Surxondaryo viloyati hokimligi
25K subscribers
30.8K photos
3.06K videos
1 file
13.5K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq bugun Sho‘rchi tumanida ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda mahalla “yettiligi” faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida 89-sonli oilaviy poliklinikaning “Yorug‘lik” filiali uchun yangidan qurilgan bino foydalanishga topshirildi. Shuningdek, tibbiyot maskaniga 10 ta elektroskuter, 10 ta planshet hamda kompyuter jamlanmalari, zamonaviy tibbiy asbob-uskuna va jihozlar ham berildi.

Viloyat rahbari “Elbayon” mahallasi “yettiligi” faoliyati bilan tanishdi hamda xonadonlarda bo‘lib, aholining tomorqadan samarali foydalanish tajribasini ko‘zdan kechirdi.

Tumanda, shuningdek, maktab-internatining 120 o‘rinli yotoqxonasi va sport zali hamda 150 o‘rinli bog‘cha binosi ham foydalanishga topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1981

#Surxondaryo #poliklinika #ochilishi #mahallayettiligi #maktabinternat #bogcha

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Xorijdagi elchilarimiz bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi hamda mamlakatimizning Yevropa va Osiyo-Tinch Okeani mintaqasidagi diplomatik vakolatxonalari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida uchrashuv o‘tkazildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarlari Muzaffar Madrahimov va Bobur Usmanov, shuningdek, viloyatimizning shahar va tumanlari hokimlari ishtirok etishdi.

Onlayn formatda o‘tkazilgan uchrashuvda Surxondaryo viloyatining iqtisodiy salohiyatini oshirish, eksportga ko‘maklashish va xorijiy investisiyalarni jalb etishni yanada jadallashtirishda mamlakatimizning xorijdagi diplomatik missiyalari bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Respublikamizning xorijdagi elchilari Surxondaryo viloyatida mavjud va istiqbolli loyihalarni hayotga tadbiq etish yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Jumladan, Vengriya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Avstriya, Yaponiya, Malayziya kabi davlatlardagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlari turizm, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va boshqa ko‘plab sohalarda yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan aniq takliflar bildirishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uygonish_sari_yol

Hayotingizni telefon o'zgartirishidan oldin, uni o'zingiz o'zgartiring!

Rolik muallifi Temiz davlat universiteti Axborot xizmati rahbari Shukrullo Toshpo'latov.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Turkiyaning quyosh elektr stansiyalari qurish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Akgun enerji” kompaniyasi bosh direktori Kemal Gunay boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda vohamizda 100 MVt quvvatdagi quyosh fotoelektr stansiyasi qurish loyihasi muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida ikki tomon mutaxassislari ishtirokida loyihaning texnik-iqtisodiy imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, takomillashtirish bo‘yicha ishlarni boshlashga kelishilib olindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1983

#Surxondaryo #Turkiya #AKGUNENERJI #loyiha

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: “Farzand ta’limiga kiritilgan investitsiya, nafaqat ota-onaga foyda keltiradi, balki butun jamiyat rivojiga hissa qo‘shadi!”

Kecha Surxondaryo viloyati hokimi Termiz shahridagi maktab faoliyati bilan tanishdi, iqtidorli o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi. Shuningdek, Sho‘rchi tumanida oilaviy poliklinika binosi foydalanishga topshirilib, mahalla “yettiligi” faoliyati va aholi xonadonlarida tomorqadan foydalanish tajribasi ham o‘rganildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyidning “Xalqim degan zotlarni Haq ham qo‘llar ekan-ku!..” she’ri

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasidan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇬🇧 Welcome to the International Folklore Festival "Boysun bahori"!

Old and ancient Boysun invites everyone to the "Boysun bahori" international folklore festival, which includes performances of folklore ethnographic teams, national sports games, various shows, and concert programs of representatives of many countries.

The festival will be held on May 1-7 of this year at the tourist complex located in "Bibishirin"street of Boysun district.

We invite all spectators, local and foreign tourists to the festival performances.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Aholi daromadlarini oshirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish hamda eksport imkoniyatlarini oshirish loyihalari bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oltinsoy tumanida bo‘ldi.

Tashrif davomida meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, saralash va qadoqlash, yaxna ichimliklar hamda un ishlab chiqarish korxonalari bilan tanishildi. Zamonaviy issiqxona, muzlatkichli omborxona hamda yoshlar uchun ajratilgan yer maydonlaridan foydlanish holati ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1984

#Surxondaryo #loyihalar #taqdimotlar #korxonalar #ishorinlari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter