Surxondaryo viloyati hokimligi
25K subscribers
30.2K photos
2.99K videos
1 file
13.3K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo ahliga Ramazon hayiti tabrigi

Muhtaram vohadoshlar, qadrli viloyatimiz mehmonlari!

Barchangizni insonparvarlik, mehr-oqibat, xayru saxovat va bag‘rikenglik ayyomi – Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Muhtaram Prezidentimizning xalqimizga yo‘llagan tabriklarida ta’kidlanganidek, Yangi O‘zbekistonda yurtimizdagi barcha millat va konfessiya vakillari uchun vijdon erkinligini ta’minlash, ularning tili, madaniyati va urf-odatlarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Yangi masjidlar barpo etilmoqda, ulug‘ allomalar, aziz-avliyolarimizning qadamjolari obod qilinmoqda, milliy va diniy qadriyatlarimiz tiklanmoqda. Muborak Haj va Umra ziyoratlari uchun keng imkoniyatlar ochilmoqda.

Bu kabi ezgu ishlar Surxondaryoda ham davom ettirilib, bugun erta tongdan vohadoshlarimiz tinchlik va xotirjamlikda 130 ta jome' masjidida hayit namozini o‘qigani, xususan, Termiz shahrida 3 200 o‘rinli yangi masjidning foydalanishga topshirilgani ham bunga yaqqol dalildir.

Aziz surxondaryoliklar!

Fursatdan foydalanib, Yangi O‘zbekistonimizga o‘zgacha fayz bag‘ishlayotgan ana shunday shafoatli kunda mehnatkash va oqko‘ngil, mard va oliyjanob Surxondaryo ahlini Iyd-al-fitr bayrami bilan muborakbod etib, mo‘tabar mohi Ramazonda qilgan barcha ezgu niyat va duolari ijobat bo‘lishini tilayman!

Ramazon hayiti barchamizga qutlug‘ bo‘lsin!

Ulug‘bek Qosimov,
Surxondaryo viloyati hokimi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
UzA | Sangardakda osma dor yo‘li barpo etiladi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 7-9-aprel kunlari Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Vengriya davlatida bo‘lib, yetakchi kompaniyalar bilan ikki tomonlama manfaatli muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan safar chog‘ida Denov tumanidagi “Denov Oltin Don” mas’uliyati cheklangan jamiyati Avstriyaning “DOPPELMAYR” kompaniyasi bilan qiymati 10 million yevro bo‘lgan osma dor yo‘li loyihasini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/587703

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
No comment | Ramazon tuhfasi: Termiz shahrida yangi 3 200 o‘rinli masjidda ilk hayit namozi o‘qildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Vengriyaga tashrifida 124 mln dollarlik shartnomalar imzolandi

Xabar berganimizdek, 7-9-aprel kunlari amaliy tashrif bilan Vengriya davlatida bo‘lib qaytgan Surxondaryo viloyati delegatsiyasi kuni-kecha mamlakat poytaxti Budapesht shahrida qator tadbirlarda, uchrashuv va muzokaralarda ishtirok etishdi.

Xususan, viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov “Babolna Tetra” kompaniyasining parrandachilik klasteri faoliyati bilan tanishdi. Ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi. Muzokaralar yakunlarida uzumni kayta ishlash va vinochilik mahsulotini ishlab chiqarish, elektronika va xo‘jalik texnikalari, qop hamda mebel ishlab chiqarish uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha bitimlar tuzildi.

Uch kunlik tashrif davomida o‘tkazilgan uchrashuvlar va muzokaralar natijasida umumiy qiymati 124,2 mln dollarlik 18 ta hujjat imzolandi. Shundan, 6 ta hamkorlik bitimlari, 9 ta investisiya kelishuvlari hamda 3 ta import shartnomalari tuzildi.

Shu bilan Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Vengriya davlatiga tashrifi yakuniga yetdi. Bugun viloyatimiz hokimi boshchiligidagi delegatsiya vohamizga qaytib keldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
UzA | “Boysun bahori“ga tayyorgarlik avjida

Joriy yilning may oyida Boysun tumanida bo‘lib o‘tadigan “Boysun bahori“ xalqaro folklor festivaliga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.

Sayyoramiz folklor-etnografik san’ati ijrochilari hamda folklorshunoslarini, muxlislarni ikki yilda bir marta ko‘xna va go‘zal Boysun tumanida jamlaydigan festival o‘tkaziladigan Bibishirin mahallasida zamonaviy turizm majmuasi qad rostlamoqda.

Ayni paytda bu yerdagi barcha inshootlarda qurilish ishlari uyushqoqlik bilan davom etayotir
.

Batafsil: https://uza.uz/posts/587830

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
#boysun_bahori

"Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga 20 kun qoldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uygonish_sari_yol

Ilm - saodat kaliti, ilmsizlik - jaholatdir!

Muallif: Termiz davlat pedagogika instituti o'qituvchisi Sanjar Shotemirov.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryoda milodiy IX-XVI asrlarga oid xum idishlar topildi

Sariosiyo tumani “Sarijar” mahallasida yashovchi fuqaro Erkin Tulakov o‘z tomorqasida issiqxona qurish uchun yer kavlayotgan paytida taxminan yarim metr chuqurlikda katta xum gardishiga duch keladi.

Qazish ishlarini davom ettirib, ushbu gardish balandligi taxminan 1,50-1,60 metr bo‘lgan, butun saqlangan bir dona ulkan xum ekanligiga guvoh bo‘ladi va topilma yuzasidan mahalla fuqarolarga yig‘iniga, undan keyin viloyat Madaniy meros boshqarmasiga xabar qiladi.

Madaniy meros boshqarmasi hamda Termiz arxeologiya muzeyi mutaxassislari tomonidan ushbu xum atrofida olib borilgan arxeologik kuzatuv ishlari natijasida bu yerda yana uch dona xum mavjudligi aniqlandi. Barcha xumlar zarar yetkazilmagan holda qazib olindi.

Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, xumlarning ikki donasi IX-XIII asrlarga, yana ikkitasi XIV-XVI asrlarga oid ekanligi taxmin qilinmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryolik yosh innovatorlar ko‘zi ojizlar uchun "aqlli hassa" yaratishdi

Surxondaryolik aka-uka Mashhurbek va Abdumalik Qarshiyevlar hamda ularning singlisi Muharram oddiy hassani innovatsion "aqlli hassa"ga aylantiradigan noyob qurilma yaratdilar. Bu haqida UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xabar berdi.

"Aqlli hassa" texnologiyasi ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan odamlarning mustaqil harakat qilish imkoniyatini oshirishga, ularning jamiyatda faol bo‘lishlariga qaratilgan. U ovozli yordamchi, akselerometr va kompas hamda doimiy yangilanib turadigan funksiyalarni o‘z ichiga oladi.

UNICEF tomonidan UPShIFT dasturi amalga oshirilayotgan bo‘lib, dastur O‘zbekiston yoshlari uchun tadbirkorlikda yangi yechimlarini taklif qilish orqali jamiyatdagi muammolarni aniqlab, ularning yechimini topish uchun ajoyib imkoniyatdir. Termizlik iqtidorli yoshlar ham ushbu dastur doirasida o‘z jamoalarini tuzib, yangi innovatsiyalar ustida ishlashmoqda.

Dastur Surxondaryo viloyati hokimligi, Yevropa Ittifoqi va "Istiqbol avlod" Respublika ijtimoiy-axborot markazi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
«O‘zgidromet» tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida xabar berdi

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 12-15-aprel kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, kuchli bo‘lishi hamda ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

12-15 aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikamizning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida jumladan:

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlari hududlarida sel hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

📞 Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini, toshqin suvlari, sel oqimlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq xavflar yuzaga kelgan taqdirda tezkor shtablarga 101, 1050 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlarini so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter