Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Viloyat Ishchi guruhining Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlari paxta dalalarida olib borgan o‘rganish yakunlari har bir hududning o‘zida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi.

O‘rganishlarda aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, g‘o‘zani zararkunandalardan himoyalash, qo‘shimcha oziqlantirish ishlarini amalga oshirish seminar tarzida ko‘rsatib berildi.

Mirishkorlarga paxta maydonlarini begona o‘tlardan tozalash, g‘o‘za parvarishida qo‘shimcha agrotexnik tadbirlar, oziqlantirish, mahalliy o‘g‘it bilan sharbat uslubida sug‘orish ishlarini amalga oshirish vazifalari topshirildi.

Hududlar rahbarlari hamda tumanlarga biriktirilgan viloyat Ishchi guruhi a’zolariga belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini muvofiqlashtirib borish, tadbirlarning sifatli amalga oshirilishini ta’minlash vazifasi yuklandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovа va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirokida ta’lim muassasalari rahbarlari, o‘qituvchilar hamda faxriy ustozlar bilan muloqot o‘tkazildi.

Tadbirda samarali faoliyat yuritayotgan 6 nafar o‘qituvchilarimiz “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan, faol o‘qituvchilar hamda iqtidorli o‘quvchilar, ularning ota-onalari tashakkurnoma va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Surxondaryoda ta’lim tizimini rivojlantirish, maktablarni zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlashdagi sa'y-harakatlari uchun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovga “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2144

#Surxondaryo #talim #ustozlar #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🛡#cyber_month_2024

"Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi - Cyber month Surkhandarya"

Termiz shahrida joylashgan "Yashil dunyo" markaziy dehqon bozorida "Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida kiber jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi. 

Hurmatli fuqarolar ogoh bo‘ling!
Firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmang. O‘z shaxsiy ma’lumotlaringiz va bank plastik kartalaringizni begona shaxslarga bermang hamda noma’lum akkauntlarga yubormang
.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
📸 Maftunkor Boysun tabiati

Purviqor tog‘lar bag‘ridagi Boysun Surxondaryo viloyatining xushmanzara, so‘lim go‘shalaridan biri sifatida dunyoga tanilgan.

Turfa go‘zalliklarga boy hududning betakror tabiati, xilma-xil noyob o‘simliklari, sir-sinoatga to‘la tog‘lari har qanday kishini o‘ziga maftun etadi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
UzA | Prezident qarori amalda: Surxondaryoda mahalla servis kompaniyalari ish boshlamoqda

Prezidentimizning 2024-yil 25-iyundagi “Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tashkil etilayotgan “Mahalla servis kompaniyasi” mahalla obodligini ta’minlash bilan shug‘ullanadi.

Mazkur qaror ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatida ham tajriba asosida Termiz shahri va tumanlarning har birida bittadan "Mahalla servis kompaniyasi" tashkil etildi. Ularning taqdimot marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi Temir yo‘lchi mahallasida ish boshlayotgan “Temir yo‘lchi mahalla servis kompaniyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan onlayn ishtirok etdi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/614759

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X