Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mutasaddilar bilan Denov tumanini "Sayxunobod tajribasi" asosida rivojlantirish loyihalarining borishi bilan tanishdi hamda maktablarda ta’lim jarayonlarining sifatli tashkil etilishini tahlil qildi.

Mutasaddilarga ta’lim sifatini oshirish, o‘quv binosini ta’mirlash, baliqchilik loyihalarini kengaytirish hamda Ezgulik ko‘chasini namunali ko‘chaga aylantirish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2000

#Surxondaryo #maktab #talimsifati #baliqchilik #kichiksanoatzona #loyihalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
#Xorijiy_OAV

Qozog‘iston nashrida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali haqida maqola e’lon qildi

Qozog‘istonning “Infozakon” elekron nashri “1-7-may kunlari qadimiy va betakror Surxondaryo zaminida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali bo‘lib o‘tadi” sarlavhali maqolani e’lon qildi.

Maqolada “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga ko‘rilayotgan qizg‘in hozirlik, festival dasturidan o‘rin olgan tadbirlar, ushbu nufuzli festivalni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad haqida Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, viloyat turizm boshqarmasi boshlig‘i Jo‘rabek To‘rayevning fikrlaridan iqtiboslar keltirilgan.

“Hozirgi kunga qadar xalqaro tanlovda Buyuk Britaniya, Belgiya, Isroil, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Ruminiya, Pokiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston kabi davlatlarning taniqli folklor jamoalari ishtirok etish istagini bildirgan”, – deyiladi maqolada.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
#boysun_bahori

"Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga 13 kun qoldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi davom etmoqda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish ishlarining borishi, savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish nuqtalari qurilishi hamda yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishish maqsadida Sherobod tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida “Sherobod ko‘p tarmokli savdo kompleksi” MChJning savdo majmuasi qurilishi, markaziy dehqon bozorida sotuvchi va xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar, oziq-ovqat mahsulotlari narxlari, “Temur sement ta’minot” MChJning xizmat ko‘rsatish va savdo nuqtalari tashkil etish loyihasi bilan tanishildi.

Shuningdek, “Bog‘iobod” mahallasida “Sayxunobod tajribasi” asosida aholi xonadonlarida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2002

#Surxondaryo #tashrif #loyihalar #asalarichilik #Sayxunobodtajribasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Muzrabot tumanida davom ettirib, “Surxon-Agro majmuasi” MChJning 2 ming bosh qora molga mo‘ljallangan chorvachilik kompleksi hamda “Xalq yo‘li” mahallasida “Sayxunobod tajribasi” asosida aholi xonadonlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2003

#Surxondaryo #Sayxunobodtajribasi #aholixonadonlari #chorvakompleks

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter