A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
135K subscribers
4.36K photos
907 videos
89 files
3.2K links
Download Telegram
#Vazir_soati

Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlari malakasini oshirishning yaxlit tizimi yaratiladi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida sohaga doir qator masalalarga bag‘ishlangan “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi.

Xususan, “maktab–ota-ona–mahalla” tizimini joriy etish, yangicha o‘qitish va baholash uslubini qo‘shimcha 1 000 ta maktabda tashkil etish, poytaxtimizda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Markaziy Osiyo ta’limi forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

✔️Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir o‘rinbosarlari, vazirlik mas’ullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.

Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tar ekan, o‘tgan haftada Davlatimiz rahbariga ta’limi sifati hamda pedagoglar malakasini oshirish, adolatli baholash va rag‘bat tizimini takomillashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti qilinganligini aytib o‘tdi.

Qayd etilganidek, ta’lim sifatini oshirish, eng avvalo, pedagoglarning bilimi va malakasi bilan chambarchas bog‘liqdir.

Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlari malakasini oshirishning yagona va yaxlit tizimini joriy etishga qaratilgan tegishli qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, vazirlik huzuridagi A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti negizida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda hududlarda Pedagogik mahorat markazlari tashkil etilmoqda.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1661

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM