Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlarga davlat mukofotlarini topshiradi hamda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqoti bo‘lib o‘tmoqda.

O‘tgan yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyoz berildi. Birgina ta’lim kreditidan 151 ming yoshlar foydalandi. Ehtiyojmand oiladan bo‘lgan yana 110 ming talabaning kontraktini to‘lashga 332 milliard so‘m ajratildi.

Natijada oliy ta’limda qamrov 9 foizdan 42 foizga, oliygohlar soni esa 77 tadan 212 taga yetdi.
〰️〰️〰️

Bugungi kunda 110 ming o‘g‘il-qizlarimiz xorijda tahsil olmoqda.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetti yilda AQShning “Pechak ligasi”ga kiruvchi Garvard, Yel, Kolumbiya, Stenford kabi top-8 ta, Buyuk Britaniyanining “Rassell guruhi”dagi Oksford, Kembridj, Birmingem kabi 24 ta oliygohni 50 nafar yoshlarimiz bitirdi.

Bu nufuzli oliygohlarda o‘qiyotgan yoshlarimiz soni esa 200 dan oshdi.
〰️〰️〰️

Prezident maktabi baholash tizimi 500 ta maktabda joriy qilinishi hisobiga bir yilni o‘zida bilimlarni o‘zlashtirish 53 foizdan 60 foizga oshdi.

Prezident farzandlarimizni tarbiyalab, o‘qitib, mana shunday yutuqlarga erishishiga sababchi bo‘lgan ota-onalar, ustoz va murabbiylarga chuqur minnatdorlik bildirdi.
〰️〰️〰️

Yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish doirasida o‘tgan to‘rt yilda:

“Oilaviy tadbirkorlik” dasturlari doirasida 13,5 trillion so‘m kredit ajratilib, 1 million yosh band bo‘ldi;

“Yoshlar daftari”dan 107 ming o‘g‘il-qizlarimizga 338 milliard so‘m subsidiya berildi;

205 ta “Yoshlar sanoat zonasi”da 2,5 trillion so‘mlik 1,2 ming loyiha ishga tushdi.

Yaratilgan sharoitlar hisobiga, biznesini “nol”dan boshlab, hozirda aylanmasini million dollardan oshirgan 1,5 ming nafar yoshlarimiz bor.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mamlakatimiz jadal rivojlanishi uchun bizga “to‘rtinchi sanoat inqilobi” kasblari juda muhimligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan yoshlarni fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika (STEM) bilan bog‘liq kasblarga qiziqishini oshirish uchun yangi tizim joriy qilinadi.
〰️〰️〰️

Yangi o‘quv yilidan oliygohlar qoshidagi jami 73 ta akademik litseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi.

Bu dasturlar asosida sertifikat olgan o‘quvchilar o‘sha oliygohga imtihonsiz, kontrakt asosida qabul qilinadi.
〰️〰️〰️

Nogironligi bo‘lgan yoshlarga chet tilidan imtihon topshirish yengillashadi.

Jumladan, chet tili bo‘yicha milliy sertifikat (CEFR) olishda qo‘lda yozish imkoniyati bo‘lmaganlarga kompyuterda imtihon topshirish sharoiti yaratiladi.
〰️〰️〰️

Endilikda oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg‘unlashadi. Texnikumning birinchi va ikkinchi yilini yaxshi o‘qigan yoshlarga xalqaro klassifikatorning tegishli darajasiga mos keluvchi diplom beriladi.

Ularga oliygohni ikkinchi yoki uchinchi kursidan o‘qishni kontrakt asosida davom ettirish imkoniyati beriladi. Kasbi bo‘yicha malaka darajasi va ikki yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan oliygohlarga kontrakt asosida qabul qilinadi.
〰️〰️〰️

Oliygoh, vazirlik va korxonalarga tegishli laboratoriyalarning yagona onlayn platformasi yaratiladi. Yosh olimlar tadqiqotlari uchun kerak bo‘lgan uskuna, butlovchi qism va kimyoviy vositalar bojdan ozod qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Endilikda:

IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi beriladi;

ular uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi;

IT park tomonidan IT kompaniyalardagi kabi tibbiyot, sport va ofisdan foydalanishi uchun ularga “ijtimoiy karta” beriladi;

yoshlarni ushbu sohaga jalb qilish bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi.
〰️〰️〰️

Yoshlarni katta daromad keltiradigan kasblarga o‘rgatish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan loyihalarni ko‘paytirish maqsadida har yili 100 million dollar ajratiladi. Investitsiya vazirligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi Yoshlar agentligiga o‘tkaziladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Yoshlar sanoat zonasi bo‘yicha Surxondaryo tajribasi respublikada ommalashtiriladi

Jamg‘arma hokimlar bilan birgalikda 14 ta tumanni tanlab, “to‘rtinchi sanoat” kasblariga o‘qitish markazi ochadi va to‘liq jihozlab beradi.

Ushbu markazlar yosh tadbirkorlarga 1 yil imtiyozli davr bilan 10 yilga ijaraga beriladi. Markazlarning o‘quv dasturlari xalqaro standartlarga moslashtiriladi.

Jamg‘arma Surxondaryo tajribasi asosida har bir viloyatda bittadan Yoshlar sanoat zonasida sanoat binolari quradi.

Bu joylar “sanoat ipotekasi” asosida yuqori qiymat yaratadigan loyihalar uchun yoshlarga 7 yilda bo‘lib to‘lash sharti bilan beriladi. Bunda yoshlardan birinchi yil uchun to‘lov undirilmaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Tarbiyasi og‘ir, qiyin sharoitdagi yoshlar bilan yangicha ishlash tizimi bo‘ladi.

Jumladan, oilaviy ajrim yoqasidagi, jinoyat qilishga moyilligi bor, muntazam dars qoldiruvchi yoshlar bilan manzilli ishlanadi.

Tuman hokimlari har hafta, viloyat hokimlari va vazirlar har oy kamida bir marta yoshlar bilan uchrashib, muammolariga yechim beradi.
〰️〰️〰️

Maktab, kollej, texnikum, oliygoh sport zallari va kutubxonalari, stadion va basseynlar mahalla yoshlariga xizmat qilishini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Yoz mavsumida “Yangi O‘zbekiston vatanparvar yoshlari” dasturi asosida 2 million yoshlar sport va vatanparvarlik tadbirlari bilan qamrab olinadi.

Har bir istirohat bog‘i, sayilgoh va xiyobonlarga bepul “Wi-fi” o‘rnatish vazifasi qo‘yildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Viloyat, tuman hokimlariga yoz mavsumida maktab, texnikum, oliygoh, istirohat bog‘larida mehnat yarmarkalarini o‘tkazish topshirildi. Bu orqali vakant o‘rinlarga kamida 150 ming yoshlarni ishga joylashtirish mumkin.

Yoz oylarida “qurilish otryadlari”ni tashkil etib, 100 ming yoshlarni oylik beradigan ishlarga jalb qilish muhimligi qayd etildi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab maktab, kollej, texnikum o‘quvchilarini kasbga o‘rgatib, ish berayotgan tadbirkorlarning bu xarajatlari soliq bazasidan chegirib tashlanadi. O‘quvchilarga daromad solig‘i va ijtimoiy soliq 1 foiz qilib belgilanadi.
〰️〰️〰️

Og‘ir sharoitga tushib qolgan uy-joyga muhtoj qizlar uchun 1 xonali ijtimoiy uylar quriladi. Ular ishga joylashib, oyoqqa turib olgunga qadar, ushbu uylarda 3 yil davomida bepul yashashi mumkin bo‘ladi.

Hokimlarga ijtimoiy uylarning namunaviy loyihasini qilib, qurilishni boshlash topshirildi.

Sog‘ligi tufayli ishga qatnay olmaydigan qizlarning yashab turgan xonadonida masofaviy ish bilan ta’minlash choralari ko‘riladi. Bundan tashqari, uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Termiz shahrida o‘tkazilgan “27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayram tadbiridan

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Termiz shahrida “OLYMPIC DAY” va “VATAN QALQONI” hamda “Yoshlar kuni”ga bag‘ishlangan “Yangi nafas” yugurish marofoni o‘tkazildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda yoshlar bilan ishlash, ularga munosib shart-sharoitlar yaratish, yoshlar sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda taqdimotlar bilan tanishish maqsadida Denov tumaniga tashrif buyurdi.

Xususan, Qizilsuv daryosi o‘zanini tozalash, qirg‘oqlarini mustahkamlash, yoshlar sayilgohi tashkil etish ishlarining borishi, shuningdek, Yoshlar tadbirkorlik va sanoat zonasi hamda “Termiz” erkin iqtisodiy zonasining Denov tumanidagi Ko‘zichoqli hududida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan ham tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2131

#Surxondaryo #yoshlarsayilgohi #sanoatzonasi #EIZ

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Denovda yoshlar sayilgohi qurilishi, yoshlar ko‘chasi loyihalari taqdimoti hamda Yoshlar va iqtisodiy zonalar faoliyati bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 30-iyun - O‘zbekistonda Yoshlar kuni!

Bugun yoshlar bayrami. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 30-iyun yurtimizda Yoshlar kuni deb e’lon qilingan edi.

Siz aziz yoshlarning bilim va shijoatingiz, kuch va g‘ayratingiz bilan Yangi O‘zbekistonimizda uchinchi rennessans barpo etilmoqda. Vatanimiz kelajagi va istiqbolining bunyodkori bo‘lgan siz yoshlarga doimo sog‘lik-salomatlik hamda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Barcha yoshlarimizni bayram bilan muborakbod etamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
UzA | Prezident topshirig‘i - amalda: Yoshlar sayilgohi, yoshlar ko‘chalari barpo etilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqotda mamlakatimiz o‘g‘il-qizlarining o‘qib, izlanishi, mehnat qilishi va munosib turmush kechirishi uchun barcha sharoitni yaratish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Shuningdek, Surxondaryo tajribasi asosida yoshlar sanoat zonalarida sanoat binolarini qurish topshirig‘i berildi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/612039

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X