Surxondaryo viloyati hokimligi
25K subscribers
30.2K photos
3K videos
1 file
13.3K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifidan so‘ng, kunning ikkinchi yarmida Termiz shahrida belgilab berilgan vazifalar ijrosi, ko‘ngilochar ko‘chalar va maskanlar, turizm obyektlari tashkil etish ishlarining borishi bilan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
#infografika

📊 Surxondaryoda 2024-yilning yanvar-may oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlari ko‘rsatkichlari

📈 Viloyat statistika boshqarmasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra 2024-yilning yanvar-may oylarida Surxondaryo viloyatida bajarilgan qurilish ishlari umumiy hajmi 2 843,6 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Bunda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha bo‘lgan:

binolar va inshootlar qurish yo‘nalishi 73,0 foiz;

fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 20,9 foiz;

ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 6,1 foizni tashkil etdi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
#infografika

“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi”da
har qanday fuqaro ixtiyoriy ravishda bazaviy kurslarda taʼlim olish imkoniga ega bo‘ladi.

Barcha davlat xizmatchilari uchun Akademiyaning maxsus o‘quv kurslarida har 3-yilda kamida bir marta korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malaka oshirish majburiy.

Batafsil - yuqoridagi infografikada.

—————————
❗️Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Surxon_iftixorlari

Men o‘zbekistonlikman – qonimda g‘alaba!

Shermuhammad Jandriyev – 2 karra Jahon, Osiyo oʻyinlari, 4 karra Osiyo, 7 karra Oʻzbekiston chempioni va bir necha bor Xalqaro turnirlar gʻolibi.

Hozirda Termiz davlat universiteti talabasi bo‘lgan kurashchimiz tahsil olish bilan birga keyingi musobaqalarga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
UzA | Paxtakor el

Surxondaryo – yer bilan tillashib, mehnat qilishning hadisini olgan dehqonlar yurti. Turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda o‘rgansa arziydigan tajribaga ega voha. Viloyat paxtakorlari ham janubning tandir taftidek yoz chillasida omilkorlik bilan mehnat qilib, mo‘l hosil to‘plashga odatlangan.

Batafsil: https://uza.uz/posts/610986

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz muhandislik-texnologiya institutida viloyatdagi yirik ishlab chiqarish korxonalarining institut bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashkil etilgan uchrashuvda ishtirok etdi. Shuningdek, “qizil” toifadagi yoshlarni mas’ullarga biriktirish va ular bilan amalga oshiriladigan kelgusidagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Termiz tumanidagi “Asadbek Davlatov” fermer xo‘jaligining g‘alladan bo‘shagan maydonida yoshlar bandligini ta’minlash va ularning daromadini oshirish maqsadida g‘alladan bo‘shagan maydonlardan yoshlarga yer ajratish marosimi o‘tkazildi hamda onlayn shaklda tumanlar studiyalari orqali har bir hududdan 100 nafardan yoshga yer maydonlari ajratib berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2128

#Surxondaryo #Muhandislikinstitut #Korxonalar #hamkorlik #yoshlargayer

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
II Xalqaro maqom san’ati anjumani boshlanish arafasida

Joriy yilning 27-30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida “II Xalqaro maqom san’ati anjumani” o‘tkaziladi.

Ushbu nufuzli festivalda bir guruh san’at va madaniyat vakillaridan iborat Surxondaryo viloyati delegatsiyasi ham o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri va Angor tumanidagi ta’lim muassasalari faoliyati, ulardagi mavjud sharoitlar hamda kuz-mavsumi va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2129

#Surxondaryo #maktablar #tamirlash #yangioquvyili

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X