Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Viloyatimiz rahbarining topshirig‘iga muvofiq viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Rajabov boshchiligidagi mas’ullar tomonidan Oltinsoy tumanida "Sayxunobod tajribasi" asosida aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish, kichik biznesni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda bolalarni yozgi sog‘lomlashtirish va dam oldirish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

Shuningdek, FVDqT ishtirokida sel-suv toshqinlariga qarshi kurash bo‘yicha maxsus o‘quv taktik mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Unda sel yo‘llari o‘zanlarini tozalash, daryo qirg‘oqlarini mustahkamlash hamda yo‘llarni ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2079

#Surxondaryo #aholibandligi #kichikbiznes #oromgohlar #maxsustaktikuquv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryoda bir chorak davomida 463,8 tonna baliq ovlandi

🏢 Viloyat statistika boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra joriy yilning birinchi choragi davomida vohamizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 463,8 tonna baliq ovlandi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 189,2 foizga ko‘p bo‘lib, keyingi yillarda baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida mahsulot yetishtirish yildan-yilga oshib bormoqda.

⤵️ Hududlar kesimida ovlangan baliq hajmi bilan quyida tanishishingiz mumkin (tonnada):

Termiz – 138,8 tonna;
Sho‘rchi – 98,2 tonna;
Angor – 57,3 tonna;
Uzun – 25,8 tonna;
Jarqo‘rg‘on – 24,4 tonna;
Denov – 22,1 tonna;
Oltinsoy – 17,3 tonna;
Bandixon – 16,7 tonna;
Sariosiyo – 16,6 tonna;
Sherobod – 16,2 tonna;
Qiziriq – 13,0 tonna;
Muzrabot – 10,7 tonna;
Boysun – 4,3 tonna;
Qumqo‘rg‘on – 2,3 tonna;
Termiz sh. – 0,1 tonnani tashkil qildi.

Ovlangan baliqlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, umumiy hajmning 55,5 foizi fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Tadbirkorlik faoliyati qo’llab-quvvatlanmoqda

Surxondaryo viloyati Angor tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish, xususan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar tafsilotlari.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
🥇 Guljanoy Naimova navbatdagi oltin medalini qo‘lga kiritdi

Vetnamning Danang shahrida para taekvondo bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo ochiq chempionatida vakillarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

🥋 Musobaqaning +65 kilogramm vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Guljanoy Naimova barcha raqiblarini mag‘lub etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi hamda o‘z hisobidagi oltin medallar sonini yana bittaga ko‘paytirdi.

💐 Sportchimizning erishgan natijasi bilan murabbiylari va yaqinlarini hamda barcha vohadoshlarimizni qutlaymiz!

☝️ Ma’lumot uchun, O‘zbekiston para taekvondo terma jamoasi musobaqada 27 davlat terma jamoasi orasida 7 medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Xalqaro migratsiya tashkilotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi delegatsiyasi bilan Surxondaryoda “Mehnat migratsiya xavfini kamaytirish” loyihasini amalga oshirish masalasida uchrashuv o‘tkazildi. O‘zbekiston qizil yarim oy jamiyati viloyat tashkilotida o‘tkazilgan uchrashuvda viloyat hokimining o‘rinbosari, davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Loyihaga ko‘ra qariyb 820 mln so‘m mablag‘ evaziga viloyatimizning 3 ta tumanida har biri 4 sotixdan zamonaviy issiqxona qurish orqali 12 nafar, kasb-hunar va agrobiznesga o‘qitish orqali sertifikatga ega bo‘lgan 25 nafar xotin-qizlarning bandligini ta’minlash rejalashtirilgan. Loyiha doirasida afg‘onistonlik xotin-qizlar ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Uchrashuvda loyihani amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy va boshqa masalalar muhokama qilinib, hamkorlikda ishlarni olib borishga kelishilib olindi.

#Surxondaryo #Uchrashuv #XMT #loyihalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Boysunning Shifobuloq, Zovboshi, Dehibolo, Xo‘jamayxona tog‘ tizmalaridagi betakror tabiat manzaralari

Tuman markazidan 65-70 km olis hududda joylashgan ushbu tog‘ tizmalari hushmanzara tabiati, yashillikka burkangan qirlari, quyuq o‘rmonlari hamda zilol suvli soylari bilan o‘zgacha go‘zallik kasb etgan.

📷 Foto: Boysun tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X