Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Termiz shahrida Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan Raqamli texnoloniyalar vazirligi hamda “IT Park” bilan hamkorlikda tashkil qilingan navbatdagi dasturiy xizmatlarni eksport qiluvchi va masofadan turib “IT” xizmatlari ko‘rsatuvchi BPO markazi tantanali ochildi.

Mazkur markazda masofaviy “IT” xizmatlari ko‘rsatuvchi 3 ta kompaniya, xususan, “UniCall”, “Maab Innovation” va “Moonboys” kompaniyalari o‘z faoliyatini boshladi.

Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, nuroniylar, soha mutasaddilari, “IT Park” rezidentlari, kompaniyalar vakillari hamda sohada ishlash va o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar ishtirok etishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1896

#Surxondaryo #ITmarkaz #BPO #UniCall #MaabInnovation
#Moonboys

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning tog‘-kon sanoati bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda vohamizda tog‘-kon sanoati, uran, qurilish materiallari, granit, oqmarmar, ko‘mir, kvarts va sement ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1897

#Surxondaryo #Xitoy #togkonsanoati #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da viloyatimiz faollari, nuroniylar va yoshlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, Termiz tumani “Qahramon” mahallasida 33 sotix issiqxonada bir milliondan ortiq turli sabzavot, poliz va gul ko‘chatlari yetishtirayotgan tadbirkor dehqon Boboyor Xolboyevga davlatimizning yuksak mukofoti, “Do‘stlik” ordenini tantanali topshirdi.

Shuningdek, tantanali tadbirda “Eng tashabbuskor tuman sektor rahbarlari” hamda yoshlarni harbiy-Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh mutasaddilar viloyat hokimligining faxriy yorliqlari, sertifikat va sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1898

#Surxondaryo #Dostlikorden #tantanalitadbir

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter