Surxondaryo viloyati hokimligi
24.8K subscribers
30.4K photos
3.02K videos
1 file
13.4K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov topshirig‘iga muvofiq Qumqo‘rg‘on tumanining sel-suv toshqinlaridan talofat ko‘rgan “Elobod”, “Yangishahar”, “Bog‘aro” va “Azlarsoy” mahallaridagi 61 ta ko‘cha shahar, tumanlar hamda korxona va tashkilotlarga biriktirildi. Hududlardan 10 mingga yaqin hasharchi, 200 dan ortiq yuk mashinalari, 100 ga yaqin maxsus transport vositalari, 50 ta motopompa vositalari jalb qilindi.

Hashar ishlari avvalida viloyat rahbari mutasaddilar, shahar va tumanlardan jalb qilingan ko‘ngillilar bilan uchrashib, aholi yashashi uchun zarur sharoitlarni yaratish va talafot ko‘rgan hududlarni obod maskanga aylantirish bo‘yicha belgilab olingan chora-tadbirlar bilan tanishtirdi.

Bugunning o‘zida 130 dan ortiq xonadon loyqa suvlardan tozalandi, 12 km ichki yo‘llar toshlandi, 3 mingdan ortiq obyekt hamda 2,5 mingga yaqin suv hovuzlari dezinfeksiyalandi. Aholi qaromog‘idagi 100 dan ortiq chorva mollari xavfsiz hududlarga o‘tkazilib, veterinariya xizmati ko‘rsatildi. Tozalangan va tartibga keltirilgan ko‘chalar bo‘ylab, 1 mingdan ortiq, mavsumga mos daraxt va buta ko‘chatlari o‘tqazildi.

Ayni vaqtda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Milliy gvardiya boshqarmalari boshliqlari, shahar va tumanlar hokimlari rahbarligida biriktirilgan ko‘chalar bo‘ylab, tozalash-ta’mirlash, obodonlashtirish, ko‘chalarni tartibga keltirish va daraxt ko‘chatlari ekish ishlari davom etmoqda.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1945

#Surxondaryo #selsuvtoshqin #hashar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: "Dehqon qilgan mehnatiga yarasha foyda ko‘rsa, davlat ham, jamiyat ham foyda ko‘radi"

Surxondaryo viloyati hokimi kuni-kecha Muzrabot, Angor va Jarqo‘rg‘on tumanida tashkil etilgan eksport markazlari faoliyati bilan tanishdi hamda eksportyor tadbirkorlar bilan suhbatlashdi.

Surxondaryo viloyatining 6 ta tumanida tashkil etilgan eksport logistika markazlari manzillari bilan quyida tanishishingiz mumkin:

📍 Muzrabot tumani "At-Termiziy" mahallasi. Joylashuv lokatsiyasi;
📍 Angor tumani "Bahor" mahallasi. Joylashuv lokatsiyasi;
📍 Jarqo‘rg‘on tumani "Avlod" mahallasi. Joylashuv lokatsiyasi;
📍 Qumqo‘rg‘on tumani "Uyas" mahallasi. Joylashuv lokatsiyasi;
📍 Denov tumani "Chambil" mahallasi. Joylashuv lokatsiyasi;
📍 Sariosiyo tumanining Tojikiston davlati bilan chegara hududi. Joylashuv lokatsiyasi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangiliklar 24 | "Obod xonadon - obod ko'cha - obod mahalla" mezonlari ijrosi

Muzrabot tumani "Yakkatol" mahallasida mezon asosida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli obodonlshtirish va bunyodkorlik ishlari tafsilotlari.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: “Aholimizga to‘g‘ri ovqatlanish va ko‘proq piyoda yurishni targ‘ib qilishimiz kerak”

Surxondaryo viloyati hokimi joriy yil 20-mart kuni Qumqo‘rg‘on tumanidagi oilaviy poliklinika binosining ochilishida ishtirok etib, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish haqida to‘xtaldi.

“Vohamizda deyarli barcha sabzavotlar, ko‘katlar yetishtiriladi. O‘zimizda yetishtirilgan mahsulotlardan ko‘proq iste’mol qilgan, to‘g‘ri ovqatlanishni yo‘lga qo‘yib, kuniga ikki kilometr piyoda yurgan odam hech ham kasal bo‘lmaydi”, - dedi viloyat rahbari o‘z so‘zida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ziyoratgoh va markaziy ko‘chalarda obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qumqo‘rg‘on tumanida toshqin oqibatlarini bartaraf etish ishlari bilan tanishildi

Viloyat rahbari toshqindan zarar ko‘rgan xonadonlarni ko‘zdan kechirib, yaroqsiz uy-joylar o‘rnidan yangilarini qurish va aholiga ko‘mak ko‘rsatish topshirig‘ini berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on tumanidagi 4 ta mahallada sel-suv toshqinlari oqibatlarini bartaraf etish ishlarining borishi bilan tanishdi. Mahallalar bo‘ylab yurilib, ko‘p qavatli turar joylar, aholi xonadonlari, yo‘llar va ko‘chalarni tozalash, ta’mirlash hamda tartibga keltirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Viloyat rahbari aholi xonadonlarini ham ko‘zdan kechirib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axborotlarini tingladi. Mutasaddilarga poydevorlari bo‘lmaganligi sababligi sel-suv toshqinlari natijasida zarar ko‘rgan xonadonlarni qayta qurish uchun zarur ko‘maklar ko‘rsatish vazifasi topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1946

#Surxondaryo #sel #toshqin #tozalash #tamirlash #yordam

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter