Surxondaryo viloyati hokimligi
25K subscribers
30.2K photos
3K videos
1 file
13.3K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥊 Bahodir Jalolov ikkinchi chempionlik sari yurishini boshladi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi a’zosi, Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Bahodir Jalolov ikkinchi chempionlik sari yurishini boshladi.

Dastlabki saralashda norvegiyalik Oman Shixa bilan jang qilgan Jalolov ishonchli g‘alaba bilan chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Jalolov 2 avgust kuni yarim final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi.

Yurtimiz faxri bo‘lgan vohadoshimizga keyingi bosqichda omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning hududlarda o‘rganishlari Denov tumanida davom etdi. Tuman markazidan oqib o‘tuvchi Qizilsuv daryosi bo‘yida yoshlar sayilgohini tashkil etish ishlari bilan tanishildi.

Hozirda daryo qirg‘oqlari tozalanib, qurilish ishlari boshlash uchun maydonlar tayyor holatga keltirilgan. Viloyat rahbari qurilish ishlarini ko‘zdan kechirish jarayonida poydevor va qirg‘oqlarni suv yuvishidan himoyalash uchun beton qoplamalar quyish ishlarini boshlab berdi.

Ishlarni jadallashtirish, sayilgoh bo‘ylab ko‘ngilochar maskanlar, hordiq chiqarish joylari hamda boshqa obyektlarni zamonaviy shaharsozlik normalari va kreativ yondoshuvlar asosida qurish lozimligi ta’kidlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Termiz, Jarqo‘rg‘on va Sariosiyo tumanlarida "Yangi O‘zbekiston" massivlari hamda ijtimoiy soha obyektlari qurilishi bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
⚡️ Sangardakda “Ichki turizm yarmarkasi” o‘tkaziladi

Surxondaryoda ichki turizmni rivojlantirish, aholi va sohadagi tadbirkorlar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini jadallashtirish hamda o‘zaro muloqot maydonini yaratish maqsadida joriy yil 2-avgust kuni Sangardak turizm qishlog'ida "Ichki turizm yarmarkasi" bo‘lib o‘tadi.

🔰 Yarmarkada quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:

turoperator va turagentlarni isteʼmolchilarga tanitish;

ichki turizm yo‘nalishida faoliyat yurituvchi turoperatorlar hamda korxona va tashkilotlar hamkorligida “B2B” (tadbirkor bilan tadbirkor) va “B2S” (tadbirkor bilan mijoz) mexanizmlari asosida uchrashuvlar;

hunarmandchilik mahsulotlari yarmarkasi.

❗️ Tadbirda ishtirok etish bepul.

Barchani Ichki turizm yarmarkasiga taklif etamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Yangi saylov tizimining o‘ziga xos xususiyatlari haqida nimani bilish lozim?

Aralash saylov tizimi nimadan iborat?
Majoritar saylov tizimi nima?
Proporsional saylov tizimi nima?
Saylovchilarga beriladigan byulletenlar soni nechta bo‘ladi?
Aralash saylov tizimi afzalligi nimada?

🎥 Videorolikda shu kabi savollarga batafsil javob olish mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
📊 Surxondaryo viloyatining doimiy aholisi soni 2 mln 900 mingdan oshdi

🏢 Viloyat statistika boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2024-yil 1-iyul holatiga Surxondaryoning doimiy aholisi soni 2 907 483 kishini tashkil etgan.

📌Shundan:
🔷 shahar aholisi – 1 051 561 kishi;
🔷 qishloq aholisi – 1 855 922 kishi.

🔷Erkaklar – 1 471 525 kishi;
🔷Ayollar – 1 435 958 kishi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor, Muzrabot, Sherobod va Qiziriq tumanlarida viloyat Ishchi guruhi tomonidan g‘o‘za hosildorligini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan o‘rganish natijalarini muhokama qildi hamda g‘o‘za parvarishi borasida olib borilayotgan ishlar, yig‘im-terim mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.

Shuningdek, issiqni issiq demay, tunu-kun dalada mehnat qilib, g‘o‘za parvarishida jonbozlik ko‘rsatayotgan mexanizatorlarga sovg‘alar topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2168

#Surxondaryo #paxta #agrotexniktadbirlar #mexanizatorlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Surxondaryo viloyati hokimi to‘rtta tumanda g‘o‘za yetishtirish ishlari va terim mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi:

🔷 Surxondaryo viloyati transport boshqarmasi: Transportni rivojlantirish sho'`basi Tarif-narх siyosati bo'yicha bosh mutaхassisi;

🔷 Angor tuman hokimligi:
Markaz mahallasida hokim yordamchisi;

Madaniyat mahallasida hokim yordamchisi;

🔷 Yoshlar ishlari agentligi Termiz tumani bo‘limi: Qahramon mahallasi Yoshlar yetakchisi;

🔷 Yoshlar ishlari agentligi Qumqo‘rg‘on tumani bo‘limi: Mustaqillik mahallasi Yoshlar vakili;

🔷 Yoshlar ishlari agentligi Jarqo‘rg‘on tumani bo‘limi: Oltintepa mahallasi Yoshlar yetakchisi;

🔷 Yoshlar ishlari agentligi Uzun tumani bo‘limi: Yangi ro'zg'or mahallasi Yoshlar yetakchisi;

🔷 Muzrabot tumani hokimligi: Bosh yuriskonsulti;

🔷 Surxondaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi: Teхnik kuzatish va bajarilgan ishlarni qabul qilish bo'limi bosh mutaхassisi;

🔷 Sariosiyo tumani hokimligi: Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviiy majmuasi yetakchi mutaxassisi;

❗️Arizalar 02.08.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
📢 Elektr energiyasi iste’molchilari diqqatiga!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan 2024-yil 31-iyul soat 23:50dan 5-avgust soat 22:00gacha Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib borilishi ma’lum qilindi.

Xabarda mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bo‘lishi, shu bilan birga iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmasligi bildirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
📣 2-avgust, juma kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan press-tur

🏢 Tashkilotchilar: Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati, Turizm hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalari

🏘 Maqsad: Sangardakda o‘tkaziladigan ichki turizm yarmarkasida ishtirok etish, mavjud turizm obyektlari faoliyati bilan tanishish

Manzil: Sariosiyo tumani Sangardak turizm qishlog‘i

🕚 Vaqti: soat 9:00-17:00

🚌 Termiz shahridan avtobus Matbuot uyi oldidan soat 6:00da jo‘naydi (“Barkamol avlod” ko‘chasi 30-uy).

🔰 Barcha jurnalistlar va blogerlarni ushbu media-tadbirga taklif etamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun haftalik ish rejasiga muvofiq yoshlar bilan ishlash, ijtimoiy soha obyektlari faoliyati hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Yoshlar va turizm ko‘chalarini tashkil etish ishlarining borishi, sport klubi va oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati hamda oilaviy shifokorlik punktida yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. Shuningdek, yoshlarga ajratilgan yer maydonlarida ekin ekilishi va yerdan samarali foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2169

#Surxondaryo #yoshlar #ijtimoiysoha #Yoshlarkuchasi #sportklub #bogcha

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X