Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
❗️Bugundan uy-joy olish uchun subsidiyaga arizalar qabul qilish boshlandi

📋 Prezident Farmoniga muvofiq, dastur doirasida subsidiyalar to‘lashning amaldagi tartibiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi:

subsidiyalar ajratish yuzasidan arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2024-yil 15-maydan 1-noyabrga qadar qabul qilinadi;

2024-yilgi dastur doirasida ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 12 foizdan oshgan qismiga, 2025-yil va undan keyingi yillar dasturlari doirasidagi kreditlar bo‘yicha esa – Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga to‘lanadi;

birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar2024-yilgi dasturdan boshlab qat’iy belgilangan 30 million so‘m miqdorida to‘lanadi.

✔️ Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali elektron tarzda ariza yuborish mumkin.

❗️ Murojaatchi my.gov.uz portalining «Mening arizalarim» bo‘limiga kelib tushgan ijobiy xabarnomadan so‘ng javobda ko‘rsatilgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshmagan qiymatdagi uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish yuzasidan qurilish (pudrat) tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari boshchiligida tadbirkorlar hamda tuman hokimlaridan iborat vohamiz delegatsiyasi Qozon shahrida o‘tkaziladigan “Rossiya – Islom dunyosi 2024: Kazanforum” 15-xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etish uchun Tataristonga yetib borishdi.

Tashrifning birinchi kunida delegatsiya a’zolari xalqaro savdo yarmarkalari, Kazan Halal Market ochilishi tadbirlarida ishtirok etishdi. Tadbir doirasida viloyat hokimining o‘rinbosari Sherali Jo‘rayev Tatariston Respublikasi sanoat va savdo vaziri Oleg Korobchenko bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralarda o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, tashriflar davomida erishilgan loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, delegatsiyamiz Qozon shahrida ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishib, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazishdi.

Tatariston Respublikasiga tashrif davom etmoqda.

#Surxondaryo #Tatariston #Forum

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
UzA | Pillachilikni hayot mazmuniga aylantirgan momo

Angor tumani Kayran mahallasida yashaydigan Mengal momo Xolliyeva Surxondaryo viloyatidagi eng keksa, eng tajribali pillakorlardan biri. Momo 75 yildan buyon farzandlari, nevaralari bilan pilla boqib, mo‘l hosil yetishtiradi.

Bu yil umrining 84 bahorini qarshilagan tajribali pillakor to‘qqiz yoshidan ipak parvarishlashni boshlagan. Bolalikning eng beg‘ubor davrlarida shirin uyqusidan kechib, tunlari ipak qurtini oziqlantirgan Mengal Xolliyeva uchun pillachilik hayotining mazmuniga aylandi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/598708

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Rasmiy munosabat: Ayiq o‘quvchilar hayotiga xavf solganligi uchun otib o‘ldirilgan

Bugun, 15-may kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Jannatmakon mahallasi hududiga kutilmaganda kirib kelgan ayiq aholi turar joylarigacha kirib borgan va insonlar hayotiga xavf tug‘dirgan. Ayiqni zararsizlantirish jarayonida yirtqich IIB xodimlaridan biriga tashlangan va jarohat yetkazgan. Shu bilan birga, mahalladagi 74-sonli maktab hududiga ham kirib borgan.

Holat kutilmaganda yuz bergani, ayiqning tajovuzkor harakat qilgani, maktab oʻquvchilari hayotiga xavf tug‘dirganligi sababli tezkor chora koʻrish talab qilingan va yirtqich otib oʻldirilgan. Ayiq jarohat yetkazgan IIB xodimiga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Uzun tumaniga tashrifida davomida sport turlari hamda parasport bo‘yicha “Hokim kubogi” musobaqalariga start berdi hamda Yangi ro‘zg‘or mahallasida “Sayxunobod tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, 72-sonli oilaviy poliklinikada aholiga patronaj xizmati ko‘rsatish bo‘yicha mutasaddilarning axborotlari tinglanib, elektroskuter, planshetlar hamda tibbiy asbob-uskuna va jihozlar topshirildi. 1-sonli kasb-hunar maktabida o‘quvchilarga hunar o‘rgatish jarayonlari, amaliy mashg‘ulotlarning borishi ko‘zdan kechirildi.

Hududlarga tashrif yakunida Denov tumanida qator loyihalar taqdimoti bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2056

#Surxondaryo #aholibandligi #Hokimkubogi #talim #tibbiyot #loyihalar #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi

Qaror bilan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida quyidagilarga ruxsat berildi:

markaz hududida faoliyat yurituvchi subyektlarda Afg‘oniston va chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni tasdiqnoma olmasdan mehnat shartnomasi asosida ishlashiga;

ulgurji va chakana savdo uchun to‘lov sifatida AQSh dollari, yevro, Rossiya rubli va yuan valyutalarini qabul qilishga;

Afg‘oniston va Pokiston fuqarolariga savdo do‘konlari, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan bino va inshootlarni ijaraga olish, istisno tariqasida mulk huquqi bilan sotib olishga.

Shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kirish vizasini rasmiylashtirmasdan, chegara va bojxona nazoratidan o‘tgan holda maxsus yo‘lak orqali kirishi (chiqishi) hamda o‘n besh muddatgacha markaz hududida bo‘lishi tartibi joriy etiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
15-may – “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan Termiz shahridagi Yoshlar markazida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni hamda “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda oilalarni qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash, ulardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, oilaning jamiyatdagi o‘rni, roli va nufuzini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.

“Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovida viloyatning 700 ga yaqin oilasi ishtirok etdi. 150 oila orasidan tuman, shahar g‘oliblari saralanib, ulardan 15 nafari viloyat bosqichida ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib deb topilganlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, “Ibratli oila” ko‘krak nishoni ham o‘z egalariga tantanali topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X