Surxondaryo viloyati hokimligi
25K subscribers
30.1K photos
2.98K videos
1 file
13.3K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Inson qadri uchun: Surxondaryo viloyatida soha va tarmoqlarda amalga oshirilgan ishlar tafsilotlari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
⚡️Tadbirkorlardan 8 turdagi hisobotlarni talab qilish bekor qilindi

Prezident qarori bilan 2024-yildan o‘zaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud bo‘lgan 8 turdagi hisobot va statistik ma’lumotlarni tadbirkorlardan talab qilish bekor qilinadi.

📑 Tadbirkorlar tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik ma’lumotlarning yagona ro‘yxati tasdiqlandi.

📁 Unga ko‘ra, hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.

2026-yil 1-yanvargacha “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti” orqali hisobotlarni shakllantirish va davlat organlariga taqdim etish uchun yagona hisobotlar tizimi joriy qilinadi.

📆 Hisobotlarni topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

2026-yil 1 yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – ixtiyoriy;
2027-yil 1-yanvardan kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari uchun – majburiy;
2028-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – majburiy.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
📣 Boysun tumanida havo sharlari uchiriladi

Surxon vohasining turizm salohiyatini dunyoga yanada tanitish, yangi yo‘nalishlarni targ‘ib qilgan holda sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Turizm qo‘mitasi tomonidan Boysun tumanidagi “qizil konyon” hududida joriy yil 18-19-yanvar kunlari havo sharlari uchiriladi.

Shuningdek, tadbir doirasida OAV vakillari hamda blogerlar uchun info-tur ham tashkil etiladi.

Barcha qiziquvchilar, OAV vakillari hamda blogerlarni joriy yil 18-yanvar kuni soat 8:00 dan boshlanadigan tadbirga taklif etamiz.

Keling va betakror tabiat manzaralarini havo sharlarida tomosha qilib, zavq oling!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

▪️Termiz tumani madaniyat bo‘limi: mudiri;

▪️Bandixon tumani madaniyat bo'limi: mudiri;

▪️ O‘simliklar karantini va himoyasi Jarqo'rg'on tumani bo`limi: boshlig'i;

▪️Uzun tumani irrigatsiya bo‘limi: Suv resurslaridan foydalanish va dispechirlik хizmati shubasi mudiri;

▪️Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi: Suv resurslari, gidrometiriya va dispetcherlik хizmati sho'basi boshlig'i;

▪️O‘simliklar karantini va himoyasi Denov tumani bo'limi: kasallik zarakunanda хashorot va begona o'tlar tarqalishini prognoz qilish bo'yicha yetakchi mutaхassisi;

▪️Boysun tumani hokimligi: Boysun tumani hokimligi sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal хo'jalik masalalari majmuasi bosh mutaхassisi;

▪️Suv xoʼjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi: Suvdan foydalanish va suv istemolini hamda irrigatsiya tizimi va sug'orish tarmoqlaridan foydalanishni nazorat qilish bo'limi bosh inspektori;

▪️Surxondaryo viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi: Markazlashtirilgan buхgalteriya хizmati sho'basi Bosh mutaхassisi;

▪️Surxodaryo viloyati Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq- ovqat maxsulotlari xavfsizligi davlat markazi: Umumiy bo'lim mutaхassisi;

❗️Arizalar 13.01.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Yil sarhisobi: Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

Surxondaryo viloyatida 2023-yilda bandlik dasturi asosida 412 mingdan ortiq ishsizlarning bandligi ta’minlandi va yil davomida 142,3 mingta doimiy ish o‘rinlari yaratildi.

Yil davomida 4 130 ta yangi kichik biznes subyektlari tashkil etildi hamda tadbirkorlik faoliyati uchun jami 2,7 trln so‘mdan ortiq kredit mablag‘lari yo‘naltirildi.

Xususan:
41,1 mingdan ortiq xonadonga oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 890,1 mlrd so‘m imtiyozli kredit;
5,3 ming fuqaroga 20,4 mlrd so‘m subsidiya;
14,9 ming nafariga 8,1 ming gektar yer maydoni ajratildi;
15 mingga yaqin ishsizlar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitildi.

Mahallalarda 9 ta mikromarkaz ishga tushirilishi natijasida 1 241 ta ish o‘rinlari yaratildi. 131,7 ming fuqaroni o‘zini-o‘zi band qilish orqali bandligi ta’minlandi.

Foto: Sherobod tumanida 150 o‘rinli mikromarkazning foydalanishga topshirilish jarayoni

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | 2 sotix issiqxonadan 10 million so‘mgacha daromad olayotgan surxondaryolik oila

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Al-Hakim At-Termiziy majmuasi

Ilm-fan tamadduniga munosib hissa qo‘shgan buyuk allomalar zamini Surxon vohasida, Amudaryo qirg‘oqlarida bobokalonimiz Al-Hakim at-Termiziy qabri joylashgan.

Muhammad ibn Ali Abu Abdalloh Al-Hakim at-Termiziy (824-892) – so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan, hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. 

Al-Hakim at-Termiziy diniy va dunyoviy ilmlarni chuqur egallab, 400 dan ortiq asar yozgan. Bu asarlardan 50 tasigina bizgacha yetib kelgan, xolos. Ayniqsa, uning “Navro‘znoma” asari juda mashhur.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida elektr ta’minotini uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurib, yangi loyihalar taqdimoti, ekoturizm maskani, qishloq xo‘jaligi yerlarini shudgorlash va ariqlarni betonlash, “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish ishlarining borishi, “Yangi O‘zbekiston” massivida uy-joylar qurilishi va xonadonlarning isitilishi bilan tanishdi.

Tashrif davomida tuman sektor rahbarlarining sohalarni raqamlashtirish, “IT” xizmatlar eksporti va boshqa masalalar yuzasidan hisobotlari va kelgusidagi rejalari tinglandi. Mutasaddilarga tarmoq va sohalarni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha yangi vazifalar topshirildi.

Batafsil: https://www.surxondaryo.uz/blog/1768

#Surxondaryo #taqdimot #loyihalar #Manaviyatsektori #kommunal

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Dastlab, “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilib, Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz yod etildi.

“San’at saroyi” majmuasida o‘tkazilgan tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi – Harbiy-ma’muriy sektor rahbari Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi hamda bir guruh Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarda xizmat qilayotgan xodimlarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Termiz shahridagi “Grand Almaz” tantanalar saroyida, to‘kin dasturxon atrofida davom etgan bayram tadbirida Qurolli Kuchlar orkestr va ansambl jamoalari va viloyat Madaniyat boshqarmasi san’atkorlari ishtirokidagi konsert dasturi osoyishta yurt posbonlariga bayram kayfiyatini ulashdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1769

#Surxondaryo  #Qurollikuchlar  #Vatanhimoyachilari  #harbiy

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter