Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Novosibirsk viloyatiga tashrifi davomida «Vosxod» non mahsulotlari ishlab chiqarish kompaniyasi faoliyati bilan ham tanishdi. Sohada 80 yillik tajribaga ega kompaniya har kuni Novosibirskning 1 200 ta aholi punktiga non va non mahsulotlarini yetkazib beradi hamda hududdagi umumiy bozorning 30 foizdan ortig‘ini o‘z mahsulotlari bilan ta’minlaydi.

Delegatsiyamiz a’zolari ishlab chiqarish jaaryonlari bilan tanishuvdan so‘ng hozirda Novosibirsk viloyatida bo‘lib turgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda migrantlarning yashash sharoitlari, ular uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda mavjud muammolar yuzasidan suhbat qilindi. Shuningdek, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Surxondaryo viloyati filiali boshlig‘i migrantlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, yurtimizda migratsiyadan qaytgan fuqarolarimizni band qilish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

#Surxondaro #Novosibirsk #yurtdoshlar #uchrashuv #Vosxod

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Novosibirskning yirik oziq-ovqat bozorlaridan biri hisoblangan Xiloks bozori bilan tanishdi. Savdo majmuasida O‘zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ham sotuvi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yurtimizdan keltirilgan mahsulotlar bu yerda juda xaridorgir hisoblanadi.

Delegatsiyamiz yirik bozor hududi bilan tanishib, kelgusida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmini oshirish, savdo nuqtalarini ko‘paytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqib, Novosibirsk mutasaddilari bilan ushbu masalani muhokama qildi.

Shundan so‘ng, asli o‘zbekistonlik tadbirkor tomonidan Novosibirsk tumanida tashkil etilgan, shartnoma asosida turar-joy bo‘lmagan aktivlarni haq evaziga boshqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi «Aziya-Sibir» agrokompleksi faoliyati bilan tanishildi. Jumladan, kompleksning logistika markazida O‘zbekistondan keltirilgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qadoqlash, savdo nuqtalariga yetkazib berish, shuningdek, o‘zbek milliy taomlari tayyorlanadigan umumiy ovqatlanish nuqtalari faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Delegatsiyamizga kompleksning faoliyat yo‘nalishlari, bu yerda tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan taqdimot qilindi.

#Surxondaro #Novosibirsk #Xiloksbozori #AziyaSibir

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
❗️Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra:
Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini qo‘shib yuborish orqali ularning negizida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti (keyingi o‘rinlarda – Universitet) tashkil etildi;

Universitetda muhandislik, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida hamda hududning oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojiga muvofiq oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanadi;

Universitetda 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati tashkil etiladi;

yirik ishlab chiqarish korxonalari Universitetning Ilg‘or muhandislik maktabiga sanoat hamkori sifatida biriktiriladi;

Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Universitetda davom ettiradi hamda 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi;

Universitet Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Qarorning to‘liq matni: https://uza.uz/uz/posts/617705

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🛡#cybermonth

Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish - davr talabi

"Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida viloyatimiz shahar va tumanlarida mehnat jamoalari, jamoat joylari, savdo nuqtalari, tashkilot, idora va muassasalarda kiber jinoyatlarning oldini olish, firibgarlarga aldanmaslik, bu kabi holatlar sodir bo‘lganda ko‘riladigan chora-tadbirlar yuzasidan targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Navbatdagi tadbirlar Denov tumanida Milliy gvardiya boshqarmasi tomonidan o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
📊 Surxondaryoda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni

📈 Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-iyul holatiga Surxondaryoda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) soni 23 479 tani tashkil etdi.

✔️Hududlar kesimida korxona va tashkilotlar soni quyidagicha:

📍 Termiz shahrida – 3 999 ta;
📍 Denov tumanida – 2 842 ta;
📍 Jarqo‘rg‘on tumanida – 1 803 ta;
📍 Sherobod tumanida – 1 660 ta;
📍 Sho‘rchi tumanida – 1 603 ta;
📍 Qumqo‘rg‘on tumanida – 1 519 ta;
📍 Sariosiyo tumanida – 1 427 ta;
📍 Termiz tumanida– 1 337 ta;
📍 Uzun tumanida – 1 271 ta;
📍 Angor tumanida – 1 167 ta;
📍 Oltinsoy tumanida – 1 080 ta;
📍 Qiziriq tumanida – 1 058 ta;
📍 Muzrabot tumanida – 1 050 ta;
📍 Boysun tumanida – 1 043 ta;
📍 Bandixon tumanida – 620 ta.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati bo‘yicha yoshlarga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan 2 134 ta yer uchastkalarini e-auksion.uz orqali 30 yilga ijaraga oling!

🔹 Oltinsoy tumanidan 127 ta (ko'rish)
🔹 Angor tumanidan 165 ta (ko'rish)
🔹 Bandixon tumanidan 210 ta (ko'rish)
🔹 Muzrabot tumanidan 263 ta (ko'rish)
🔹 Denov tumanidan 70 ta (ko'rish)
🔹 Jarqo'rg'on tumanidan 105 ta (ko'rish)
🔹 Qumqo'rg'on tumanidan 100 ta (ko'rish)
🔹 Qiziriq tumanidan 255 ta (ko'rish)
🔹 Sariosiyo tumanidan 92 ta (ko'rish)
🔹 Termiz tumanidan 221 ta (ko'rish)
🔹 Uzun tumanidan 49 ta (ko'rish)
🔹 Sherobod tumanidan 143 ta (ko'rish)
🔹 Sho'rchi tumanidan 334 ta (ko'rish)

Eslatma: Mazkur yer maydonlari Prezident qarori (PQ-153-son,05.04.2024 y.) asosida savdoga chiqarilgan.

☎️ (99) 203-00-30 Surxondaryo viloyati vakili

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | Dorivor o‘simlik – lavanda yetishtirish ommalashmoqda

Surxondaryo viloyati Uzun davlat o‘rmon xo‘jaligida lavanda dorivor o‘simligi yetishtirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🛡#cybermonth

Surxondaryoda “Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida aholi uchun galakonsert dasturi namoyish etildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk va Novosibirsk viloyatlariga tashrifini yakunlab, Termizga qaytib kelgan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun “Sayxunobod” va “Uychi tumani” tajribalari asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Denov tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida turizm maskani tashkil etish loyihasining borishi ko‘zdan kechirildi. “Murojaatdan - daromadga” loyihasi doirasida Denov tumanida istiqomat qiluvchi 100 nafar ishsiz xotin-qizlarga tikuvchilik dastgohlari topshirish tadbirida ishtirok etildi.

Shuningdek, eshik-oyna romlari ishlab chiqarish, kompleks o‘g‘itlar yetkazib berish, mebel tayyorlash, gipsdan sun’iy gul bezaklari yasash, fasfud va yarim tayyor mahsulotlar tayyorlab sotish loyihalari hamda sport majmuasi faoliyati bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2150

#Surxondaryo #Sayxunobod #Uychi #loyihalar #bandlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X