Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Yaponiyaning “ARK educational system’s” bosh direktori va vohamizda tashkil etilayotgan Yapon texnologiya universiteti loyihasi asoschisi Genki Kajiura hamda Tanaka Medical Innovation Research Institute (TMI); NEXUS Co.Ltd rahbari Koichi Tanaka boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida viloyatimiz delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, Surxondaryo viloyatida Yapon texnologiya universiteti tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, Termiz shahridagi “Mashhura” klinikasi bilan hamkorlikda tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish, shuningdek, VSee loyihasini vohamiz orqali yurtimizda tibbiyot sohasiga targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.

Viloyat rahbari Yapon texnologiya universiteti tashkil etish va boshqa loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha barcha zarur ko‘maklar ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

Yakunda erishilgan kelishuvlar bo‘yicha memorandum imzolandi.

#Surxondaryo  #Yaponiya  #hamkorlik  #muzokaralar  #kelishuvlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
UzA | Qishloqda yangi tibbiyot muassasasi ish boshladi

Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli “Tolli” hududiy bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Zamonaviy tibbiyot muassasasida 54 nafar malakali shifokor va o‘rta tibbiyot xodimi Guliston, Oliyhimmat, Tolli, Shakarko‘l, Konobod mahallaridagi 25 ming kishiga xizmat ko‘rsatadi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/613283

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, og‘ir hudud sifatida tanlab olingan, yoshlar ko‘chalari tashkil etiladigan 10 ta mahallada infratuzilmani yaxshilash ishlariga start berdi.

Shuningdek, baliqchilikni rivojlantirish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2138

#Surxondaryo #infratuzilma #start #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimining hududlarga tashrifi Boysun tumanida davom etdi. Viloyat rahbari kosmetika va dori mahsulotlari ishlab chiqarish hamda qurilish materiallariga ixtisoslashtirilgan sanoat zonasini tashkil etish loyihalari bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2139

#Surxondaryo #loyihalar #kosmetika #dorivositalari #sanoatzonasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Ozarbayjon delegatsiyasi bilan yo‘l qurilishi loyihalari muhokama qilindi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Ozarbayjonning “Kaspian kapital grup” kompaniyasi asoschilari Elxan Pashayev va Taxir Iskandarov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda, shuningek, Ozarbayjonning “Aztimont” va “Tovuz-Baltiya” korxonalari rahbarlari ham ishtirok etishdi.

Dastlab, avvalgi uchrashuvlarda kelishilgan loyihalarning borishi yuzasidan ma’lumot berildi. Xususan, vohamizda ozarbayjonliklar bilan hamkorlikda anor sharbati ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilganligi qayd etildi.

Shundan so‘ng, kelgusidagi hamkorlik rejalari, xususan, viloyatimiz hududida pullik yo‘l qurish loyihasi muhokama qilindi. Viloyat rahbari yo‘l qurilishida Ozarbayjon kompaniyalarining katta tajriba va salohiyatga ega ekanligi ta’kidlab, bu boradagi hamkorlikdan mamnunligini bildirdi.

Shuningdek, tomonlar yo‘l qurilishi loyihasini mutaxassislarni jalb qilgan holda texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, loyiha takliflarini taqdimotga tayyorlashga kelishib olishdi.

#Surxondaryo  #Ozarbayjon  #uchrashuv  #muzokara  #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Muzrabot va Boysunga tashrif: mahallalar infratuzilmasini yaxshilash tadbiriga start, baliqchilik loyihasi taqdimoti, ishlab chiqarish va sanoat zonasi bilan tanishuv hamda Ozarbayjon delegatsiyasi bilan uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Surxondaryoda takroriy ekin orqali aholi daromadlari oshirilmoqda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryoda Yapon texnologiya universiteti tashkil etilmoqda

Yaponiyaning “ARK educational system’s” kompaniyasi bosh direktori va viloyatda tashkil etilayotgan Yapon texnologiya universiteti loyihasi asoschisi Genki Kajiura hamda Tanaka Medical Innovation Research Institute (TMI); NEXUS Co.Ltd rahbari Koichi Tanaka boshchiligidagi delegatsiya Termiz shahrida bo‘lib, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov bilan uchrashdi.

Surxondaryo viloyatida Yapon texnologiya universiteti tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, Termiz shahridagi “Mashhura” klinikasi bilan hamkorlikda tibbiyot xodimlari malakasini oshirish, shuningdek, VSee loyihasini nafaqat, viloyatda balki yurtimizdagi tibbiyot muassasalariga targ‘ib qilish masalalari ko‘rib chiqildi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/613325

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X