Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
28.7K photos
2.85K videos
1 file
12.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
UzA | “Boysun bahori” tamomila yangicha ruh va yuqori kayfiyatda o‘tkaziladi

Joriy yilning may oyida xushmanzara Boysun tumanida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali bo‘lib o‘tadi. Unda nafaqat mamlakatimiz vakillari, balki sayyoramizning ko‘plab davlatlaridan kelgan mehmonlar o‘zlarining folklor san’ati va noyob an’analarini keng namoyish etadi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/568801

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Termiz shahridagi “Azizbek” tantanalar saroyida viloyatimiz hududlaridan tashrif buyurgan nuroniy otaxonlar, davlat va jamoat tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan faxriylar hamda yoshlar ishtirokida “Bir nuroniy o‘n nafar yoshga mas’ul” tamoyili asosidagi tadbir, keksa avlod hamda yoshlar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yoshlarni mahalladagi hayotiy tajribaga ega bo‘lgan, zamonaviy fikrlaydigan faol nuroniylarga biriktirish orqali ularni Vatanga sadoqat, Vatanparvarlik, odob-ahloq ruhida tarbiyalash ishlarini olib borish asosiy vazifalardan biri ekanligini, viloyatimizda bundan keyin ham keksalarni qadrlash va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar yanada kuchaytirilishini ta’kidladi.

Nuroniylar va yoshlar vakillari bilan bir piyola choy ustida suhbat qilinib, kelgusida ishlarni tashkil etish, uch avlod vakillari o‘rtasida mustahkam aloqani o‘rnatgan holda tizimli ishlar etilishi aytib o‘tildi.

San’atkorlarning Ona Vatan, do‘stlik, ezgulik, hamjihatlik, mehr-muhabbat va tinch-totuv hayotni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlari barchada iliq taassurot o‘yg‘otdi. Yakunda nuroniylar yurtimiz tinchligi va ravnaqi hamda xalqimiz farovonligini tilab, duoga qo‘l ochishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1885

#Surxondaryo #nuroniylar #yoshlar #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢 Surxondaryo viloyati hokimi bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi

Joriy yil 18-fevral kuni soat 19:00 dan boshlab “Surxondaryo” telekanalining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali vohada ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, hududlarda amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, oldindagi rejalar, vazifalar hamda aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.

☎️ Ochiq muloqot uchun savol, taklif va murojaatlar efir studiyasiga bog‘langan quyidagi telefon raqamlari orqali har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha qabul qilinmoqda.

+99876 223 54 58;
+99876 223 54 67
.

📥 Shuningdek, murojaatlaringizni +99899 482 00 77 telegram raqamiga ham yo‘llashingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi rahbarligida jurnalist va blogerlar hamda faollar tomonidan ko‘tarilayotgan murojaatlar, muammoli masalalarning hal etilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Masalalar ijrochilar kesimida tahlil qilinib, ularni hal etish bo‘yicha aniq muddatlar bilan vazifalar yuklandi.

Termiz muhandislik-texnologiya instituti ta’lim jarayonlarining tashkil etilishi, yaratilgan sharoitlar hamda vohamizdagi geologik izlanishlar, mavjud salohiyatlar yuzasidan ishlab chiqilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishildi.

Shuningdek, institut binosida Ma’naviyat va ma’rifat kengashi a’zolari va oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan “Ma’naviyat sektori” faoliyatini tashkil etish, targ‘ibot ishlarining borishi muhokama qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1886

#Surxondaryo #murojaatlar #institut #Manaviyatsektor

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter