Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
29.1K photos
2.89K videos
1 file
13K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz muhandislik texnologiya instituti binosida vohamizda geologiya yo‘nalishida tashabbuskorlarga berilgan karerlar hamda mavjud noruda qazilmalaridan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.

Shuningdek, “Tinchlik” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishilib, salohiyatli tadbirkorlarni jalb qilgan holda loyihalarni ishga tushirish bo‘yicha tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2072

#Surxondaryo #geologiya #norudaqazilmalar #sanoatzona #lotlar #loyihalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida bo‘lib, “Bahor” charmga ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonasi hamda tumanlarda charm sanoati yo‘nalishida shakllantirilgan loyihalar taqdimotlari bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2073

#Surxondaryo #charmsanoatzona #loyiha #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
⚡️ Surxondaryolik bitiruvchi yoshlar diqqatiga

Siz aziz yoshlarimiz bilan uchrashish maqsadida yurtimizning taniqli tadbirkorlaridan biri, Millat Umidi universiteti va boshqa ko‘plab loyihalar asoschisi Umidjon Ishmuhammedov vohamizga tashrif buyurmoqda.

Uchrashuvda taniqli tadbirkor va innovatsion loyihalar asoschisi surxondaryolik yoshlarga "To'g'ri maqsad qo'yish" mavzusida maslahat va tavsiyalarini beradi.

📍 Manzil: Termiz shahri “Yoshlar markazi” binosi.

📆 Boshlanish vaqti: 2024-yil 20-may kuni, soat 10:00.

❗️Eng yaxshilardan o‘rganish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Geologiya yo‘nalishidagi ishlar tahlili hamda sanoat zonalari loyihalari taqdimoti bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
“Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi “Ochiq eshiklar” kuniga taklif etadi

🏛 18-may – Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan ertaga, 17-may kuni “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasida tashkil etiladigan “Ochiq eshiklar” kuni quyidagi tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan:

soat 14:00 dan 18:00 gacha - davlat va nodavlat tashkilotlarning ko‘rgazmalari, usta-hunarmandlarning mahorat darslari, o‘rta va oliy ta’lim muassasalarining innovatsion ko‘rgazmalari hamda boshqa chiqishlar;

soat 18:00 dan 21:00 gacha - yoshlar uchun “Open Air Fest” ko‘ngilochar tadbirlar, mashhur xonandalarning konsert dasturlari namoyish etiladi.

Barcha vohadoshlarimizni “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasida tashkil etiladigan madaniy-ko‘ngilochar tadbirlarga taklif etamiz.

☝️ Tadbir kuni muzeyga kirish bepul.

📍Manzil: Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi 32-uy

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

🔹Sherobod tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi:

Navbur mahallasi хotin-qizlar faoli;

Vandob mahallasi хotin-qizlar faoli;

Qishloqbozor mahallasi хotin-qizlar faoli;

Sherobod mahallasi хotin-qizlar faoli;

🔹 Termiz tumani hokimligi: hokimning chegara masalalari bo'yicha yordamchisi;

🔹 Denov tumanidagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi:

16-hudud 1-uchastka (Ozod MFY, Oqqo‘rg‘on MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

14-hudud 1-uchastka (Do‘stlik MFY, Yurchi MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

13-hudud 2-uchastka (Istiqlol yulduzi MFY, Qiziljar MFY) markazi mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

12-hudud 1-uchastka (Bo‘ton MFY, Buyuk zamin MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

19-hudud 2-uchastka (Namozgoh MFY, Chag‘oniyon MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

18-hudud 1-uchastka (Surxon MFY, Tinchlik MFY) markazi mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

🔹 Boysun tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi:

Gaza mahallasi хotin-qizlar faoli;

Dahnaijom mahallasi хotin-qizlar faoli;

🔹 Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi: Kameral soliq tekshiruvlari bo'limi davlat soliq bosh inspektori;

🔹 Termiz tumani soliq inspeksiyasi: Inspektsiya boshligining birinchi o'rinbosari;

🔹 Muzrabot tumani Ekologiya, atrof -muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi: boshlig'i;

🔹 Qumqo'rg'on tumani Ekologiya, atrof -muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi: boshlig'i;

🔹 Qumqo‘rg‘on tumani madaniyat bo'limi: mudiri;

🔹 Yoshlar ishlari agentligi Angor tumani bo‘limi: Bosh buхgalteri;

🔹 Qumqo'rg'on tumanidagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 15-hudud 2-uchastka (Oqtom MFY, Kattako‘l MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

🔹 Sariosiyo tumanidagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi:

15-hudud 2-uchastka (Kelajaksari MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

15-hudud 1-uchastka (Daragiston MFY, Bog‘isamarqand MFY, Sharafobod MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

13-hudud 2-uchastka (Karsh MFY, Maland MFY, Chosh MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

4-hudud 2-uchastka (Xamkorlik MFY, Xurshid MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

1-hudud 2-uchastka (Xulkar MFY, Janatmakon MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

🔹 Termiz shahar hokimligi: Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal masalalari bo'yicha majmuasi yetakchi mutaхassisi;

❗️Arizalar 19.05.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Koreyaliklar Oltinsoyda yangi loyihalarni amalga oshiradi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) loyiha menedjeri Kim Chon Bin va loyiha ijrochisi, sotib oluvchi “BJ Agro” korxonasi ijrochi direktorini qabul qildi.

Uchrashuvda Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani va Koreyaning Damyang tumani o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish borasida hamkorlik, xususan, tumanda 6 mln dollarlik loyihani amalga oshirishga investisiya kiritish, loyiha doirasida 250 nafar yoshni Koreyaga mavsumiy ishga yuborish, brokkoli karami yetishtirishni yo‘lga qo‘yish, 100 nafar oltinsoylik fermerlarni Koreyada o‘qitish masalalari muhokama qilindi.

Loyihani tomonlar mutasaddilari ishtirokida joyida ko‘rib, texnik va iqtisodiy tomonlarini puxta ishlab chiqishga kelishilib olindi.

#Surxondaryo #Koreya #KOICA #loyihalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash masalalari muhokamasi

Bugun viloyat hokimligida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bo‘lim boshlig‘i B.Xolmatov va viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Rajabov ishtirokida Surxondaryoda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha viloyat komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda viloyatda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish borasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va uning oqibatlari muhokama qilinib, qonunga itoatkor tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. Shuningdek, viloyatning 15 ta hududida tashkil etilgan ishchi guruhlar faoliyatini o‘rganish natijalari tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi.

Mutasaddi idoralarga ro‘yxatdan o‘tmasdan biznes olib borayotgan shaxslarning faoliyatini qonuniylashtirish, norasmiy bandlikka barham berish, agrar sohadagi yashirin aylanmalarni qisqartirish va boshqa yo‘nalishlardagi mavjud imkoniyatlarni ishga solish orqali 1,2 trln so‘m qo‘shimcha manbalarni budjetga tushirish bo‘yicha manzilli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda, mas’ul tashkilot rahbarlari kun tartibidagi masalalar yuzasidan axborotlar berishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X