Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati bo‘yicha 5 241 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari е-auksion platformasida savdolarga chiqarildi

🔹 Termiz shahridan 37 ta (ko'rish);
🔹 Angor tumanidan 200 ta (ko'rish);
🔹 Bandixon tumanidan 281 ta (ko'rish);
🔹 Boysun tumanidan 338 ta (ko'rish);
🔹 Muzrabot tumanidan 374 ta (ko'rish);
🔹 Oltinsoy tumanidan 149 ta (ko'rish);
🔹 Denov tumanidan 463 ta (ko'rish);
🔹 Jarqo‘rg‘on tumanidan 353 ta (ko'rish);
🔹 Qumqo‘rg‘on tumanidan 575 ta (ko'rish);
🔹 Qiziriq tumanidan 459 ta (ko'rish);
🔹 Sariosiyo tumanidan 152 ta (ko'rish);
🔹 Termiz tumanidan 984 ta (ko'rish);
🔹 Uzun tumanidan 311 ta (ko'rish);
🔹 Sherobod tumanidan 422 ta (ko'rish);
🔹 Sho‘rchi tumanidan 143 ta (ko'rish).

"E-AUKSION" mobil ilovasini yuklab oling!
⬇️App Store ⬇️Google Play

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun telefon:
+99899 203 00 30

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahrida “London” o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi

O‘quv markazida yoshlarga ingliz tilini mukammal darajada o‘qitish hamda xalqaro darajadagi IELTS, TOEFL va CEFR kabi imtihonlarga tayyorlash kurslari tashkil etilgan. Til o‘rgatish kurslari intensiv ta’lim dasturlari orqali amalga oshiriladi.

O‘quv markazi haftada yetti kun ishlaydi va har xil o‘quv jadvallari orqali tinglovchilar uchun qulay vaqtda kurslarni tashkil etilishini ta’minlaydi.

Vohamiz yoshlarini kelajakda yaxshi kasb va yuqori daromadli ish egasi bo‘lishda xizmat qiladigan xorijiy tillarni o‘rganishga chorlaymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyatida 435 ta dehqonchilik uchun yerlarini e-auksion.uz orqali 30 yilga ijaraga oling

Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari ijara uchun:

🔹Muzrabot tumanidan 3 ta (ko'rish)
🔹Qiziriq tumanidan 2 ta (ko'rish)
🔹Termiz tumanidan 1 ta (ko'rish)
🔹Uzun tumanidan 4 ta (ko'rish)

Dehqon xo‘jaliklari tomonidan qishloq xo‘jaligi kooperativini tashkil etish uchun:
🔹Muzrabot tumanidan 98 ta (ko'rish)
🔹Qiziriq tumanidan 95 ta (ko'rish)
🔹Termiz tumanidan 115 ta (ko'rish)
🔹Uzun tumanidan 41 ta (ko'rish)
🔹Sherobod tumanidan 17 ta (ko'rish)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Tezkor shtab: Sariosiyo va Boysun tumanlarida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etildi

Viloyat navbatchilik shtabiga kelib tushgan murojaatlarga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo filiali tomonidan hududlarda sodir bo‘layotgan nosozliklarni bartaraf etish maqsadida 24 soatlik navbatchilik maxsus brigadalari tomonidan zarur choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, kuni-kecha Sariosiyo tumanining 35/10 kV li "Toqchiyon" podstansiyasidan chiquvchi havo elektr tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik, noqulay ob-havo sharoitlariga qaramay soha xodimlari tomonidan bartaraf etildi. Iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish tiklandi.

Shuningdek, Boysun tumanidagi qator aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 35/10 kV li "Qo‘rg‘oncha" podstansiyasida ta’mirlash ishlari olib borilib, yuzaga kelgan nosozliklar tezkor bartaraf etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokim Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida bo‘lib, o‘tgan hafta tashrif davomida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishdi hamda tumanning “Navshahar” mahallasida patronaj xizmati ko‘rsatish borasida olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Mutasaddilar, shahar va tumanlar mas’ullari ishtirokida mahalla “yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazilib, vazifalar belgilab berildi.

Yig‘ilishda tibbiyot sohasida “Surxondaryo tajribasi”ni yaratish ishlarining borishi ham tahlil qilinib, sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini bosqichma-bosqich joriy etib borish topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1891

#Surxondaryo #tibbiyot #patronaj #mahalla #yettilik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: "Prezidentimiz tashabbusi bilan aholining barcha masalalari mahallada hal qilinadigan tizim yaratilmoqda"

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovga Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va boshqaruv xodimlari faoliyatining samaradorligini baholash (KPI) platformasi taqdimot qilindi.

Shundan so‘ng viloyat rahbari Termiz shahridagi 7-sonli maktabda bo‘lib, ta’lim jarayonlari va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, viloyat ruhiy-asab kasalliklari dispanserida bo‘linib, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1892

#Surxondaryo #taqdimot #KPI #universitet #maktab #dispanser

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter