Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi muhtasham “San’at saroyi” majmuasida joriy yilda oliy ta’lim muassasalarini tamomlayotgan bir guruh bitiruvchi talabalar bilan uchrashib, ularga kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Shuningdek, ta’lim maskanlarini a’lo baholarga tamomlagan bakalavr va magistrlik darajasini egallagan bir guruh bitiruvchilarga diplomlar tantanali topshirildi.

Viloyat rahbari o‘z so‘zi yakunida viloyat hokimidan tortib, barcha sektor rahbarlari, tashkilot va boshqarmalar mutasaddilari yoshlarga ko‘makchi ekanligini, ularning hayotda o‘z yo‘llarini topishi, munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlanishi uchun barcha yordamlar ko‘rsatilishini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, joriy yil 8 ming nafardan ortiq surxondaryolik yoshlar oliy ta’lim muassasalarini tamomlashmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 Diqqat e’lon: Ijtimoiy himoya sohasidagi murojaatlaringizni bot orqali yo‘llang!

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan aholi murojaatlarini tezkor qabul qilish va hal etish bo‘yicha xizmatlarni yanada qulay qilish maqsadida rasmiy telegram bot ishga tushirildi.

📲 Murojaatlaringizni quyidagi bot orqali yo‘llashingiz mumkin:
@IHMA_Surxondaryo_murojaat_bot

☝️Ushbu elektron platforma orqali qabul qilingan har bir murojaat qisqa muddatda koʻrib chiqilib, ularga qonun doirasida tezkor yechim topish choralari koʻriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati bo‘yicha 2 541 ta "Yoshlarga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari"ni e-auksion.uz orqali 30 yilga ijaraga oling:

Oltinsoy tumanidan 149 ta (ko'rish)
Angor tumanidan 127 ta (ko'rish)
Bandixon tumanidan 222 ta (ko'rish)
Muzrabot tumanidan 360 ta (ko'rish)
Denov tumanidan 106 ta (ko'rish)
Jarqo'rg'on tumanidan 111 ta (ko'rish)
Qumqo'rg'on tumanidan 165 ta (ko'rish)
Qiziriq tumanidan 268 ta (ko'rish)
Sariosiyo tumanidan 138 ta (ko'rish)
Termiz tumanidan 224 ta (ko'rish)
Uzun tumanidan 101 ta (ko'rish)
Sherobod tumanidan 199 ta (ko'rish)
Sho'rchi tumanidan 364 ta (ko'rish)
Termiz shahridan 7 ta (ko'rish)

Eslatma: Mazkur yerlar maydonlari Prezident qarori (PQ-153-son,05.04.2024 y.) asosida savdoga chiqarilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun kunning ikkinchi yarmida Sho‘rchi tumaniga tashrif buyurib, Guliston mahallasida “Uychi tumani tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, tumanda turizm va yoshlar ko‘chalarini tashkil etish bo‘yicha tayyorlangan taqdimotlar ko‘rib chiqildi.

Mahalla hududidagi 14-sonli maktabning yangi o‘quv yili va kuz-qiz mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi. Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi. Tashrif yakunida viloyat hokimining yoshlar bilan uchrashuvi o‘tkazildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2137

#Surxondaryo #bandlik #yoshlar #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

🔹Denov tumanidagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi:
19-hudud 2-uchastka (Namozgoh MFY, Chag‘oniyon MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;
14-hudud 2-uchastka (Guliston-2 MFY, Lag‘monota MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

🔹Qumqo'rg'on tumanidagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 5-hudud 2-uchastka (Jaloir MFY, Nurli diyor MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

🔹Qiziriq tumanidagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 2-hudud 2-uchastka (Tinchlik MFY, Istiqlol MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

🔹Surxondaryo viloyati hokimligi: Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal хo'jalik masalalari majmuasi bosh mutaхassisi;

🔹Angor tumanidagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 8-hudud 1-uchastka (Tallashqon MFY, Karvon MFY) markazi mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

🔹Termiz shahar hokimligi: Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha majmuasi yetakchi mutaхassisi;

🔹Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Oltinsoy tumani bo'linmasi: Bosh mutaхassisi;

🔹Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Termiz tumani bo'linmasi: Bosh mutaхassisi;

🔹Bandixon tumani madaniyat bo'limi: Mudiri;

🔹Sariosiyo tumanidagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 11-hudud 2-uchastka (Sangardak MFY, Nilu MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

🔹Qiziriq davlat o‘rmon xo‘jaligi: Bosh o'rmonchi;

🔹Surxon-Sherobod irrigatsiya tizim boshqarmasi:
Foydalanish va ta'mirlashni tashkil etish bo'yicha yetakchi mutaхassisi;
Ta'mirlash ishlarini tashkil etish va monitoring qilish sho'basi boshlig‘i;

🔹Muzrabot tumani Qishloq хo'jaligi bo'limi:
Bo'lim boshlig'i;
agroteхnologiya bo'yicha Bosh mutaхassisi;

🔹Uzun tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi: Hayvonlar sog'ligini saqlash tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xafsizligi bo'yicha bosh mutaxassisi;

❗️Arizalar 06.07.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: “Til bilgan kadr hech qachon ishsiz qolmaydi. Shuning uchun biz xorijiy tillarni o‘rganishga katta e’tibor qaratyapmiz!”

Kecha Termiz shahri va Sho‘rchi tumanida o‘tkazilgan tadbirlar, uchrashuvlar hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish taqdimotlari bilan tanishuvlar jarayonlaridan lavha.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
💻 Firibgarlar tomonidan o‘zgalarning mablag‘lariga egalik qilish maqsadida go‘yoki tadbirkor Alisher Usmonovning "USM Invest" platformasi orqali sarmoya kiritib, tez fursat ichida mo‘may daromad olish mumkinligi mazmunida xabarlar tarqatilmoqda. Mazkur xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi.

❗️Fuqarolardan bu kabi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmasliklarini hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishlarini so‘raymiz.

⚠️ Unutmang! Firibgarlarning maqsadi sizning mablag‘laringizni o‘zlashtirish va shaxsiy ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritishdir.

#stop_feyk_kiberjinoyatlar
〰️〰️〰️

"Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasidagi navbatdagi targ‘ibot tadbirlari bugun Angor tumani hokimligida o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X