Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida yoshlar jinoyatchiligining oldini olish borasida shahar va tumanlar mutasaddilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar videokonfrensaloqa shaklida muhokama qilindi.

Muhokamadan so‘ng, viloyat rahbari “Qiziriq PFK” futbol klubi rahbariyati va futbolchilari, shuningdek, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasiga biriktirilgan “qizil” toifadagi yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Tashrif yakunida "Yoshlar va turizm" ko‘chasi hamda savdo markazi, mehmonxona, oshxona, avtoservis, chorva mollari sotish va logistika markazlarini tashkil etish loyihalari taqdimotlari ko‘rib chiqildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2186

#Surxondaryo #Qiziriq #jinoyatchilik #QiziriqPFK #yoshlar #uchrashuv #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Qiziriqda sport zali va maktablar bilan tanishildi hamda jinoyatchilik muhokamasi, yoshlar va futbolchilar bilan uchrashuvlar, shuningdek, loyihalar taqdimoti o‘tkazildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov investitsion loyihalar hamda ishlab chiqarish va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish maqsadida Termiz tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida “Tavsiya Surxon” xususiy korxonasining penoplast ishlab chiqarish, “Arzon plyus mahsuloti” MChJ xorijiy korxonasining plastik toladan gilam tayyorlash, “Termiz tezkor qurilish” xususiy korxonasining asfalt qoplamasi tayyorlash zavodi hamda “Surxon mega fruit” MChJning logistika markazi tashkil etish loyihalari bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2187

#Surxondaryo #Termiztumani #investitsiya #loyihalar #korxonalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryoda saylov komissiyalari tuzildi

Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi o‘tkazildi. Unda Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarini tuzish to‘g‘risidagi masala ko‘rildi hamda Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari tomonidan tavsiya etilgan okrug saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va komissiyaning olti-sakkiz nafar boshqa a’zolaridan iborat nomzodlarning tarkibi tahlil etildi.

Komissiya a’zoligiga nomzodlarning 389 nafari oliy, 86 nafari o‘rta-maxsus, 3 nafari o‘rta ma’lumotli bo‘lib, pedagoglar 258, iqtisodchilar 59, muhandislar 42, shifokorlar 33, huquqshunoslar 7, jurnalistlar 3 nafar va boshqa kasb egalari 76 nafarni tashkil etadi.

Videokonfirensaloqa shaklida o‘tkazilgan majlis yakunida Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 50 ta okrug saylov komissiyasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, komissiyalar a’zolari tarkibi tasdiqlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Prezidentimiz tomonidan kuni kecha imzolangan Farmon va farmoyish bilan mamlakatimiz iqtisodiyotida barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yuksaltirish borasidagi katta xizmatlari, ish o‘rinlari yaratish, aholi turmush farovonlini oshirish yo‘lidagi hissalari uchun bir guruh tadbirkorlar davlat mukofotlari va “Faol tadbirkor” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

Ular orasida davlat mukofotiga loyiq ko‘rilgan ikki nafar, “Faol tadbirkor” nishoni bilan taqdirlangan olti nafar surxondaryolik tadbirkorlar ham bor. Bugun Termiz shahridagi “Tinchlik” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida vohalik tadbirkorlarga davlat muokofotlari va ko‘krak nishonlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, tadbirkorlarning keyingi yillarda vohamizni har tomonlama rivojlantirishga qo‘shayotgan hissalarini alohida e’tirof etdi. Shundan so‘ng, “Do‘stlik” ordeni va “Shuhrat” medali hamda “Faol tadbirkor” ko‘krak nishonlari o‘z egalariga tantanali topshirildi.

Tadbirda ishtirok etgan nuroniylar, ko‘p yillar davlat boshqaruvida hamda tadbirkorlik faoliyatini olib borgan faxriylar hamda tadbirkorlar so‘zga chiqib, bugungi yurtimizda tadbirkorlarga yaratib berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlarga to‘xtalab, Prezidentimiz va xalqimiz o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Taqdirlash marosimidan so‘ng tadbirkorlar va nuroniylar uchun bayram dasturxoni yozildi. Nuroniylar yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi hamda tadbirkorlarimiz ishlariga rivoj tilab duoga qo‘l ochishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X