Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
📣 2-avgust, juma kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan press-tur

🏢 Tashkilotchilar: Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati, Turizm hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalari

🏘 Maqsad: Sangardakda o‘tkaziladigan ichki turizm yarmarkasida ishtirok etish, mavjud turizm obyektlari faoliyati bilan tanishish

Manzil: Sariosiyo tumani Sangardak turizm qishlog‘i

🕚 Vaqti: soat 9:00-17:00

🚌 Termiz shahridan avtobus Matbuot uyi oldidan soat 6:00da jo‘naydi (“Barkamol avlod” ko‘chasi 30-uy).

🔰 Barcha jurnalistlar va blogerlarni ushbu media-tadbirga taklif etamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun haftalik ish rejasiga muvofiq yoshlar bilan ishlash, ijtimoiy soha obyektlari faoliyati hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Yoshlar va turizm ko‘chalarini tashkil etish ishlarining borishi, sport klubi va oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati hamda oilaviy shifokorlik punktida yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. Shuningdek, yoshlarga ajratilgan yer maydonlarida ekin ekilishi va yerdan samarali foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2169

#Surxondaryo #yoshlar #ijtimoiysoha #Yoshlarkuchasi #sportklub #bogcha

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifidan so‘ng, kunning ikkinchi yarmida Termiz shahrida Respublika Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filiallari faoliyati va ularda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Tibbiyot markazlarida bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, keltirilgan tibbiy asbob-uskuna va jihozlar ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilar kasalliklarni barvaqt aniqlash, oldini olish hamda ijtimoiy himoya va “ijtimoiy karta” tizimini joriy etish bo‘yicha viloyatimizda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot qildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2170

#Surxondaryo #onkologiya #endokrinologiya #filiallar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Viloyat rahbari kecha Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlari hamda Termiz shahrida ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-iyuldagi KQ -787-IV sonli qaroriga asosan “Tashabbusli budjet” jarayonini oʻtkazish boʻyicha amaldagi tartibga qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra:
ovoz berish jarayoni davomida fuqarolar tomonidan shikoyatlar kelib tushsa, tegishli tuman (shahar) xalq deputatlari kengashiga taqdimnoma yuboriladi hamda holat o‘z tasdig‘ini topganda majburiy ovoz to‘plangan loyihalarni ovoz berish bosqichidan chetlatiladi yoki g‘oliblar ro‘yxatidan chiqariladi;

so‘nggi mavsumlarda ketma-ket ikki marotaba g‘olib deb topilgan mahallalar (tashkilotlar) uchun navbatdagi ikkita mavsum doirasida loyiha kiritish imkoniyati cheklanadi;

majburiy ovoz berishga jalb etish holatlarini oldini olish maqsadida ovoz berish bosqichi muddati 10 kunga kamaytiriladi;

Xalq deputatlari hududiy kengashlari ham gʻolib loyihalarni eʼlon qilish vakolatiga ega boʻladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X