Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | Yarim sotix yerdan 50 million so‘mgacha daromad topish tajribasi

🪴 Termiz shahrida gulchilik bilan shug‘ullanadigan oila haqida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
26-yanvar — Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni

2018-yil 22-dekabrdagi Qonun bilan 26-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni etib belgilangan.

Bojxona mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini ta’minlovchi muhim sohalardan biridir. Aynan bojxona xodimlarining fidoyi va jonkuyar mehnati tufayli yurtimizning import-eksport siyosati amalga oshiriladi, olib kirilayotgan tovarlar xavfsizligi nazorat qilinadi, mamlakat budjetiga halol mablag‘ tushumi va davlatimizning xalqaro obro‘si yuksakligi ta’minlanadi.

Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan soha fidoyilarini samimiy muborakbod etib, sharafli va mashaqqatli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Surxondaryo viloyati hokimligi jamoasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida turar-joylar va oliy ta’lim muassasasi binolarining qurilishi hamda “Yangi O‘zbekiston” bog‘ini bunyod etish ishlarining borishi bilan tanishdi.

Tanishuv davomida viloyatdagi yirik qurilish kompaniyalari va sohadagi tadbirkorlar bilan Xitoy investorlarini jalb qilgan holda amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish hamda taqdimotga tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, zarur qurilish materiallari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shundan so‘ng, viloyat hokimi – harbiy-ma’muriy sektor rahbari Mudofaa ishlari boshqarmasi binosida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
📢 “Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yilgi ilk mavsumiga 1-fevraldan start beriladi!

2024-yil 2-mavsum muddatlari:
🔹 taklif kiritish – 1-fevraldan 20-fevralgacha;
🔹 loyihalarni saralash – 21-fevraldan 11-martgacha;
🔹 ovoz berish – 12-martdan 31-martga qadar davom etadi.

💰Ushbu mavsum uchun tuman (shahar) mahalliy budjetlaridan 3 trln so‘m dan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi!

☝️Eslatma: Joriy yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1 mlrd 360 mln so‘m etib belgilanadi.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qiziriq tumanida harbiy-Vatanparvarlik festivali o‘tkazildi

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va tuman hokimligi hamda boshqa organlar hamkorligida o‘tkazilgan festival doirasida harbiylarning chiqishlari, konsert tomoshalari va yoshlar o‘rtasida turli sport musobaqalari tashkil etildi.

G'oliblar festival tashkilotchilarining diplom va esdalik sovg‘lari bilan taqdirlanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Viloyat hokimi huzurida 2024-yilda moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish hamda turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar taqdimoti o‘tkazildi. Unda joriy yilda belgilab olingan rejalar, yangi loyihalar va qo‘shimcha imkoniyatlarni ishga solgan holda tarmoqlarni rivojlantirish yuzasidan axborot berildi.

Soha va tarmoqlar hamda tashkilotlar kesimida o‘z yechimini kutayotgan muammo va kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilib, istiqboldagi vazifalar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab berildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1796

#Surxondaryo #taqdimot #rejalar #vazifalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov vohamizga tashrif buyurgan Vengriya elchisining xalqaro iqtisodiy aloqalar bo‘yicha maslahatchisi Yanosh Vanik hamda “HUNBAS” kompaniyasi direktori Jozef Kovachni qabul qildi.

Surxondaryo viloyati bilan Vengriyaning Chongrad-Chanad viloyati bilan hududlararo o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Vengriyaning baliq yetishtirishdagi ilg‘or tajribasini jalb qilgan holda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1797

#Surxondaryo #Vengriya #HUNBAS #Chongrad #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Shtabning navbatdagi muhokamasi avvalida Sariosiyo tumanidagi bir nechta mahallaning elektr ta’minotida sodir bo‘lgan uzilish holatiga to‘xtalib, holatga beparvolik bilan qaragan mas’ullar faoliyati qattiq tanqid qilindi. Soha va hudud rahbariga zudlik bilan joyiga yetib borib, muammoni hal etish topshirig‘ini berdi.

Mutasaddi boshqarmalarga Xitoy investitsiyalarini jalb qilish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish, har bir loyiha taqdimotini Xitoy tilida tayyorlash vazifasi topshirildi. Shuningdek, mahalla idoralari binolarining qurilishi, obodonlashtirish, ekilgan daraxt ko‘chatlarini sug‘orish hamda parvarishlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab berildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1800

#Surondaryo #shtab #muhoma #vazifalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri Alisher Navoiy ko‘chasidagi yo‘lni rekonstruksiya qilish ishlarining borishi bilan tanishdi.

Ko‘cha bo‘ylab infratuzilmani yaxshilash, yo‘llarda avvalo piyodalar uchun qulaylik yaratish, xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, renovatsiya qilinishi kerak bo‘lgan ko‘p qavatli uylar holati ham ko‘zdan kechirilib, mutasaddilarga ishlarni qisqa fursatlarda boshlash, ta’mirlash ishlarini tizimli olib borish vazifasi topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sariosiyo tumanida harbiy-Vatanparvarlik festivali o‘tkazildi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat hududiy boshqarmasi, tuman hokimligi hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan festival doirasida yoshlar bilan uchrashuv, harbiy qurol-aslahalar ko‘rgazmasi va yoshlar o‘rtasida turli sport musobaqalari tashkil etildi.

O‘ttizdan ortiq yoshlarga o‘zini o‘zi band qilishi uchun jihozlar topshirildi.

Sport musobaqalari g‘oliblari festival tashkilotchilarining diplom va esdalik sovg‘lari bilan taqdirlanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

🔹Uzun tumani hokimligi: Qishloq va suv хo'jaligi majmuasi bosh mutaхassisi;

🔹Uzun tumani hokimligi: “Yangi ro'zg'or” mahallasida hokim yordamchisi;

🔹Bandixon tumani irrigatsiya bo‘limi: boshlig'i;

🔹Agroinspeksiyaning Termiz tumani bo'limi: Teхnika holatini nazorat qilish bo'yicha bosh mutaхassisi;

🔹Agroinspeksiyaning Termiz tumani bo'limi: Paхta хom ashyosi, don, urug'lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish bo'yicha bosh mutaхassisi;

🔹Agroinspeksiyaning Denov tumani bo'limi: Qishloq хo'jaligida agroteхnik tadbirlar o'tkazilishini nazorat qilish bo'yicha bosh mutaхassisi;

🔹Qumqo'rg'on tumanidagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: Ijtimoiy хizmatlarni tashkillashtirish bo'yicha mutaхassisi (operator);

🔹O‘simliklar karantini va himoyasi Jarqo'rg'on tuman bo'limi: boshlig'i;

🔹Surxondaryo viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi Angor tumani bo'limi: Kasallik zarakunanda хashorot va begona o'tlar tarqalishini prognoz qilish bo'yicha yetakchi mutaхassisi;

🔹Surxondaryo viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi: Yuristkonsulti;

🔹Uzun tumani hokimligi: “Yangi hayot” mahallasida hokim yordamchisi;

📆 Arizalar 30.01.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun telefon:
☎️ +99876 223 51 42

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter