgan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov hamrohligida «Sibirskoe steklo» (Sibir shishasi) kompaniyasi faoliyati hamda ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.

«EKRAN» sanoat parkining rezidenti bo‘lgan «Sibirskoe steklo» MChJ shaffof va rangli konteyner shisha ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, ta’minot geografiyasi Rossiyaning Uraldan uzoq sharqgacha bo‘lgan hududlari hamda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Mo‘g‘uliston davlatlari hisoblanadi. Zavodda iste’molchilarning xavfsizlik va sog‘liqni saqlash talablariga javob beradigan 120 turdagi shisha mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Muhandislar viloyatimiz rahbariga ishlab chiqarish jarayonlari va bosqichlari, zavod quvvati, unda ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari haqida axborot berishdi. Shuningdek, «EKRAN» sanoat parki va «Sibirskoe steklo» kompaniyasi bilan kelgusida hamkorlik loyihalarini ishlab chiqish masalasi ham muhokama qilindi.

#Surxondaro #Novosibirsk #Sibirskoesteklo

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Novosibirsk viloyatiga tashrifi davomida «Vosxod» non mahsulotlari ishlab chiqarish kompaniyasi faoliyati bilan ham tanishdi. Sohada 80 yillik tajribaga ega kompaniya har kuni Novosibirskning 1 200 ta aholi punktiga non va non mahsulotlarini yetkazib beradi hamda hududdagi umumiy bozorning 30 foizdan ortig‘ini o‘z mahsulotlari bilan ta’minlaydi.

Delegatsiyamiz a’zolari ishlab chiqarish jaaryonlari bilan tanishuvdan so‘ng hozirda Novosibirsk viloyatida bo‘lib turgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda migrantlarning yashash sharoitlari, ular uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda mavjud muammolar yuzasidan suhbat qilindi. Shuningdek, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Surxondaryo viloyati filiali boshlig‘i migrantlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, yurtimizda migratsiyadan qaytgan fuqarolarimizni band qilish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

#Surxondaro #Novosibirsk #yurtdoshlar #uchrashuv #Vosxod

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X