Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
UzA | Yoshlar Qurbon hayitini yangi uyda nishonlaydi

Muborak Qurbon hayiti arafasida Termiz shahri va tumanlarda turar-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj, davlat g‘amxo‘rligiga olingan 56 nafar yoshga yangi uylarning kaliti topshirildi.

Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanidan “Zoom” platformasi orqali ishtirok etib, mamlakatimizda keyingi yillarda yosh avlodga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar yigit-qizlarning hech kimdan kam bo‘lmay ulg‘ayishiga xizmat qilayotganini ta’kidladi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/608107

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov amalga oshirilayotgan loyihalar, yangi tashabbuslar taqdimotlari, aholi turmush farovonligini oshirish, bandligini ta’minlash borasidagi ishlar bilan tanishish maqsadida Oltinsoy tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida yoshlar uchun yer maydonlari ajratish, ko‘makka muhtoj oilalarga bug‘doy tarqatish tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Bo‘ston mahallasida infratuzilmani yaxshilash ishlari ko‘zdan kechirildi hamda aholi xonadonlarida tuyaqush boqish, issiqxonachilik va chorvachilikni ommalashtirish loyihalari taqdimot qilindi.

Shuningdek, “Bek metall produktion” MChJ qo‘shma korxonasining energiya tejamkor issiqxonalari hamda turli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyati bilan ham tanishilib, “Degrez” suv ombori hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ekoturizm loyihalari taqdimoti ko‘rib chiqildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2118

#Surxondaryo #infratuzilma #loyihalar #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 Germaniyada ishlash istagida bo‘lganlar diqqatiga!

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi hamda ushbu davlatning salohiyatli ish beruvchi tashkilotlari ishtirokida ilk bor “Mehnat yarmarkasi” o‘tkaziladi.

📍 “Mehnat yarmarkalari” Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida quyidagi sanalarda o‘tkaziladi:

2024-yil 19-iyun, soat 9:00 dan 17:00 gacha;
2024-yil 20-iyun, soat 9:00 dan 12:00 gacha
.

👉 Lokatsiya

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Oltinsoy tumanida amalga oshirilayotgan loyihalar, yangi tashabbuslar taqdimoti hamda aholi turmush darajasi bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar va rahbarlar yurish marofonida ishtirok etishdi!

Termiz shahrida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan yoshlar sayli doirasida yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

Viloyat sektor rahbarlari, korxona va tashkilotlar hamda idoralar mutasaddilari vohamizning minglab yoshlari bilan shahar markazidagi Mustaqillik maydonidan San’at saroyi majmuasigacha bo‘lgan masofani bosib o‘tishdi.

Yoshlar sayli tadbirlari San’at saroyi majmuasida taqdirlash marosimlari, galakonsert tomoshalari bilan ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X