Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot va Sherobod tumanlarida bo‘lib, g‘o‘za parvarishi ishlarining borishi yuzasidan viloyat ishchi guruhining o‘rganish natijalarini mutasaddilar bilan tanqidiy muhokama qildi.

Tuman sektor rahbarlari hamda soha mutasaddilariga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, dalalarda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2010

#Surxondaryo #agrotexniktadbirlar #muhokama #paxta

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

▪️ Qiziriq tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 3-hudud 2-uchastka (Xalqobod MFY, Zartepa MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

▪️ Sherobod tumani hokimligi: Qishloq va suv хo'jaligi masalalari bo'yicha majmuasi Bosh mutaхassisi;

▪️ Sherobod tumani hokimligi: Bosh hisobchisi;

▪️ Sariosiyo tumani hokimligi: Raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo‘yicha loyihalar menejeri;

▪️ Termiz shahar hokimligi: Hokim yordamchisi;

▪️ Uzun tumani hokimligi: Hokimning chegara masalalari bo'yicha yordamchisi;

▪️ Uzun tumani hokimligi: “Nurafshon” mahallasida hokim yordamchisi;

▪️ Uzun tumani hokimligi: “Serharakat” mahallasida hokim yordamchisi;

▪️ Jarqo'rg'on tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 12-hudud 1-uchastka (Qorayontoq MFY, Mehnat roxat MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

▪️ Oltinsoy tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 10-hudud 1-uchastka (To‘xtamish MFY, Qo‘sharcha MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

▪️ Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Uzun tumani bo'linmasi: boshlig'i;

▪️ Muzrabot tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 4-hudud 1-uchastka (Madaniyat MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

▪️ Qiziriq tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 6-hudud 1-uchastka (Bog‘bonlar yurti MFY, Buyuk kelajak MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

▪️ Sherobod tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 8-hudud 1-uchastka (Sherobod MFY, Istiqbol MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

▪️ Sherobod tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 4-hudud 2-uchastka (Gulchinor MFY, Mehnatobod MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

▪️ Sherobod tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 3-hudud 1-uchastka (Chuqurko‘l MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

▪️ Qiziriq tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 2-hudud 1-uchastka (Navro‘z MFY, Gilambob MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

▪️ Qiziriq tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 3-hudud 1-uchastka (Etimqum MFY, Yangi kent MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim.

❗️Arizalar 24.04.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

📞 Agentlikning Surxondaryo viloyati filiali — 76-223-51-42

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
O'zbekiston 24 | «Sayxunobod tajribasi»: Aholi bandligini ta'minlashda yerdan unumli foydalanish

Surxondaryo viloyatida "Sayxunobod tajribasi" asosida aholi xonadonlarida tomorqadan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar Termiz tumani misolida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
📑 Davlat  tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashda ishtirok eting!

Davlatimiz rahbarining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-sonli qaroriga asosan, joriy yil mart-aprel oylarida “E-anticor.uz” elektron platformasida davlat tashkilotlar tomonidan o‘z faoliyatidagi funksiyalarda korrupsiyaviy xavflarni aniqlash ishlari amalga oshirildi.

📁 Unga ko‘ra, 7 mingdan ortiq funksiyalarda korrupsiyaviy xavflar “yuqori”,  “o‘rta” va “past” darajalarda baholandi va Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestr loyihasi shakllantirildi.

Keng jamoatchilik ushbu havola orqali davlat tashkilotlari tomonidan funksiyalardagi korrupsiyaviy xavflar qay darajada xolis baholanganligi,  qanchalik samarali va manzilli choralar belgilanganligi yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini onlayn rejimda yuborish imkoniga ega.


❗️Eslatma: Agarda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingiz so‘raladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
UzA | Surxondaryoda yirik zamonaviy majmua ish boshladi

Angor tumanida 2 ming 200 kishining bandligini ta’minlaydigan yirik majmua foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizda hududlar imkoniyatlaridan oqilona foydalanib, aholi bandligini ta’minlash va iqtisodiyotimizni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Tumanda bunyod etilgan yirik majmua ham hududni ijtimoiy-iqtisodiy yuksaltirishda muhim o‘rin tutishi qayd etildi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/591258

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Xabar berganimizdek, vohamizning “Qiziriq” futbol klubi joriy yilda O‘zbekiston kubogi va UzPFLning 1-ligasida debyutant sifatida ishtirok etishmoqda. Vakillarimiz O‘zbekiston kubogining 2-turida poytaxtning “Bunyodkor” jamoasi bilan durrang o‘ynab, o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumaniga tashrifi avvalida “Qiziriq” futbol klubi o‘yinchilari va murrabbiylari bilan uchrashdi. Viloyat rahbari vohamizda ommaviy sport, xususan, futbolni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasini ko‘rsatib berayotgan sportchilarga omadlar tiladi.

Shuningdek, mutasaddilarga futbol klubi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, sportchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha vazifalar topshirildi.

#Surxondaryo #futbol #QiziriqFC #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq va Bandixon tumanlarida viloyat Ishchi guruhining g‘alla hamda g‘o‘za parvarishida olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘tkazgan o‘rganishlari natijalarini muhokama qildi.

Xususan, g‘o‘zaga agrotexnik ishlov berish, g‘allani parvarishlash tadbirlarining borishi tanqidiy muhokama qilinib, sektorlar va soha rahbarlariga qator vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2012

#Surxondaryo #paxta #galla #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Viloyat rahbarining hududlarga tashrifi kunning ikkinchi yarmida Termiz tumanida davom etdi. O‘tgan hafta tumanga tashrifda issiqxona va bog‘dorchilik loyihalari bilan tanishuv chog‘ida berilgan topshiriqlar ijrosi o‘rganildi.

Xususan, “Janub Surxon eksport” MChJ tomonidan tashkil etilgan issiqxona faoliyatini kengaytirish, unga tutash hududdagi bo‘sh yer maydonini foydalanishga kiritish, yangi loyihani yo‘lga qo‘yish borasidagi topshiriqlar ijrosi yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi.

Viloyat rahbari ushbu hududda qurilgan, ammo hozirda foydalanilmayotgan issiqxonani ishlatish, mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yish, bu orqali yangi ish o‘rinlari yaratish lozimligini ta’kidlab, mas’ullarga tegishli vazifalarni belgilab berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati bo‘yicha 5 658 ta "Yoshlarga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari"ni e-auksion.uz orqali 30 yilga ijaraga oling!

🔷 Angor tumanidan 209 ta (ko'rish)
🔷 Bandixon tumanidan 231 ta (ko'rish)
🔷 Muzrabot tumanidan 681 ta (ko'rish)
🔷 Denov tumanidan 922 ta (ko'rish)
🔷 Jarqo'rg'on tumanidan 286 ta (ko'rish)
🔷 Oltinsoy tumanidan 321 ta (ko'rish)
🔷 Qumqo'rg'on tumanidan 289 ta (ko'rish)
🔷 Qiziriq tumanidan 566 ta (ko'rish)
🔷 Sariosiyo tumanidan 230 ta (ko'rish)
🔷 Termiz tumanidan 372 ta (ko'rish)
🔷 Uzun tumanidan 486 ta (ko'rish)
🔷 Sherobod tumanidan 501 ta (ko'rish)
🔷 Sho'rchi tumanidan 472 ta (ko'rish)
🔷 Termiz shahridan 92 ta (ko'rish)

❗️Eslatma: Mazkur yerlar maydonlari Prezident qarori (PQ-153-son, 05.04.2024 -y.) asosida savdoga chiqarilgan.

☎️ +99899 203 00 30 (Surxondaryo viloyati vakili)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter