Surxondaryo viloyati hokimligi
25K subscribers
30.2K photos
3K videos
1 file
13.3K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
📸 Fotogaleriya | Boysun tumani markazidan 65 km uzoqlikda, dengiz sathidan 2 000 metr balandlikda joylashgan, tog‘li Xo‘jaidod mahallasining so‘lim tabiat manzaralari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
❗️Surxondaryoda yer silkinishi sodir bo‘ldi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 7:52 da episentri Surxondaryo viloyati Uzun tumanida joylashgan, 10 km chuqurlikda magnitudasi 3,4 ball bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi.

Hududga sezilish kuchi 2-3 ballni tashkil etdi.

Shuningdek, bugun soat 08:14 da Tojikistonda sodir bo'lgan 4,9 magnitudali zilzila kuchi Surxondaryo viloyatining 12 ta hududida 2 ball bilan qayd etildi.

Ayni vaqtga qadar viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va hududiy bo‘limlaridagi navbatchilik shtablariga biror talofat haqida ma’lumot hamda murojaatlar kelib tushmagan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
💼 Tayinlov

G‘ulomov Izzatulla Istamovich – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi raisining tegishli buyrug‘i bilan Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

I.G‘ulomov 1984-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 2008-yilda Oliy harbiy bojxona institutini, 2021-yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi (bojxona ishi sohasida), iqtisodiyot.

Mehnat faoliyati davomida Buxoro va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri bojxona boshqarmalari, Respublika bojxona qo‘mitasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar Bojxona qo‘mitasi shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Tezkor bo‘lim boshlig‘i lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Termiz shahrida “Termiz-Urumchi savdo uyi” ochildi

Savdo uyi ikki hudud o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlik aloqalarining uzviy davomi bo‘lib, bu yerda Xitoyda ishlab chiqarilgan jihoz va uskunlarni keltirish, mutaxassislarni jalb qilib, o‘rnatish va ishlatish, shuningdek, logistika va transport xizmatlaridan foydalanishda ko‘maklashish kabi tadbirlar amalga oshiriladi.

Bu esa vohalik tadbirkorlarga bir qancha qulayliklarni yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil aprel oyida Urumchi shahrida “Surxondaryo-Urumchi” savdo uyi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi.

Tadbirkorlar Termiz shahridagi savdo uyi bilan quyidagi aloqa kanallari orqali bog‘lanishlari mumkin:

Telegram:
+99850-507-10-30
Wechat: 13899804019

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Topshiriqlar ijrosi: Sariosiyodagi 40 dan ortiq mahallada elektr ta’minoti yaxshilanadi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali tomonidan Sariosiyo tumanidagi 110/35/10 kV`li “Sharg‘un” podstansiyasida 2 ta 40 000 kVA bo‘lgan kuch transformatorini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Natijada Sariosiyo tumanidagi 40 dan ortiq mahalladagi iste’molchilarga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyat yaratiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida 300 o‘rinli tibbiyot klasteri qurilishi, Termiz va Angor tumanlarida og‘ir hudud sifatida tanlab olingan mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar hamda Jarqo‘rg‘on tumanida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2112

#Surxondaryo #tibbiyotklaster #mahalla #turarjoylar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Tejash – yo‘qotishlarni kamaytirish, tejamkor texnologiyalarni joriy qilish hisobiga bo‘lishi shart – Prezident

Prezident raisligida energiya samaradorligi, ko‘p qavatli uylarni boshqarish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Elektr va gazni tejash bo‘yicha qabul qilingan tumanbay dasturlar, sanoat korxonalarida “yashil energiya” manbalari joriy qilgani hisobiga resurslar iqtisod qilinayotganligi, lekin ayrim hududlarda ishlar sust bo‘lgani uchun elektr iqtisod qilish rejasi to‘liq bajarilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
〰️〰️〰️

Mutasaddilarga 1 mingta ijtimoiy obyektni kuz-qish mavsumiga tayyorlash topshirildi. Jumladan, 251 ta shifoxona, 292 ta bog‘cha, 393 ta maktab va internat ta’mirlanadi.
〰️〰️〰️

Har bir hokimga 1 tadan tumanni tanlab, elektr va gaz tejash bo‘yicha namuna qilish topshirildi. Ushbu tumanlarda bu yil 750 million kilovatt elektr va 550 million kub metr gaz iqtisod qilinishiga erishish muhimligi ta’kidlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Boshqaruv servis kompaniyalariga berilgan soliq imtiyozi, arzon kredit ajratilgani, eski qarzlar “muzlatilgani” hisobiga ular oyoqqa turayotgani, natijada yil boshidan 2 ming 100 ta ko‘p qavatli uy ta’mirlanib, 1 millionga yaqin daraxt va gul ko‘chatlari ekilgani ta’kidlandi.

Bu borada Andijon, Surxondaryo, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lgani qayd etildi.
〰️〰️〰️

Boshqaruv kompaniyalari aholi va kommunal tashkilot o‘rtasida “ko‘prik” bo‘lishi kerakligi qayd etildi. Bundan buyon ikki yildan oshmagan uylarda, ya’ni kafolat muddatida muammo chiqsa, pudratchi bilan birga ularni bartaraf qilishga mas’ul bo‘lishi belgilandi.
〰️〰️〰️

Uy-joy kommunal soha mutasaddilariga “aholi – boshqaruv kompaniyasi – kommunal tashkilot va pudratchi” zanjirini yaratish topshirildi.

Ko‘p qavatli uylar seysmo-konstruksiyasiga noqonuniy o‘zgartirish kiritish holatlari kuzatilayotgani, yangi ko‘p qavatli uylarda bino cho‘kishi, undagi yoriqlar, sho‘rlanish va sifat bo‘yicha aholidan e’tirozlar bo‘layotgani qayd etildi.

Uylar xavfsizligi va infratuzilma sifati bo‘yicha pudratchilar majburiyati bajarilishini qat’iy nazoratga olish, konstruksiyani noqonuniy o‘zgartirish holatlarini erta aniqlash tizimi joriy qilinishi belgilandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Prezident mutasaddilarni ogohlantirdi:
“Endi “muddat kam edi, mablag‘ bo‘lmadi”, deb bahona qilishga hech kimning haqqi yo‘q”.

Bu yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha har bir mahalladagi haqiqiy ahvol o‘rganilib, tumanlar kesimida dastur ishlab chiqilgani ta’kidlandi hamda tayyorgarlik ishlariga o‘tgan yilgi 14 trillion so‘mga qo‘shimcha yana 14 trillion so‘m ajratilishi belgilandi.
〰️〰️〰️

Ishlarni eng og‘ir mahallalardan boshlab, yil yakunigacha 30 ming kilometr tarmoq, 10 mingta transformatorni yaxshilash vazifasi qo‘yildi.
〰️〰️〰️

Bundan tashqari, 850 kilometr magistral tarmoq va 9 ta podstansiyani kapital ta’mirlash, 595 kilometr elektr tarmog‘i va 4 ta yangi podstansiyani ishga tushirish rejalari belgilab olindi.
〰️〰️〰️

Mutasaddilar va hokimlar oldiga yaqin muddatda aholi va ijtimoiy soha uchun 1 million 200 ming tonna, yil yakunigacha yana shuncha ko‘mir yetkazib berish, 1-oktabrgacha 600 ming tonna ko‘mir va 350 ming tonna mazut zaxirasini yaratish vazifasi qo‘yildi.
〰️〰️〰️

Oktabr-dekabr oylarida iste’molchilarga 163 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazish topshirildi. Shuningdek, viloyat hokimlariga 300 dan ziyod olis mahalla uchun ko‘mir, suyultirilgan gaz va asosiy turdagi oziq-ovqat zaxirasini yaratishga topshiriq berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo va Novosibirsk o‘rtasida hududlararo hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish maqsadida Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov bilan videokonfrensaloqa shaklida onlayn muloqot o‘tkazdi. Unda ikki viloyat hududlari rahbarlari ham ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida hududlar ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, yetkazib berish, tog‘-kon, yengil sanoat, ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi o‘ndan ortiq yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish imkoniyatlari mavjudligi ta’kidlandi.

Muloqot yakunida mutasaddi vakillar va malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda qo‘shma dastur va yo‘l xaritalarini ishlab chiqish hamda yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

#Surxondaryo #Novosibirsk #muloqot #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X