Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz, Jarqo‘rg‘on va Sariosiyo tumanlarida “Yangi O‘zbekiston” massivlarida turar joylar, ijtimoiy soha obyektlari, xizmat ko‘rsatish nuqtalarining barpo etilishi, hududlarni obodonlashtirish, infrastrukturaning yaratilishi bilan tanishdi.

Shuningdek, Sariosiyo tumanidagi ikkita mahallada infratuzilmani yaxshilash, aholini kommunal xizmatlar bilan sifatli va barqaror ta’minlash tadbirlarining borishi o‘rganildi hamda tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2126

#Surxondaryo #YangiUzbekistonmassivi #mahalla #infratuzilma

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Uchta hududda “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurilishi hamda “qizil” toifadagi mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
💼 Tayinlov

Roʻziyev Oybek Abdimo‘minovich - Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Oybek Ro‘ziyev Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoy Xalq Respublikasining “China Geo Engeniring” kompaniyasi direktori Van Lyu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Xalqaro darajada loyihalarni amalga oshiruvchi kompaniya qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va melloratsiya obyektlari qurish yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yangi investision loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Xususan, Surxondaryo viloyati hududida yashil energiya ishlab chiqarish, zamonaviy massiv - shahar kompleksi hamda logistika va yo‘llar qurish loyihalari muhokama qilindi.

Tomonlar hamkorlikda yirik loyihalarni amalga oshirishdan mamnun ekanliklarini qayd etib, mutaxassislar ishtirokida taklif etilayotgan joylarni tanlash, loyihalarning texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishga kelishib olishdi.

#Surxondaryo #Xitoy #qabul #muhokama #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
❗️Denov tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot

Bugun, 25-iyun tungi soat 02:12 da Denov tumani "Bobur" mahallasida joylashgan “Bek” MChJga qarashli savdo majmuasi hududidagi 4 ta asosiy va 8 ta kichik savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lgan va 90 kvadrat metr maydondagi buyum hamda kiyim-kechaklar yong‘indan zararlangan.

Voqea joyiga Denov, Sho‘rchi, Oltinsoy, Sariosiyo va Qumqo‘rg‘on tumanlari FVBlarining 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 02:20 da yetib borib, yong‘in soat 02:30 da qurshab olingan va soat 03:50 da batamom o‘chirilgan.

Yong‘in qutqaruvchilarining say-harakatlari natijasida majmuaning boshqa hududlariga yong‘in tarqalishining oldi olingan va 48 ta savdo do‘koni hamda 500 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati bo‘yicha 66 ta davlat aktivlarini е-auksion savdo platformasida ochiq va shaffof savdolarda ishtirok etib sotib oling.

▪️Oltinsoy tumanidan 1 ta (ko'rish)
▪️Bandixon tumanidan 1 ta (ko'rish)
▪️Boysun tumanidan 2 ta (ko'rish)
▪️Muzrabot tumanidan 7 ta (ko'rish)
▪️Denov tumanidan 2 ta (ko'rish)
▪️Jarqo‘rg‘on tumanidan 10 ta (ko'rish)
▪️Qumqo‘rg‘on tumanidan 5 ta (ko'rish)
▪️Qiziriq tumanidan 5 ta (ko'rish)
▪️Sariosiyo tumanidan 6 ta (ko'rish)
▪️Termiz tumanidan 5 ta (ko'rish)
▪️Uzun tumanidan 6 ta (ko'rish)
▪️Sherobod tumanidan 8 ta (ko'rish)
▪️Sho'rchi tumanidan 2 ta (ko'rish)
▪️Termiz shahridan 6 ta (ko'rish)

☎️ +99899 203 00 30 (Surxondaryo viloyati vakili)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Davlatimiz rahbarining ko‘rsatmasi bilan hududlarda aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish, muammolarni o‘rganish va hal etish, bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, mijozbay ishlash mexanizmi hamda mahalla “yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, topshiriqqa asosan, Surxondaryo viloyatining 6 ta hududi sektor rahbarlari hamda 27 ta mahalla “yettiligi” uchun Davlat boshqaruvi, Huquqni muhofaza qilish, Ichki ishlar vazirligi akademiyalari, shuningdek, Jamoat xavfsizligi universitetining professor-o‘qituvchilari ishtirokida uch kunlik o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tmoqda.

O‘quvlar sektor rahbarlari va mahalla “yettiligi” zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda samarali mexanizmlardan foydalanish ko‘niklarini mustahkamlash maqsadida tashkil qilingan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida g‘o‘za parvarishi, xususan, ozuqalash va sug‘orish hamda hozirgi issiq ob-havoda hosilni saqlab qolish, uni ko‘paytirish maqsadida agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashkil etilgan seminarda hamda Qiziriq tumanida yoshlarga yer ajratish tadbirida ishtirok etdi.

Shuningdek, Sherobod tumanida “Pomir agroklaster” MCHJ xorijiy korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan chorvachilik kompleksi qurilishi bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2127

#Surxondaryo #seminar #Yoshlargayer #chorvachilikkompleks

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X