Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Yoshlar va turizm ko‘chalari taqdimoti o‘tkazildi

Xabar berilganidek, viloyat hokimi Termiz shahri va tumanlar markazida yoshlar va turizm ko‘chalarini tashkil etish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish topshirig‘ini bergan edi. Bugun viloyat hokimligida mazkur topshiriqqa asosan ishlab chiqilgan loyihalar hududlar rahbarlari va soha mutasaddilari tomonidan taqdimot qilindi.

Viloyat rahbari ishlab chiqilgan loyihalar bilan tanishib, har bir hududning o‘ziga xosligini inobatga olgan holda aholi uchun barcha qulayliklarni yaratish lozimligini ta’kidladi. Shuningdek, ko‘chalarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, infratuzilma va obyektlar tartib bilan joylashtirilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Mas'ullarga loyihalarni boshlash, sifatli olib borish va belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish vazifasi yuklandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Viloyat Ishchi guruhining Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlari paxta dalalarida olib borgan o‘rganish yakunlari har bir hududning o‘zida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi.

O‘rganishlarda aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, g‘o‘zani zararkunandalardan himoyalash, qo‘shimcha oziqlantirish ishlarini amalga oshirish seminar tarzida ko‘rsatib berildi.

Mirishkorlarga paxta maydonlarini begona o‘tlardan tozalash, g‘o‘za parvarishida qo‘shimcha agrotexnik tadbirlar, oziqlantirish, mahalliy o‘g‘it bilan sharbat uslubida sug‘orish ishlarini amalga oshirish vazifalari topshirildi.

Hududlar rahbarlari hamda tumanlarga biriktirilgan viloyat Ishchi guruhi a’zolariga belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini muvofiqlashtirib borish, tadbirlarning sifatli amalga oshirilishini ta’minlash vazifasi yuklandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovа va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirokida ta’lim muassasalari rahbarlari, o‘qituvchilar hamda faxriy ustozlar bilan muloqot o‘tkazildi.

Tadbirda samarali faoliyat yuritayotgan 6 nafar o‘qituvchilarimiz “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan, faol o‘qituvchilar hamda iqtidorli o‘quvchilar, ularning ota-onalari tashakkurnoma va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Surxondaryoda ta’lim tizimini rivojlantirish, maktablarni zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlashdagi sa'y-harakatlari uchun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovga “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2144

#Surxondaryo #talim #ustozlar #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🛡#cyber_month_2024

"Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi - Cyber month Surkhandarya"

Termiz shahrida joylashgan "Yashil dunyo" markaziy dehqon bozorida "Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida kiber jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi. 

Hurmatli fuqarolar ogoh bo‘ling!
Firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmang. O‘z shaxsiy ma’lumotlaringiz va bank plastik kartalaringizni begona shaxslarga bermang hamda noma’lum akkauntlarga yubormang
.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
📸 Maftunkor Boysun tabiati

Purviqor tog‘lar bag‘ridagi Boysun Surxondaryo viloyatining xushmanzara, so‘lim go‘shalaridan biri sifatida dunyoga tanilgan.

Turfa go‘zalliklarga boy hududning betakror tabiati, xilma-xil noyob o‘simliklari, sir-sinoatga to‘la tog‘lari har qanday kishini o‘ziga maftun etadi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X