Avaz Ravshanov
1.95K subscribers
3 links
botin va zoxir rivojlanishi
Download Telegram
Rossiyada 98% ishchilar ishdan boʻshatishgacha bormasa rivojlanmoqchi emas

Britaniyada har 8 erkak rivojlanish tugul ishlamoqchi emas

xoʻsh, rivojlanish nega kerak?

rivojlanish - kerakli boʻlish uchun

keraksiz boʻlish - depressiya

depressiya - oʻlim, Shoushenkdan qochish filmidagi amaki singari

yaxshi mutaxassis yaxshi pul topadi

rivojlanish qiyinchiligiga chidasang, hayot qiyinchiliklari osonlashadi

shaxsiy rivojlanish eng yaxshi meros boʻladi

oʻzingdan chiroyli meros qoldir.

@AvazRavshanov_blog
16
ego bu kibr

kibr xatoni tan olmaydi

milliarder Ray Dalio instagram biosiga "professional xatokor" deb yozib qoʻyibdi

Charli Munger - "har yili eng yaxshi koʻrgan gʻoyamning bittasini yoʻq qilsam, ahmoqligimni kamaytirsam menga yetadi" deydi

Makkada hojilarga xizmat qilayotgan Shayxga qarang

Eynshteyn nisbiylik nazariyasini yaratganiga qaramay, hech qachon o‘zini boshqalardan ustun qo‘ymagan

"Meni kimligim emas, boshqalar uchun nima qilganim esda qoladi"
Muhammad Ali bu soʻzlari bilan kibrini sindirganligiga guvoh boʻlishimiz mumkun

nafsing bilan kurashib kamtarlikka intil
balki bir necha yuz yillardan keyin sen haqingda huddi shunday post yozilar.

@AvazRavshanov_blog
26
hayot aniq fan boʻlganida ishimiz oson bitardi

Paul Grem yosh va gʻayratlilarga startup boshla deb maslaxat beradi

30 yoshida millioner boʻlgan Huber eskicha biznes boshla deydi

Meksika chegarasidan hujjatsiz oshib oʻtib millioner investor boʻlgan Sanches esa oldin yaxshi oylikka ishla deydi

turli xil maslaxat olgan odam nima qiladi?
oʻziga qulayini oladi, hozirgi holatini tasdiqlaydiganini qiladi

ishonadigan odamlarimiz kimligini bilsak ularni maslahatini olib ketaveramiz

shuning uchun Scott Adams "oʻzingizga aqlli doʻst toping" deydi

Kimning maslahatini olsang – yoʻling shunga qarab shakllanadi. Aqlli doʻst tanla, toʻgʻri yoʻlni topasan.

@AvazRavshanov_blog
35
bulutlar bir necha yuz tonna bo‘lsa ham yengilgina uchib yuradi, chunki undan ham og‘ir havo uni ko‘tarib turadi – biz esa uni ko‘rmaymiz

buyuk ishlarni amalga oshirayotgan liderning ko‘zga ko‘rinmaydigan jamoasi bor

tez yuksalayotgan yigitning ommaga bilinmaydigan ustozlari bor

oddiydek tuyulgan jarayon ortida esa hech kim ko‘rmaydigan duolar turibdi

agar bulutning vazni havodan ortishni boshlasa, u yomg‘irga aylanadi

bizni ko‘tarib turganlarni unutadigan bo‘lsak, kun kelib bulut kabi yig‘laymiz.

@AvazRavshanov_blog
25
minimalizm bu cheklov emas!

ortigʻi bilan xarid qilma

reklamalar ta'siriga tushma

keraksizlar bilan suhbatlashma

samimiy va mazmunli munosabatlarni tanla

foydasiz bahsdan qoch

qimmat gadjetlarni emas, tajribalarni yigʻ

koʻp kiyimlar oʻrniga bir nechta sifatli, koʻp kitoblarni emas bitta kitobni diqqat bilan oʻqi

minimalizm bu cheklov emas, balki erkinlikdir.

@AvazRavshanov_blog
27
kechqurun koʻp yesang uyqing kelmaydi

uyqing kelmasa yana yeyaverasan

hazm qilishda muammo boʻladi

qandli diabet va gastrit xavfini oshirasan

iftor va saharlikda me'yorni bilish, tanaga rahm qilishdir

kun davomida savob yigʻib, tun davomida oshqozoningni qiynama

Ramazon muborak!

@AvazRavshanov_blog
27
xohishlar yuqadi

bilyard oʻynaydigan doʻstim bilan yursam mening ham oʻynagim kelib qoladi

kitob oʻqiydigan doʻst bilan yursam men ham kitobga qiziqa boshlayman

doʻstimning biznesi rivojlanib ketdi, men ham ish boshlashni xohlab qoldim

telefon olaman degandi mening ham olgim kelib qoldi

atrofimizdagilarni yaxshilaylik

doʻstlarimizning xohishi bizning maqsadimizga aylanishi mumkin.

@AvazRavshanov_blog
29
yoʻlakdagi tuvakni biroz oldinga surib gulni suvning yoʻliga toʻgʻirlaydi
bu vedioni koʻpchiligimiz koʻrganmiz

u shunchaki e'tiborliroq boʻldi xolos

musulmon e'tibor bermaydi, kichik xato qiladi va hamma musulmonlar yomonga chiqadi

texnik ishini kechiktiradi, nima boʻpti baribir kutadi deydi, e'tiborsizlik qiladi

oʻqituvchi darsga tayyorlanmay keladi va mavzuni tushuntirish oʻrniga bollarga baqiradi, bola butun umr shu fanni yomon koʻrib qoladi

e’tiborsizlik - mayda tuyulsa-da, katta oqibatlarga olib keladigan muammo.

har bir kichik ishda e’tiborliroq bo‘l
chunki katta ishlar aynan kichik ishlardan boshlanadi.

@AvazRavshanov_blog
26
...afzalroq

nima qilish haqida maslahat olgandan, nimadan qochish haqida maslahat olish

kimga uylanish haqidagi maslahatdan, kimga uylanmaslik haqidagi maslahat

qaysi ishlarni qilish haqidagi savoldan, qaysi ishni qilmaslikka boʻlgan javob

boylik soʻragandan, kambagʻallikdan panoh soʻrash

mashhurlik soʻragandan, sharmanda boʻlmaslik soʻragan afzalroq

@AvazRavshanov_blog
27
chidama

yonida yoʻq odam haqida suhbat ketadi, maqtalish bilan boshlanib yomonlash bilan davom etadi

yuziga aytolmaydi, ketidan ayamaydi

seni ham borib gʻiybatlamasligiga, sen ham borib gapirmasliginga kafolat bormi

vaqtim kam deydi

gʻiybat qilishni, eshitishni toʻxtatsak hamma narsaga yetarli vaqt topiladi

gʻiybatga chidama
soatlab vaqting tejaladi.

@AvazRavshanov_blog
8
yolgʻiz qolganingdagi oʻzing oʻzinga qiziqmi?

qariguningcha oʻzinga qiziq boʻlmasang katta ehtimol bilan sifatsiz yashagan hisoblanasan

tashqi holating ichkisidan ustun kelolmaydi

oʻzinga qiziq boʻlmasang oʻzgalar hayoti seni qiziqtiradi

oʻzinga oʻzing qiziq boʻl,
oʻqi, yoz, kundalik tut, tafakkur qil, bahslash

oʻz oʻzini qiziqtirish yolgʻizlik emas, balki oʻzini kashf qilishdir

sen oʻzinga qiziqmasang,
boshqalar nega qiziqishi kerak?

@AvazRavshanov_blog
7
qoch

hech kim bir umri davomida hamma narsani oʻrganolmaydi

ham ishi haqida soʻzlaydi

bir millat vakili bilan suhbatlashib, butun millatga xulosa beradi

ham toʻgʻri yashashni
ham yurtimizga qilinishi kerak boʻlgan ishlar haqida valdiraydi

bunaqalardan qochish kerak

kimnidir gaplarimi bu deb soʻrasangiz
"yoʻq mustaqil fikrim" deydi

oʻzini aldayapti
oʻzini aldagan seni ham aldaydi

@AvazRavshanov_blog
7
bo’lishish payti kelmadimi?

xursand bo’lishning eng tez usuli - boshqalarni xursand qilish.

pulga baraka kiritishni sinalgan usuli - ehson qilish. (57-11)

oʻrganishning oson usuli - kamroq biladiganlarga o’rgatish (Feynman)

ishxonada oylikni ko’paytirishni yagona usuli - ko’proq pul keltirishni boshlash.

nimadur yetishmayaptimi? oʻylab ko’ring, o’sha narsani bo’lishish to'xtab qolmadimi?

berishni o’ylasangiz, olish haqida o’ylashga hojat qolmaydi.

@AvazRavshanov_blog
6
hakam

haydovchilar radarga qarab
bokschilar hakam toʻxtatmaguncha
imtihonda koʻchirishdan kuzatib turgan hakam toʻsib turadi

hakam harakatning chegarasi borligini bildiradi

chegaralar doimiy boʻladi agarda hakam ichkarida boʻlsa

hakami tashqaridagilar
odamlarga yoqish uchun harakatlarini, fikrlarini prinsiplarini qoʻrbon qilishadi

ichuvchilar davrasida ichib qoʻyadi
bekorchilar davrasida gʻiybatga qoʻshiladi
yomon koʻrinmaslik uchun yolgʻon gapiradi ham

hakami tashqarida boʻlgan qizlar qosh teradi, tor kiyinadi, koʻp boʻyanadi

qosh terish ogʻritadi, tor kiyim noqulay boʻladi, uzoq boʻyanish vaqt oladi

bugun odamlarga yoqish uchun ogʻriq, noqulaylik, vaqtni isrof qilayotganlar kelajakda odamlarga yoqish uchun erga yoqishni ham qurbon qilish ehtimoli katta

odamning dili pok boʻlishi mumkin deysizmi?
boʻlmasligi ham mumkun

Sakandariy hazratlari aytganlar: tashqari ichkarining belgisi.

@AvazRavshanov_blog
26
sen panjara ortida emassan

shu bilan bir qatorda ozodman ham deyolmaysan

sen ozodlikdagi qulsan

Ibn Al-Arabiy aytganidek "Haqiqiy ozodlik oʻz nafsingdan ozod boʻlishingdadir''

ijtimoiy tarmoqlarga qaramsan,
oʻzgalar fikriga qaramsan,
xatto oʻzinga qoʻygan sun'iy chegaralarga qaramsan

ozodlik tashqi sharoitga emas ichki dunyoga bogʻliq

oʻzingni ozod qil
shunda hech nima seni tutqun qilolmaydi

@AvazRavshanov_blog
9
Muammolarni yozmaganing sababli juda ko'p uylaysan

Amal qilmaganing uchun havotirda yurasan

Ortga suraverasan chunki rejasiz ish qilasan

Sen tez charchaysan sababi chiniqmagansan

Kundalik yuritmaganing uchun aniqliging sust

Hamma muammolarinda sabab bor ammo mo'jizani kutasan

Mo'jiza kutilmaydi unga erishiladi.

@AvazRavshanov_blog
10
koʻpchilik sogʻlom emas
koʻpchilikka vaqt doimo yetishmaydi
koʻpchilik ishidan norozi
koʻpchilik boshlagan kurslarini tugatmaydi
koʻpchilikda favqulotda 400$ pul chiqmaydi

час пикlardan foydalanma
band boʻlmagan yoʻllar band boʻlmagan vaqtlardan foydalan

instagram bloger bilan bir uchrashuv hayotingni oʻzgartirmasligi mumkun

lekin matn bilan ishlaydigan insonlar bilan bir suhbat seni ancha oʻzgartiradi

atrofingga Eng go'zallarini jamla, hayoting go'zallashadi.

@AvazRavshanov_blog
12
boshqa davlatda tug'ilsaydik hozirgidan zo'r bo'larmidi?

Amerika
- sug'urtang bo'lmasa davolanish juda qimmat,
- bironta devona o'q umringni tugatishi mumkun

Xitoy
- google, youtube va boshqa platformalar taqiqlangan
- ish vaqtiga qaraganda maosh kam
- havo iflosligi keskin darajada

Rossiya
- sanksiya va ichki siyosatlar sababli daromad keskin, tez tez pasayib turadi
- jurnalist va faollar bosim ostida
- korrupsiya chuqur ildiz otgan

Hindiston
- aholi zich va havo iflos
- sog'liqni saqlashda bo'lgan muammolar
- o'z haqqingdan muhrum bo'lish

Braziliya
- jinoyatlar tez tez bo'lishi
- korrupsiya keng tarqalgan
- o'rtamiyona degan qatlam yo'q

Germaniya
- aholining tanasi tez qarishi, ishchi kuchi yetishmasligi
- migrantlarga keskin bosim
- ko'chmas mulklar narxi osmon qadar

Shvetsariya:
- yashash uchun juda qimmag shaharlar
- ko'p qonun va qoidalar
- shaharlardagi soliqlar xilma xilligi

Adashdikmi?

@AvazRavshanov_blog
13
Ishga kirish uchun bir marta chiroyli aldash yetadi

Chiroyli gap, chiroyli va tanlangan kiyim, ozgina maqtanish

Boshliq hayratda va ishonib ishga oladi

Hamkasblarimizni hayron qoldirish esa doimiy natijalar ortidan keladi

Ular sabrimiz, jahlimiz, mehrimiz, aqlimizning aslini ko'rishadi.

Uzoq muddat aldab yura olmaysan!

@AvazRavshanov_blog
213
Hammaga yoqadiganlarga havas qilamiz

Bir inson qanday qilib hammaga yoqish mumkun?

Hammaga yoqishga harakat qilish o'zlikdan qochish emasmi?

Inson xarakteri ba'zilar bilan to'qnashtiradi, qarama qarshi pozitsiyani himoya qildiradi

Hammaga yoqmoqchilar
har bir guruhga moslashishga
fikrini sharoitga qarab o'zgartirishga
o'z prinsiplarini qurbon qilishga tayyor bo'ladi
tanqid qilinish va rad etilishdan qo'rqadi

Bular esa shaxsiyatni so'nishiga olib keladi

Sen o'zingni hammaga yoqish uchun o'zgartiryapsanmi yoki o'zligingni himoya qilyapsanmi?

Otabek Mahkamov mashhurligi bilan hammaga yoqmoqchi bo'lganida bunday paypoqlar bilan yurmasdi!

@AvazRavshanov_blog
118