Surxondaryo viloyati hokimligi
24.8K subscribers
28.7K photos
2.85K videos
1 file
12.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Ramazon tuhfasi: Termiz shahridagi yangi qurilgan 3 200 o‘rinli masjidda hayit namozi o‘qildi

Prezidentimizning 2019-yilda Surxondaryo viloyatiga tashrifida "Sulton Saodat" majmuasi hududida yangi masjid, keng zamonaviy yo‘llar hamda boshqa obyektlar qurilishi loyihasini amalga oshirish belgilangan edi.

Bugun ushbu loyiha doirasida bunyod etilgan 3 200 o‘rinli "Sulton Saodat" jo’me masjidida Ramazon hayiti namozi o‘qildi.

Yangi masjidda o‘qilgan Ramazon hayiti namozida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davron Maxsudov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari, Toshkent Islom instituti rektori Muxamadolim Muxamadsidiqov hamda boshqa diniy ulamolar, vohalik mo‘min musulmonlar ishtirok etdi.

Shuningdek, bugun viloyatimizdagi 130 ta masjidda Ramazon hayiti namozi o‘qildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo ahliga Ramazon hayiti tabrigi

Muhtaram vohadoshlar, qadrli viloyatimiz mehmonlari!

Barchangizni insonparvarlik, mehr-oqibat, xayru saxovat va bag‘rikenglik ayyomi – Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Muhtaram Prezidentimizning xalqimizga yo‘llagan tabriklarida ta’kidlanganidek, Yangi O‘zbekistonda yurtimizdagi barcha millat va konfessiya vakillari uchun vijdon erkinligini ta’minlash, ularning tili, madaniyati va urf-odatlarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Yangi masjidlar barpo etilmoqda, ulug‘ allomalar, aziz-avliyolarimizning qadamjolari obod qilinmoqda, milliy va diniy qadriyatlarimiz tiklanmoqda. Muborak Haj va Umra ziyoratlari uchun keng imkoniyatlar ochilmoqda.

Bu kabi ezgu ishlar Surxondaryoda ham davom ettirilib, bugun erta tongdan vohadoshlarimiz tinchlik va xotirjamlikda 130 ta jome' masjidida hayit namozini o‘qigani, xususan, Termiz shahrida 3 200 o‘rinli yangi masjidning foydalanishga topshirilgani ham bunga yaqqol dalildir.

Aziz surxondaryoliklar!

Fursatdan foydalanib, Yangi O‘zbekistonimizga o‘zgacha fayz bag‘ishlayotgan ana shunday shafoatli kunda mehnatkash va oqko‘ngil, mard va oliyjanob Surxondaryo ahlini Iyd-al-fitr bayrami bilan muborakbod etib, mo‘tabar mohi Ramazonda qilgan barcha ezgu niyat va duolari ijobat bo‘lishini tilayman!

Ramazon hayiti barchamizga qutlug‘ bo‘lsin!

Ulug‘bek Qosimov,
Surxondaryo viloyati hokimi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
UzA | Sangardakda osma dor yo‘li barpo etiladi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 7-9-aprel kunlari Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Vengriya davlatida bo‘lib, yetakchi kompaniyalar bilan ikki tomonlama manfaatli muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan safar chog‘ida Denov tumanidagi “Denov Oltin Don” mas’uliyati cheklangan jamiyati Avstriyaning “DOPPELMAYR” kompaniyasi bilan qiymati 10 million yevro bo‘lgan osma dor yo‘li loyihasini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/587703

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
No comment | Ramazon tuhfasi: Termiz shahrida yangi 3 200 o‘rinli masjidda ilk hayit namozi o‘qildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Vengriyaga tashrifida 124 mln dollarlik shartnomalar imzolandi

Xabar berganimizdek, 7-9-aprel kunlari amaliy tashrif bilan Vengriya davlatida bo‘lib qaytgan Surxondaryo viloyati delegatsiyasi kuni-kecha mamlakat poytaxti Budapesht shahrida qator tadbirlarda, uchrashuv va muzokaralarda ishtirok etishdi.

Xususan, viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov “Babolna Tetra” kompaniyasining parrandachilik klasteri faoliyati bilan tanishdi. Ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi. Muzokaralar yakunlarida uzumni kayta ishlash va vinochilik mahsulotini ishlab chiqarish, elektronika va xo‘jalik texnikalari, qop hamda mebel ishlab chiqarish uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha bitimlar tuzildi.

Uch kunlik tashrif davomida o‘tkazilgan uchrashuvlar va muzokaralar natijasida umumiy qiymati 124,2 mln dollarlik 18 ta hujjat imzolandi. Shundan, 6 ta hamkorlik bitimlari, 9 ta investisiya kelishuvlari hamda 3 ta import shartnomalari tuzildi.

Shu bilan Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Vengriya davlatiga tashrifi yakuniga yetdi. Bugun viloyatimiz hokimi boshchiligidagi delegatsiya vohamizga qaytib keldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
UzA | “Boysun bahori“ga tayyorgarlik avjida

Joriy yilning may oyida Boysun tumanida bo‘lib o‘tadigan “Boysun bahori“ xalqaro folklor festivaliga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.

Sayyoramiz folklor-etnografik san’ati ijrochilari hamda folklorshunoslarini, muxlislarni ikki yilda bir marta ko‘xna va go‘zal Boysun tumanida jamlaydigan festival o‘tkaziladigan Bibishirin mahallasida zamonaviy turizm majmuasi qad rostlamoqda.

Ayni paytda bu yerdagi barcha inshootlarda qurilish ishlari uyushqoqlik bilan davom etayotir
.

Batafsil: https://uza.uz/posts/587830

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter