Surxondaryo viloyati hokimligi
25.1K subscribers
29.5K photos
2.94K videos
1 file
13.1K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
“BioTexnoEko” MCHJ quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga ishga taklif qiladi:

👨‍💻 hisobchi (buxgalter); *
🚜 yuk ko‘taruvchi birikmali maxsus traktor haydovchisi; *
🚚 maxsus chiqindi tashish texnikasi (ISUZU, HOWO) haydovchisi; *
🦺 yuk ortuvchi ishchi.

* mazkur ish o‘rinlari uchun nomzodning ish staji hozirgi davr talabiga mos kvalifikatsiyaga ega bo‘lishi talab etiladi.

🏢 Uzoqdan qatnab ishlovchilar barcha sharoitlar (oshxona, dush, Wi-fi, TV)ga ega yotoqxona bilan ta’minlanadi.

💵 Oylik ish haqi nomzod bilan suhbat jarayonida aniqlangan qobiliyatiga qarab belgilanadi.

📍Manzil: Termiz shahri, “Jo‘yjangal” MFY, Muqimiy ko‘chasi 77-uy.

☎️ Murojaat uchun telefonlar:
+998787708015
+998930770045

📲 Telegramm-bot:
t.me/bio_texno_eko

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryoda o‘qituvchi va shifokorlar hamda ehtiyojmand oilalar uchun 100 ta uy-joy foydalanishga topshirildi

Xabar berilganidek, Sherobod tumanida saxovatpesha tadbirkor ko‘magida yosh avlod ta’lim-tarbiyasida boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan o‘qituvchi va murabbiylar hamda aholi salomatligini mustahkamlashda fidokorona mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ko‘makka muhtoj oilalarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida 100 ta xonadonli zamonaviy turar joy qurilishiga start berilgan edi.

Bugun mazkur xonadonlar qurilishi yakunlanib, foydalanishga topshirildi. Tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, o‘qituvchi va shifokorlarga hamda ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarga ushbu xonadonlar kalitlarini topshirdi. Saxovatpesha tadbirkorga minnatdorchilik bildirildi.

Viloyat rahbari tumanga tashrifi davomida "Sherobod tekstil invest" MCHJning ip-kalava ishlab chiqarish korxonasidagi muammolarni o‘rgandi. Mas’ullarga tadbirkor bilan ishlab, korxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish va ish o‘rinlarini tiklash bo‘yicha ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lgan takliflarni ishlab chiqish hamda taqdimotga kiritish topshirildi.

Shuningdek, "Pomir agro klaster" MCHJning chorvachilik kompleksi qurilishi hamda shu yerning o‘zida 100 gektar maydonda anorchilikni tashkil etish loyihasi taqdimoti bilan tanishilib, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun kunning ikkinchi yarmida viloyat rahbari Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlariga tashrif buyurib, bog‘dorchilik, ko‘chatchilik, issiqxonalar, kichik va erkin iqtisodiy zonalardagi loyihalar hamda “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilish ishlarining borishi, shuningdek, mahalla “yettiligi” faoliyati bilan tanishdi.

Mas’ullarga loyihalarni amalga oshirish hamda qurilish ishlarini jadallashtirish, ish o‘rinlari yaratilishini ta’minlash hamda ko‘chatchilik ishlarini jonlantirish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1994

#Surxondaryo #loyihalar #taqdimot #bogdorchilik #EIZ

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
UzA | O‘qituvchi, shifokor va ehtiyojmand oilalarga uy sovg‘a qilindi

Sherobod tumanidagi Taroqli mahallasida yuz oilaga mo‘ljallangan besh qavatli zamonaviy turarjoy binolari foydalanishga topshirildi.

Yangi xonadonlar tanlov asosida saralab olingan eng faol o‘qituvchi va shifokorlarga, shuningdek, nogironligi bo‘lgan hamda kam ta’minlangan oilalarga muborak Ramazon tuhfasi sifatida bepul berildi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/588433

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter