Surxondaryo viloyati hokimligi
25K subscribers
30.2K photos
3K videos
1 file
13.3K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq bugun investitsiyalar, sanoat va savdo sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishish maqsadida Uzun tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida kichik sanoat zonasi, quvvati 2 megavatt bo‘lgan quyosh fotoelektrostansiyasi qurilishi, 18 gektar maydonda qiymati 5 mln dollar bo‘lgan issiqxona, refkontiner, manzarali bog‘, vino mahsulotlari qadoqlash, 50 o‘rinli mehmonxona va restoranni o‘z ichiga olgan loyiha taqdimoti hamda yiliga 3 ming dona turli xil mebel mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati bilan tanishildi.

Uzun tumani markazida do‘kon va binolar egalari bo‘lgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Shuningdek, Sariosiyo tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilishi hamda tuman markazida kanalizatsiya quvurlarini tortish ishlarining borishi bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1893

#Surxondaryo #loyihalar #taqdimotlar #KSZ

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: “Tuman markazida yangi binolarni qurib, odamlarni ham uyli, ham mulkdor qilmoqchimiz”

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston 24 | Yomg‘ir suvidan foydalanish va issiqxonachilik ilmi

Bir soat yoqqan yomg‘irdan 8 tonnagacha suv yig‘ib, issiqxonada mahsulot yetishtirayotgan tadbirkor faoliyati xususida

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Prezident farmoni:

2024-yil 1-sentabrdan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasida “Navro‘z” umumxalq bayramiga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Hududni obodonlashtirish, daraxt va gul ko‘chatlari ekish, povilonlarni tasdiqlangan dizaynlar asosida tayyorlash ishlarini jadallashtirish topshirildi.

Shundan so‘ng, Termiz tumani “Navro‘z” mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida ajratilishi rejalashtirilgan 6 gektar yer maydoni ko‘zdan kechirildi. Yoshlar bilan o‘tkazilgan suhbat davomida yer maydonlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1894

#Surxondaryo #Navruz #yoshlar #uchrashuv #yermaydonlari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | Ko‘chatchilikdan yuqori daromad: 33 sotixli issiqxonada 1,1 mln dona ko'chat

Termiz tumanida tadbirkor 33 sotixli issiqxonasida 450 mingta pomidor, 100 mingta bodring, 100 mingta bulg‘or qalampiri, 20 mingta baqlajon, 40 ming tup qovun va tarvuz hamda 400 ming tupga yaqin 20 turdagi gul ko‘chatlarini yetishtirmoqda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢 Termiz shahri aholisi diqqatiga!

📆 Bugun, 24-fevral kuni soat 20:30 dan boshlab, Surxondaryo telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Xalq bilan muloqot» ko‘rsatuvi orqali Termiz sharining to‘rtta sektori rahbari hamda mutasaddilar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.

📥 Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, shuningdek, hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefonlar:
(76) 223-54-58;
(76) 223-54-67

📲 Telegram:
(99) 482-00-77

📎 Ma’lumot uchun, mas’ullarning televidenie orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqishi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan "Davlat dasturlari ijrosi, loyihalarning amalga oshirilishi holati, shuningdek, kelgusidagi rejalar yuzasidan Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimlarining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida chiqish" rejasiga asosan amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bandligini ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalarning vohamizdagi ijrosi yuzasidan bergan intervyusida, Surxondaryoda drayver sohalardan biri qishloq xo‘jaligida yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshiriladigan kelgusidagi rejalar haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, yig‘ilishda Surxondaryo viloyati Termiz tumanida gulchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor Boboyor Xolboyev Prezidentimizga o‘zining faoliyati haqida so‘zlab, yaratib berilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Unda qurilish sohasidagi davlat dasturlari ijrosi tahlil qilindi.

Yig‘ilishda, shuningdek, boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati, ta’mirtalab holatga kelib qolgan uy-joylarni joriy yilda ta’mirlash dasturi, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish yo‘nalishi, transport sohasidagi ishlar ham muhokama qilindi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha soha va hududlar rahbarlarining axborotlari tinglandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1895

#Surxondaryo #qurilish #dasturlar #sohalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter