Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlarida bo‘lib, g‘alla o‘rimi ishlarining borishi bilan tanishdi hamda ishsiz, daftarda turgan yoshlarga yer ajratish, ko‘makka muhtoj oilalarga bug‘doy tarqatish tadbirlarida ishtirok etdi.

Tadbirlarda g‘alla o‘rimida faol ishtirok etayotgan kombayn operatorlari va mexanizatorlarga viloyat hokimligining sovg‘alari ham topshirildi.

Tashrif yakunida Sho‘rchi tumanida og‘ir hudud sifatida tanlab olingan Olatemir mahallasida infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2113

#Surxondaryo #Galla2024 #yoshlargayer #mahalla

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchida yoshlarga yer ajratish, ehtiyojmand oilalarga bug‘doy topshirish tadbirlari o‘tkazildi hamda g‘alla o‘rimi, g‘o‘za parvarishi va mahallada infratuzilmani yaxshilash ishlari bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati bo‘yicha 1 708 ta dehqonchilik uchun yerlarni e-auksion.uz orqali 30 yilga ijaraga oling

🔷 Oltinsoy tumanidan 111 ta (ko'rish)
🔷 Angor tumanidan 93 ta (ko'rish)
🔷 Bandixon tumanidan 115 ta (ko'rish)
🔷 Muzrabot tumanidan 53 ta (ko'rish)
🔷 Denov tumanidan 178 ta (ko'rish)
🔷 Jarqo'rg'on tumanidan 124 ta (ko'rish)
🔷 Qiziriq tumanidan 104 ta (ko'rish)
🔷 Qumqo'rg'on tumanidan 96 ta (ko'rish)
🔷 Sariosiyo tumanidan 29 ta (ko'rish)
🔷 Termiz tumanidan 88 ta (ko'rish)
🔷 Uzun tumanidan 110 ta (ko'rish)
🔷 Sherobod tumanidan 428 ta (ko'rish)
🔷 Sho'rchi tumanidan 179 ta (ko'rish)

☎️(99) 203-00-30 (Surxondaryo viloyat vakili)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Termiz muhandislik-texnologiya institutida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning tadbirkorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda 56 nafar tadbirkorning 64 ta murojaat, taklif va tashabbuslari tinglandi va atroflicha o‘rganildi.

❗️Eslatma: Tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan muammolar, yangi taklif va tashabbuslar yuzasidan telegram guruhi va @surxondaryo_tadbirkorlari_bot telegram boti hamda quyidagi telefon raqamlariga murojaat qoldirishlari mumkin:

☎️ (76) 225 09 59;
☎️ (76) 225 09 45;
☎️ (76) 225 10 84;
☎️ (76) 225 10 85.

Uchrashuv haqida batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2114

#Surxondaryo #tadbirkorlar #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Ichimlik suvi o‘chirilayotgan mahallalarda maxsus texnikalar yordamida suv yetkazib beriladi

Termiz shahri Tinchlik mahallasida joylashgan "Shimoliy darvoza" guruhli suv ishlab chiqarish inshootida ta'mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan bugun, 12-iyun kuni soat 08:00 dan 20:00 gacha Termiz shahrining quyidagi mahallalarida suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

Do‘stlik;
Saxovat;
Turon;
Navro‘z;
Tinchlik;
Shodlik;
Shifokor;
Ma'rifat;
"A.Jomiy" mahallalari.


Suv ta’minoti vaqtincha o‘chirilayotgan mahallalar aholisiga zaruratga ko‘ra ichimlik suvi maxsus texnikalar yordamida yetkazib beriladi.

«Surxondaryo suv ta’minoti» MChJ yetkazilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan
uzr so‘raydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
🐑 Surxondaryodagi qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni ma’lum qilindi

🏢 Viloyat statistika boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2024-yilning 1-aprel holatiga vohamizdagi qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 2 574,9 mingtaga yetgan.

📈 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilganing mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilar soni 57,1 mingtaga yoki 2,3 foizga ko‘payishni qayd etgan.

Qo‘y va echkilar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari kesimida tahlil qilinganda, jami bosh sonining 77,7 foizi dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumanida stomatologiya va oilaviy poliklinika binolarining ochilishi hamda ishsiz yoshlarga subsidiya asosida asbob-uskunalar topshirish tadbirlarida ishtirok etdi.

Yoshlar ishlari agentligi shahar va tumanlar bo‘lim boshliqlarining faoliyati yuzasidan taqdimotlar bilan tanishildi. Shuningdek, tumandagi 36-sonli maktab sharoitlari ko‘zdan kechirilib, o‘quv binosini ta’mirlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Hududlarga tashrif yakunida Bandixon tumanidagi og‘ir hudud sifatida tanlab olingan Polvontosh mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha sektor rahbarlari hamda “yettilik”ning hisobotlari tinglandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2115

#Surxondaryo #poliklinika #subsidiya #taqdimot #maktab #mahalla

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X