Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Kobulda O‘zbekiston va Afg‘oniston delegatsiyalarining uchrashuvi o‘tkazildi

Kuni-kecha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistonga tashrif buyurdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ham ishtirok etdi.

Tashrif davomida qator uchrashuvlar o‘tkazildi. Xususan, Afg‘oniston muvaqqat hukumatining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, ichki ishlar hamda savdo va sanoat vazirlari bilan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyatida afg‘onistonlik ishbilarmonlar va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, logistika va transportlar harakati bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov o‘zining haftalik ish rejasiga muvofiq ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, mahallalarda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishish maqsadida Angor tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida “Navshahar” mahallasida berilgan topshiriqlar ijrosi, mahalla “yettiligi”, 24-sonli bog‘chada gimnastika to‘garagi faoliyati bilan tanishildi. Tuman bolalar sport maktabida murabbiylar va sportchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Olimpiada chempionini tayyorlagan murabbiylarga xonadon, jahon chempionini tayyorlagan murabbiylarga esa avtomobil kalitlari topshirilishi ta’kidlandi.

Uchrashuvda vohalik jahon chempioni Rinata Ilmatovaga pul mukofoti sertifikati topshirildi. Unga keyingi musobaqalarda omadlar tilandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1930

#Surxondaryo #ijtimoiysoha #mahalla #yettilik #bogcha #sport

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumaniga tashrifi davomida “ZOOM” platformasi orqali viloyatimizning yettita tumanida, Oltinsoy, Bandixon, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot va Termiz tumanlaridagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Shuningdek, mutasaddilar ishtirokida Angor, Qumqo‘rg‘on, Sherobod, Termiz, Oltinsoy va Qiziriq tumanlarida sport ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish natijalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1931

#Surxondaryo #Insonmarkazlari #ochilish #sport #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter