Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.06K videos
1 file
13.5K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryoda 9 may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlandi

Bugungi bayram tadbirlari Termiz shahridagi Xotira maydonida taralgan harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro Ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish bilan boshlandi.

“Vatanparvarlar bog‘i”da Ikkinchi jahon urushi va uning oqibatlari, frontdagi voqealar, front ortidagi og‘ir hayotni aks ettirgan sahna ko‘rinishlari, harbiylashtirilgan chiqishlar hamda qurol-aslahalar namoyish etildi.

Shuningdek, viloyatimizda istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, halok bo‘lgan jangchi-faxriylarimizning oila a’zolari, front ortida mehnat qilgan nuroniylarimiz, davlat va jamoat tashkilotlari, harbiylar va yoshlar ishtirokida xotira tadbiri dasturxoni yozildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Rossiya Fanlar akademiyasining madaniy va tabiiy merosni o‘rganish va muhofaza qilish bo‘yicha Ilmiy kengashi a’zosi Aleksey Kylasovni qabul qildi.

UNESCOda xalqaro etno sport o‘yinlari va milliy yo‘nalish bo‘yicha ekspert bilan bo‘lgan uchrashuvda milliy madaniy meroslarimizni asrab-avaylash, xususan, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali nomoddiy merosi, “Uzundara” yodgorliklaridagi topilmalarni o‘rganish, shuningdek, etnosport sport o‘yinlarini asrab-avaylash, kelajak avlodlarga yetkazish hamda keng jamoatchilikka tanishtirish masalalari muhokama qilindi.

Ekspert viloyatimizga tashrifi davomida qator yodgorliklar hamda majmualar bilan tanishib, katta tassurrotlarga ega bo‘lganligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida Termiz davlat universiteti bilan ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishilib olindi.

#Surxondaryo #Rossiya #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Vengriyaning “Agrometal” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Oleg Volovikni qabul qildi. Shuningdek, uchrashuvda “Agro Processing Group” MChJ ta’sischisi Ramazon Po‘latov ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda Vengriya kompaniyasi tomonidan Surxondaryoda qator loyihalarni amalga oshirish takliflari bildirildi. Xususan, Arundo (Gigant qamish) o‘simligini yetishtirish, undan yoqilg‘i, chorva mollariga ozuqa hamda cho‘llanishlarni oldini olish maqsadlarida foydalanish, echki junini qayta ishlash, granulalar ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan suvlarni tozalash hamda cho‘l o‘simliklarini ekish loyihalari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, Muzrabot tumanida kompaniya bilan hamkorlikda “Pomir agro klaster” MChJ tomonidan qurilayotgan sut mahsulotlarini qayta ishlash loyihasini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham muhokama qilindi.

Viloyat rahbari muhokama yakunida bildirilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlab, mas’ullarga kompaniya bilan hamkorlikda ishlarni boshlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

#Surxondaryo #Vengriya #muzokara

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
#kursatkichlar

📊 Surxondaryo viloyatida parvarishlanayotgan chorva va parrandalar soni

🏢Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yil 1-aprel holatiga, viloyatning barcha toifadagi xo‘jaliklarida:

🐄 yirik shoxli qoramol - 1 045,0 ming bosh, shundan, sigirlar 376,2 ming bosh;

🐏 mayda shoxli mol (qo‘y va echkilar) - 2 574,9 ming bosh;

🐎 otlar - 16 410 bosh;

🐓 parranda - 5 408,5 ming bosh parvarish qilinmoqda.

📈2024-yilning yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan:

🍗 tirik vaznda 38,3 ming tonna go‘sht;
(2023-yilning yanvar-martiga nisbatan 103,7 foizga ko‘p)

🥛 149,9 ming tonna sut;
(2023-yilning yanvar-martiga nisbatan 103,6 foizga ko‘p)

🥚 116,5 mln dona tuxum;
(2023-yilning yanvar-martiga nisbatan 106,8 foizga ko‘p)

🐠 463,8 tonna baliq yetishtirilgan.
(2023-yilning yanvar-martiga nisbatan 189,2 foizga ko‘p)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida charm va ipak sanoatida mavjud imkoniyatlarni ishga solish, joylarda Sayxunobod tajribasi asosida aholi bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
UzA | Surxondaryoda xorijning Arundo o‘simligi parvarishlanadi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun Vengriyaning “Agrometal” kompaniyasi O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Oleg Volovikni qabul qildi.

Uchrashuvda Vengriya kompaniyasi vakili janubdagi vohaning foydalanilmayotgan maydonlarida Arundo (tez o‘suvchi qamish) o‘simligini yetishtirib, undan yoqilg‘i, chorva mollariga ozuqa hamda cho‘llanishlarning oldini olish maqsadida foydalanish taklifini ilgari surdi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/596996

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Prezident raisligida mahalliy sanoat tarmog‘idagi ichki imkoniyatlarni safarbar etish orqali aholini ishli va daromadli qilish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Uchta muhim soha – charm, gilam va pillachilik sanoatida hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar borligi ta’kidlandi.
〰️〰️〰️

Respublikadagi jami terining 40 foizini beradigan Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Jizzax, Surxondaryo va Xorazmning charmsanoatdagi ulushi ularning imkoniyatiga mos emasligi qayd etildi.
〰️〰️〰️

Davlatimiz rahbari ikki yil oldin 155 gektar joy ajratilib, charmga ixtisoslashgan 16 ta kichik sanoat zonasi qilinganini qayd etdi.

Sohada yangi loyihalar uchun 40 million dollar arzon resurs ajratilgani, xalqaro kredit liniyalaridan 100 million dollar jalb etilganiga qaramay, mutasaddilar bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
〰️〰️〰️

Sohada eng asosiy masalalardan biri, bu – xom ashyo.

Klasterlarda qoramolni ko‘paytirish bilan birga, aholi xonadonlari va terini qayta ishlash korxonalari bilan kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish 25 ta tumanda chorvachilik klasterlari tashkil qilingan.

Lekin, yer ajratish va kredit masalasi to‘liq hal qilinmagani uchun barcha klasterlarning ham faoliyati hali yurib ketgani yo‘q. Masalan, 19 ta klasterga yetarli yer maydonlari ajratilmagan.

Aytilgan muammoli masalalardan kelib chiqib “Charmsanoat” uyushmasi faoliyatini tubdan o‘zgartirish zarurligi ta’kidlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Ekologiyaga javob beradigan suv tozalash inshooti va bino qurish uchun 40 million dollar arzon resurs yo‘naltiriladi. Bu yerdagi tayyor loyihalarga 7 yilda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan tabiiy va sun’iy charmdan mahsulot chiqaruvchi xorijiy brendlar joylashtiriladi.

Xorijiy brend jalb qilgan har bir korxonaga sorsing kompaniyalari uchun sarflangan xarajatni 30 ming dollargacha qismini qoplab berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, 14 ta kichik sanoat zonasida 100 million dollarlik loyihalarni boshlash, 11 ta chorva klasteriga ozuqabop ekin ekish uchun yer masalasini to‘liq hal qilish vazifasi qo‘yildi.
〰️〰️〰️

Prezidentimiz gilam ishlab chiqaruvchilarning xom ashyo muammosidan xabari borligini ta’kidladi.

O‘tgan yili gilam korxonalariga markazlashgan holda polipropilen olib kelish tizimi yo‘lga qo‘yilgani o‘z samarasini berdi.

Bu yil ham shu tajriba davom ettirilib, mablag‘ ikki karra ko‘paytiriladi.

Gilam ishlab chiqarish, sotish va valyuta tushishigacha bo‘lgan vaqtni inobatga olib, tadbirkorga polipropilen 1 yilgacha muddatga beriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Pilla xarid narxi 25 foizga oshirildi

Prezident pillani xarid narxi pastligi uchun pillakorlarda manfaatdorlik past ekanligini ta’kidladi.

Shuning uchun ipakchilikni rivojlantirish bo‘yicha kuni kecha imzolangan Prezident farmoni bilan pilla xarid narxi 25 foizga oshirilgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, pillakorlar daromad va ijtimoiy soliqlardan ozod qilindi, tutzorlar uchun yer solig‘ining 10 foizi to‘lanadi.

Mutasaddilar va hokimlarga yangi tutzorlar tashkil qilsa bo‘ladigan 105 ming gektar yer ajratish topshirildi. Bu yerlar lotlarga bo‘linib, auksionda beriladi, auksiondagi yerning boshlang‘ich narxi 10 foiz etib belgilanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Davlatimiz rahbari "Sayxunobod" tajribasi doirasidagi ishlar hamma hududlarda ham birdek tashkil qilinmayotganini ko‘rsatib o‘tdi.

Masalan, 7 ta tuman o‘rganilganda, 17 ta mahallada ishlar sustligi aniqlandi.

Yoki, ishga tushgani aytilgan 1 mingdan ziyod xonadondagi mikro-loyihalar joyida o‘rganilganda, 76 tasi yoki 7 foizi o‘z tasdig‘ini topmadi.

Shu bois, sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun tuman darajasidagi 382 nafar mas’ullar ishdan olingan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “Tinchlik sanoat zonasi”da amalga oshirilayotgan ishlar, viloyatdagi mavjud konlar, geologiya qidiruv ishlari hamda xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi yuzasidan taqdimotlar bilan tanishdi.

Shuningdek, Angor tumanida “Stone City Energe B.V” kompaniyasi tomonidan 1500-1600 MVt quvvatga ega bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi qurilishi, “Durdona Asila Angor” MChJning polietilen paketlar ishlab chiqarish loyihasi hamda “Tanovar Surxon” MChJning 13,5 gektarlik issiqxonasida mahsulot yetishtirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2039

#Surxondaryo #loyihalar #taqdimot #IES #ishlabchiqarish #issiqxona

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X