A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
137K subscribers
4.64K photos
948 videos
94 files
3.3K links
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇯🇵Xalq taʼlimi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti delegatsiyasi Yaponiyaga rasmiy safarining ikkinchi kunida Tsukuba shahridagi maktab o‘qituvchilari va xodimlarini rivojlantirish milliy instituti (National Institute for School Teachers and Staff Development)ga tashrif buyurib, institut rahbari Oji Masahiro va institutning professor-xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Batafsil👉https://avloniy.uz/uz/press-center/news/369

❗️A.Avloniy nomidagi milliy -tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring 👇👇

Telegram |Facebook |Website|YouTube
#xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇯🇵Yaponiyada o‘quvchilar yettinchi sinfdan boshlab taʼlim olish jadvalini o‘zlari belgilaydi

Ayni paytda Yaponiyada rasmiy xizmat safari bilan bo‘lib turgan Xalq taʼlimi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rahbari Ayubxon Radjiyev Ibaraki prefekturasi, Tsukuba shahrida joylashgan Gakuennomori Majburiy taʼlim maktabida (Gakuennomori Compulsory Education School) bo‘lib, u yerdagi taʼlim jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Batafsil👉 https://avloniy.uz/uz/press-center/news/370

❗️A.Avloniy nomidagi milliy - tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring 👇👇

Telegram |Facebook |Website|YouTube
#xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇯🇵 Maktab direktori lavozimiga tayinlash va sertifikatlash: Yaponiyada navbatdagi uchrashuv

Xalq taʼlimi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori Ayubxon Radjiyev Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning Tokyodagi markaziy binosiga tashrif buyurdi.

Agentlikning Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi diviziyasi rahbari Tosaka Sota, Sharqiy hamda Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi bo‘limi direktorining o‘rinbosari Mishima Kenji, Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limi direktori Chujo Yoshihiko bilan uchrashdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad Markaziy Osiyoda taʼlim yo‘nalishida eng yirik, uzoq muddatga, yaʼni, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan katta loyihani hamkorlikda amalga oshirishni kelishishdan iborat edi.

Batafsil👉 https://avloniy.uz/uz/press-center/news/372

❗️A.Avloniy nomidagi milliy - tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring 👇👇

Telegram |Facebook |Website|YouTube
#xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🤝🇯🇵Yaponiyadagi xizmat safari yakunidagi hamkorlik kelishuvi

Rasmiy tashrifning uchinchi kuni Xalq ta'limi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori A.Radjiyev Digital Knowledge Co. Ltd. tashkiloti vakillari bilan ko'rishdi.

Ushbu uchrashuvda tomonlar asosiy masala sifatida Tsukuba universiteti va JICA hamkorlik agentligi tashkiloti qo'llab-quvvatlovi ostida umumta'lim muassasalari direktor xodimlarini lavozimiga tayinlash, o'qitish va sertifikatlash loyihasini bosqichma-bosqich amalga oshirish muhokama etildi va o'zaro hamkorlikda qilinadigan ishlar kelishib olindi.

Loyiha doirasida Digital Knowledge Co. Ltd. kompaniyasining resurslaridan foydalanishga, kompaniyaning ta’lim kurslarini yaratishdagi raqamli texnologiyalar va sun’iy aql bo‘yicha tajribasidan keng foydalanishga kelishib olindi.


❗️A.Avloniy nomidagi milliy - tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring 👇👇

Telegram |Facebook |Website|YouTube
#xalqaro_hamkorlik

Institutda AQSH va Buyuk Britaniya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Buyuk Britaniya “York Press” nashriyotining taʼlim bo‘yicha konsultanti Maggiye Makhlouf hamda “National Geographic learning” tashkilotining tijoriy departament rahbari Jonatan Koksal A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi.

Institutda o‘tkazilgan uchrashuvda mehmonlar institut faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. So‘ngi yillarda olib borilgan islohotlar, ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar haqida to‘xtalib, ishlab chiqilgan "Uzluksiz kasbiy taʼlim" va STesting platformasi to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi. Platformalardagi kontentlar hamda qulayliklar ko‘rsatib o‘tildi.

Uchrashuv davomida “York Press” va “National Geographic learning” vakillari institut xodimlarini o‘z tashkilotlari faoliyati bilan tanishtirib, taqdimot o‘tkazdilar.

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring 👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
#Xalqaro_hamkorlik
#UNICEF

Bugun vazirligimiz tomonidan UNICEF hamda Ta'lim bo‘yicha global hamkorlik tashkiloti (GPE) bilan birgalikda tashkil etilgan “Mahalliy ta'lim guruhi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

❗️Unda xalqaro va mahalliy mutaxassislar bilan birga 2023–2026-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi ta'lim sohasini isloh qilishning Milliy yo‘l xaritasi (National Compact)ni ishlab chiqish jarayonlari haqida so‘z yuritdik.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, so‘nggi yillarda Davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizda ta'lim sohasini rivojlantirish maqsadida katta islohotlar amalga oshirilmoqda.

✔️Biz zamonaviy ko‘nikmalarga ega, kreativ fikrlaydigan, keng dunyoqarashli yangi avlodni tarbiyalashni maqsad qilib oldik va ushbu maqsadga erishish uchun barcha kuch, bilim, sharoit va imkoniyat safarbar etamiz.

⚡️Ta'lim sohasini isloh qilishning Milliy yo‘l xaritasini ishlab chiqish jarayoni xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ta'lim islohoti dasturini amalga oshirish yo‘lidagi birinchi qadamdir.

Umid qilamanki, yurtimizdagi ta'lim tizimini yanada isloh etishda bu kabi ko'plab loyihalar ustida birgalikda ishlaymiz. Maqsadimiz bitta - yoshlarimizning jahon standartlariga mos ta'lim olishlarini ta'minlashdir.
_______
📌Ma'lumot o'rnida, bugun maktabgacha va maktab ta'limi tizimida salkam 40 mingta ta'lim tashkilotlarida 8,4 million nafar farzandlarimizga 700 ming nafarga yaqin pedagog xodimlar ta'lim va tarbiya berib kelmoqda.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️⚡️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan ingliz tilini o'qitish va o'rganish sohasidagi barcha xalqaro mahalliy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi "English Reform Steering Group"ning navbatdagi uchrashuvi A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot institutida bo'lib o'tdi.

🔰Unda O'zbekistondagi Amerika elchixonasi, Xalqaro ta'lim bo'yicha Amerika kengashlari (American Councils), O'zbekistondagi Buyuk Britaniya kengashi (British Council), Respublika ta'lim markazi, Davlat test markazi va Norvich til ta'limi instituti (NILE) vakillari ishtirok etdi.

🔺Ushbu uchrashuvda hamkor tashkilotlar tomonidan ingliz tilini umumta'lim maktablarida o'qitish va o'rganish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi hamda umumta'lim maktab ingliz tili o'qituvchilarining hozirgi kundagi faoiliyati va o'sishi (карьерный рост) bo'yicha loyiha amalga oshirishga kelishib olindi.

Ma'lumot uchun:"English Reform Steering Group" O'zbekistondagi Britaniya Kengashi (British Council) tomonidan yuritiladi.

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro hamkorlar bilan taʼlim sifatini oshirish imkoniyatlari muhokama etilmoqda

🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan UNICEF, Ta'lim bo‘yicha global hamkorlik tashkiloti (GPE) hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 2023-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida taʼlim islohotlarini muvofiqlashtiruvchi "Hamkorlik to‘g‘risidagi milliy kelishuv"ni ishlab chiqish yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda vazirning birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxodjayev, UNICEFning Ta’lim sektori rahbari Alberto Biankoli, Taʼlim boʻyicha global hamkorlik tashkilotining mamlakat guruhi rahbari Lina Benet va boshqa bir qator tashkilotlar vakillari ishtirok etishmoqda.

Mazkur tadbirdan ko'zlangan maqsad:

▶️Taʼlim sifatini oshirish imkoniyatlarini va kamchiliklarni aniqlash orqali yakuniy xulosalar chiqarish;
▶️Hamkorlik toʻgʻrisidagi milliy kelishuv” hujjatida aks etuvchi tizimli islohotlar, ularni amalga oshirish mexanizmlari va investitsiyalarning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash;
▶️Hamkorlik toʻgʻrisidagi milliy kelishuv”ning tarkibiy tematik yoʻnalishlari boʻyicha indikatorlarni ishlab chiqishdan iborat.

📅Davra suhbati ikki kun davom etadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️ ISLOM TARAQQIYOT BANKI MAKTABLARNI QURISH VA TA’MIRLASHGA MABLAG’ AJRATISHI REJALASHTIRILMOQDA

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Islom Taraqqiyot Banki Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasi ta’lim sho‘basi rahbari Muhammad Mirzai Kahagi, Ta'lim uchun global hamkorlik (GPE) tashkilotining hududiy rahbari Lina Benete hamda UNICEF tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammedzade bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Islom taraqqiyot banki tomonidan ajratilishi rejalashtirilayotgan mablag‘dan foydalanishda asosiy vazifalar hamda rejalarni belgilab olishdi.

❗️Muzokaralar natijasiga ko‘ra, Islom taraqqiyot banki tomonidan ta’mirtalab maktablarda ta’mir ishlarini amalga oshirish, yangi maktablar va sportzallar qurishga mablag’ ajratilishiga kelishib olindi.

Mazkur soha uchun GPE tomonidan ham qo‘shimcha mablag’ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

📌Ma'lumot uchun, hozirgi kunda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 10104 ta maktablar jami 5,2 million o‘quvchi o‘rniga ega bo‘lsa-da, amalda ushbu maktablarda 6,3 million o‘quvchi tahsil olmoqda.

Hozirda ta’mirtalab maktablar soni 1250 tani tashkil etadi.
#xalqaro_hamkorlik

🔼Rossiya taʼlim akademiyasining Taʼlimni rivojlantirish strategiyasi instituti tomonidan institut tashkil topganligining 100 yilligi munosabati bilan “Axborot asrida taʼlim” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.

🌐Ushbu konferensiyada Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Belarus Respublikalari kabi davlatlarning ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari hamda xalqaro ekspertlari taqdimotlar bilan ishtirok etdilar.

✔️Mazkur konferensiyada A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti ham “Raqamli taʼlim: kecha va bugun” mavzusidagi taqdimoti bilan ishtirok etib, institutning so‘ngi yillarda raqamli taʼlim yo‘nalishida erishgan natijalari bilan tanishtirildi.

📊Xalqaro hamkorlar A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida ijobiy fikr bildirdilar.

🛍Ishtirokchilar "onlinedu.uz", "maktab.uz" va "ntr.Avloniy.uz" platformalarimizga katta qiziqish bildirib, ushbu taʼlim tajribasini o‘z taʼlim tizimlarida ham joriy etishlari mumkinligini taʼkidlab o‘tdilar.

🔼Konferensiyada xorijiy hamkasblar tomonidan taʼlimga oid xalqaro tajribalar bo‘yicha qiziqarli va foydali maʼlumotlar berib borildi. Tadbir so‘ngida kelgusida shunday xalqaro konferensiyalarni tez-tez tashkil etib turish, hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish haqida mulohazalar bildirildi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rahbariyati hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda JICAning O'zbekistondagi vakolatxonasidan loyihalarni shakllantirish bo'yicha maslahatchisi Sato Hidemi, vakolatxona mutaxassisi Valiyeva Dilorom ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar birgalikda oxirgi 2 yil mobaynida olib borilgan ishlar, jumladan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamkorligida olib borilayotgan “Oʻzbekistonda Yaponiya uslubidagi akademik yutuqlar test modelini joriy etish” loyihasining yakuniy bosqich natijalari, loyiha doirasida erishilgan yutuqlar va kelajakdagi rejalar haqida soʻz bordi.

Uchrashuv yakunida tomonlar "Oʻzbekistonda Yaponiya uslubidagi akademik yutuqlar test modelini joriy etish” loyihasini davom ettirish masalalarini ko'rib chiqib, maktablarda malakali va bilimli mutaxassislarni saqlab qolish va kuchli yosh kadrlarni oʻqituvchilik faoliyatiga jalb etishga qaratilgan yana bir yangi loyihani ishlab chiqishga hamda ushbu loyihani JICA tashkilotiga moliyalash uchun taqdim etishga kelishib oldilar.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

O’zbekiston va Singapur Ta’lim vazirliklari o’rtasida o’zaro
hamkorlik masalalari muhokama qilindi

🔴 Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Sardor Rajabov boshchiligida Singapur davlatida bo'lib turgan vazirlik delegatsiyasi vakillari Singapur Ta'lim vazirligida bo'lishdi.

Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim sifatini yaxshilash, ta'limda ilg’or tajribalarni qo’llash, shu jumladan kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish masalalarini muhokama qilishdi.

✔️Shuningdek, vazirlik delegatsiyasi vakillari Singapurning National Institute of Education (Milliy Ta'lim Instituti) da bo‘lib, amaldagi pedagoglar malakasini oshirish yuzasidan taqdimot qilishdi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida:

malaka oshirish tizimi hamda o’quv dasturlari va kontentlarni takomillashtirish,
ta’lim berish sifatini yaxshilash va boshqa yo’nalishlarda hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🤝🇺🇸
A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori A.Ismailov AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) vakillari Todd Drummond, Kate Lapham, Alice Michelazzi, Michel Rousseaular bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlarining natijalari tahlillarini chuqurlashtirish, ta’lim tizimini yaxshilash uchun takliflar ishlab chiqish, shuningdek, mazkur tadqiqotlar tamoyillari asosida milliy baholash tizmini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

USAIDning "Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasi doirasida boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish, maktablarda inklyuziv ta’limni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha o‘zaro kurslar va о‘quv rejalarining ishlab chiqilishi, o‘zaro hamkorlikda qilinadigan ishlar muhokama qilindi.

💬Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

🚀
Telegram | 🔵Facebook
🎬
YouTube   |  📷Instagram
#yangiliklar
#xalqaro_hamkorlik
#Ozarbayjon

Baku shahrida hamkorlik memorandumi imzolandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari S.Radjabov boshchiligidagi delegatsiyaning Bakuga tashrifi doirasida А.Аvloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori А.Ismailov Ozarbayjon Respublikasi Taʼlim institutida bo‘lib, faoliyati bilan tanishdi.

Ozarbayjon Respublikasi Taʼlim instituti rektori Аliyev Elnur Gazanfar o‘g‘li bilan uchrashuv o‘tkazib, ikki tomonlama hamkorlik masalalari bo‘yicha fikr almashdi.

Xususan, maktab rahbarlari salohiyatini rivojlantirish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, o‘quv-uslubiy taʼminotni yaxshilash, shuningdek, baholash natijalaridan rivojlanish maqsadlarida foydalanishda tajribalar almashish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv so‘ngida ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.

💬Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring


🚀
Telegram | 🔵Facebook
🎬
YouTube | 📷Instagram
#xalqaro_hamkorlik

Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga Birlashgan Arab Amirligining Amirliklar milliy maktablari bosh direktori Ahmed Al Bastaki va Singapurning Times Publishing Group bosh direktori Peng Yim Siew tashrif buyurdi

Ushbu tashrif O’zbekistonda ilk bora o’tkazilayotgan Markaziy Osiyo Universitetlari forumi doirasida amalga oshirildi.

Mehmonlar institutda bo‘lib, yangi bino, Axborot-resurs markazi, Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi, videodarslarni tasvirga olish media studiyasi va o‘quv xonalaridagi sharoitlar bilan tanishdilar.

Malaka oshirishga kelgan pedagoglar uchun tashkil etilgan zamonaviy sharoitlarga ega mehmonxona hamda STEAM laboratoriya markazi mehmonlarda katta qiziqish uyg’otdi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

#Koreya

✔️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi delegatsiyasi tarkibida A.Avloniy nomidagi milliy institut prorektori ham Koreya Respublikasida bo‘lib turibdi

🔹Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi delegatsiyasi Janubiy Koreya Respublikasida bo‘lib, malaka oshirmoqda.

🔹Bunda STEAM laboratoriyalarni tashkil etishda, pedagog kadrlar malakasini oshirishda, rahbar kadrlarni tayyorlashda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodikalarni joriy etish, shuningdek, oliy taʼlimda maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachilarini o‘qitish dasturi, tarbiyachilarning malaka oshirish dasturi va taʼlim dasturi, bog‘cha va maktabdagi boshlang‘ich taʼlimning o‘zaro hamkorligi borasida tajriba almashish ko‘zda tutilgan.

🔹Uchrashuvlar doirasida seminar-treninglar hamda ochiq muloqotlar ham o‘tkazilmoqda. Delegatsiyasining Koreya Respublikasiga safari davom etmoqda.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM