Surxondaryo viloyati hokimligi
25K subscribers
30.8K photos
3.06K videos
1 file
13.5K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrining “Tinchlik” va “Bog‘ishamol” mahallalarida bo‘lib, obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarining borishi hamda ijtimoiy soha obyektlari bilan tanishdi.

Shahar sektor rahbarlari va mahalla “yettiligi”ning hisobotlari tinglanib, hudud bo‘ylab ko‘chalar, yo‘llar holati, kommunal sohadagi muammolarning hal etilishi ko‘zdan kechirildi. Ishlarni jadallashtirish, infratuzilmani yaxshilash tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha aniq muddatlar bilan topshiriqlar berildi.

32-sonli bog‘cha hovlisida yo‘laklar va mashg‘ulot maydonchalari talabga javob bermasligi tanqid qilindi. Yo‘laklar va mashg‘ulot maydonlarini yangilash hamda yangi bino qurish bo‘yicha davlat dasturiga taklif kiritish vazifasi topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1873

#Surxondaryo #mahalla #bogcha #infratuzilma

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: "Yangi bog‘cha binosi bolalar uchun qulay holda daraxtlarga ziyon yetkazmasdan qurilishi kerak"

Viloyat hokimi Termiz shahridagi ikki mahallada obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirib, hududdagi bog‘cha sharoitlari bilan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Matonati va irodasi barchaga o‘rnak bo‘lgan inson hayoti

Ularning imkoniyatlari cheklanmagan!

Qumqo'rg‘on tumani “Paxtaobod” mahallasida yashovchi Zafar Xo‘jamqulov “imkoniyati cheklangan” bo‘lishiga qaramay uch farzandni voyaga yetkazmoqda, o‘zi hozirda texnikumda o‘qib, kelgusida davlat va jamiyatga foydasi tegadigan kasb egasi bo‘lmoqchi.

Imkoniyati cheklanganlar doimo davlat himoyasida!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun buyuk sarkarda, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi nishonlanmoqda

Sana munosabati bilan bugun erta tongdan Termiz davlat universiteti talabasi Fotima Qurbonova buyuk o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda portretini chizdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy holati raqamlarda

🏢 Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda Surxondaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari quyidagicha bo‘ldi:

yalpi hududiy mahsulot hajmi – 41,0 trln so‘m;

ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi – 8,7 trln so‘m;

bajarilgan qurilish ishlari hajmi – 7,4 trln so‘m;

asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar hajmi – 18,0 trln so‘m

ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi – 15,5 trln so‘m;

chakana savdo tovar aylanmasi hajmi – 20,8 trln so‘m

tashqi savdo aylanmasi hajmi – 325,2 mln AQSH dollari;

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarining hajmi – 33,7 trln so‘m;

yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni – 3 915 ta;

doimiy aholisi soni (2024-yil -yanvar holatiga) – 2,9 mln kishi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining organlardagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541-yilligi bilan muborakbod etishdi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida bo‘lib, 3-sonli oilaviy poliklinikada patronaj xizmatini tashkil etish holati, belgilangan topshiriqlar ijrosi, amaliy ishlar natijasi bilan tanishdi.

Aholiga patronaj xizmati ko‘rsatish holati “Navshahar” mahallasidagi xonadonlarga borilgan holda o‘rganildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha “Zoom” platformasi orqali viloyatdagi soha mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, patronaj xizmatini sifatli tashkil etish vazifalari belgilab berildi.

Tashrif yakunida viloyat hokimi 11-sonli maktabida o‘quvchi yoshlar uchun tashkil etilgan “besh muhim tashabbus” doirasidagi tadbirlar hamda “Vatan tayanchi” a’zolarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyishida ishtirok etdi. O‘quvchilar bilan maktabdagi sharoitlar, ta’lim jarayonlari haqida suhbatlashdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1874

#Surxondaryo #tibbiyot #maktab

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
⚡️ Ijtimoiy roliklar tanlovi e’lon qilinadi

Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘limi va Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi hamkorligida yoshlar o‘rtasida Vatanparvarlik ruhini yuksaltirish, o‘zi yashab kelayotgan joyga muhabbatini oshirish, sog‘lom ma’naviy muhitni targ‘ib qilish maqsadida hamda Surxondaryo viloyati tashkil etilganligining 83 yilligi munosabati bilan kreativ ijtimoiy roliklar tanlovi e’lon qilinadi!

Ijtimoiy roliklar tanlovi uch yo‘nalishda o‘tkaziladi:
Vatanparvarlik yo‘nalishida;
Ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish yo‘nalishida;
Surxondaryo viloyatining go‘zal va diqqatga sazovor joylari yo‘nalishida;


Ijtimoiy roliklarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
1️⃣ Ijtimoiy rolik qisqa (2 daqiqagacha) bo‘lishi;
2️⃣ Mazmuni jihatdan Ona Vatanga muhabbat, birinchi galda har bir muallifning o‘zi yashab kelayotgan hududning o‘ziga xosligini ochib berish;
3️⃣ Yoshlar o‘rtasida ma’naviy muhitni yaxshilashdagi mavjud muammolarni aniq, lo‘nda, sodda tilda ko‘rsatib berish;
4️⃣ Surxondaryo viloyatining diqqatga sazovor joylari, urf-odatlari, chekka-olis hududlaridagi hayot tarzini ko'rsatib berish;
5️⃣ Kreativ yondashuvlarga asoslangan bo‘lishi;
6️⃣ Kamida HD formatda bo‘lishi.

Ijtimoiy roliklar viloyat komissiyasi tomonidan joriy yil 15-fevraldan 1-martgacha qabul qilinadi.

Roliklar komissiya a’zolari, jamoatchilik faollari, tajribali jurnalist va blogerlar ishtirokida ko‘rib chiqiladi. G‘oliblar 2024-yil 6-mart kuni Surxondaryo viloyati tashkil etilganligining 83 yilligi arafasida e’lon qilinadi.

Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanishadi:
🥇-birinchi o‘rin – 10 mln so‘m;
🥈-ikkinchi o‘rin – 5 mln so‘m;
🥉-uchinchi o‘rin – 3 mln so‘m.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar tayyorlagan roliklari hamda o'zlari haqida qisqacha ma'lumotlarni quyidagi manzillarga yuborishlari so'raladi:
elektron pochta;
rmmmsb@gmail.com

Telegram raqamlar:
(99893) 239 00 95;
(99891) 900 09 96.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
Termizda arxeologiya va madaniy merosni asrash masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi

Arxeologiya va madaniy merosni asrash borasida O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligining 35 yilligi hamda “Janubiy O‘zbekiston qadimiyotlari” albomining nashr etilganiga 33 yil to‘lishi munosabati bilan 2024-yil 15-16-fevral kunlari Termizda ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Tadbir Madaniy meros agentligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Yaponiyaning Soka universiteti, Termiz arxeologiya muzeyi hamda Termiz davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha hududiy Kengash raisi, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida maktab ta’limi sohasini rivojlantirishdagi mavjud muammolar, yo‘l qo‘yilgan xatolar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan videoselektor o‘tkazildi.

Unda hududlardagi o‘rganish natijalari tahlil qilindi. Ayrim maktablarda ta’lim-tarbiya ishlari to‘g‘ri tashkil qilinmaganligi, “Otalar yig‘ilishi” va “Otalar qabul kuni” kabi tadbirlar nomiga o‘tkazilib, o‘quvchilar ta’limiga yetarlicha e’tibor qaratilmayotganligi qayd etildi.

Mas’ullarga o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini olib borish, darslarga munatazam qatnashmayotgan o‘quvchilarni mashg‘ulotlarga jalb qilish, ta’lim sifati past bo‘lgan maktablarda seminarlar o‘tkazish hamda “Otalar yig‘ilishi” va “Otalar qabul kuni” tadbirlarini sinflar kesimida tashkil etish vazifasi topshirildi.

Shuningdek, maktab va bog‘chalarda autsorsing xizmati ko‘rsatish borasidagi xato va kamchiliklarni barataf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1875

#Surxondaryo #maktab #talim #tarbiya

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter