Avaz Ravshanov
2.02K subscribers
3 links
botin va zoxir rivojlanishi
Download Telegram
Qobiq

Hayot ko'zing ko'rib turgan narsalar bilan cheklanmaydi

Tengdoshlaring bilan vaqtni ko'p o'tkazsang tengdosh bo'lmaganlar bilan qiynalib qolasan

Yosh bolalarni eshitmasak ular ham bizni eshitmay qo'yishadi

Deyarli ko'pchilik yashayotgan hayotni yashaymiz qachonki kitob o'qimasak

Safarga chiqmasam, musofir bo'lmasam, Qarshi shahrini dunyo poytaxti deb yuraverardim

@AvazRavshanov_blog
17
Elon Musk — bolaligida kuniga 10 soatlab kitob o‘qigan.

Oprah Winfrey — kitoblardan ruhiy ozuqa olib, Oprah’s Book Club orqali dunyoga tanilgan.

Malala Yousafzai — o‘qish orqali qizlar huquqini anglab, global yetakchiga aylangan.

Ko‘rayotgan qisqa videolar bilan nimaga erishmoqchisan?

@AvazRavshanov_blog
129
Hamma qilayotgan ishni qilib, hammadan zo'r bo'lolmaysan

Qiyin bo'ladi, og'riqli bo'ladi
hamma dam oladi, sen esa yo'q

Hamma E3 yursa sen D3 yur (shaxmatda)

Hamma ommaga talpinganda sen qoch

Hamma insonlar daho lekin qiyin davrdan o'tmaguncha hech kim buni bilmaydi.

@AvazRavshanov_blog
29
So'ngi yillar Amerikaliklar kamroq ishlayapti ekan
Statistikaga qaraganda yiliga 1790 soatdan tog'ri kelyapti

Xitoyliklar esa tinmay ishlashyapti! yiliga 2100 soat

Xitoyliklar ocharchilik nimaligini bilishadi.
Britaniya va Amerika tomonidan ancha ezilgan, shubhasiz u davrga qaytgisi kelmaydi.

Demak, qiyinchilik ichki quvvatni ishga tushirar ekan.

Budjetga oson kirgan talabaning bilimi kontraktning so'ngi o'rinida turgan talabaning bilimidan ancha farq qilishi mumkun, sababi hammaga ayon.

Jahongir Ortiqxo'jayev ham qancha ko'p o'zimizni qiynasakkina hayotimiz o'zgaradi deb aytgandilar.

Sen o'zinga yaxshi hayotni tilar ekansan albatta qiyin yo'llardan o'tishing kerak.

@AvazRavshanov_blog
164
Telefon hohlaganingday ishlamay qo'ysa uni almashtirmoqchi bo'lasan

Hayotda ham shunday
Tizimning, jamoaning, rahbarning talablariga javob bermasang seni almashtirishadi

Boshlash uchun yaxshi bo'lishing, davom ettirish uchun esa foydali bo'lishing kerak

Bu shavqatsiz qoida jamiyatda ham do'stlikda ham bor

Doimiy rivojlanishda bo'lmasak, chetga surilamiz.

O'zinga savol: Bugun sen kimningdir hayotida yaroqsiz telefon bo'lib qolmadingmi?

@AvazRavshanov_blog
83
Aqling oqibatlar bilan ishlamasa

Ruhning egasi bilan ishi bo'lmasa

Nafsing seni ayamasa

Demak sen asl mohiyatingdan ayrilgan holda, hayot sathida suzayotgan soyasan.

@AvazRavshanov_blog
🤝53
Hammada bir xil vaqt

Lekin kimdir hamma narsaga ulguradi, kimdir esa hech narsaga ulgurmaydi. Nega?

Chunki ko'pchilik tanlaydi
Oila yoki do'st, ish yoki o'qish

Bu muammodan chiqish uchun yuqoridagi tanlov orasidagi "yoki" so'zini "va" ga almashtirish kerak.

Rossiyada katta biznes qura olgan Sherzod Tursunov ishlarini ayollari bilan boshqaradilar

Psixolog Muxtasar Nazarova ham turmush o'rtog'i Abdusamad Mo'minov bilan ish yuritishadi

Nega do'stlar bilan ishlamasliging kerak? Siringni ishonib, ishingni ishonmaysanmi?

Men ham blog yurgizish davomida yangi do'stlar orttiryapman, o'qiyapman, o'rganyapman.

Umid qilamanki, endi siz ham "yoki" larni "va"larga o'zgartirasiz.

@AvazRavshanov_blog
1🤝30
Howard Schultz (Starbucks sobiq boshqarubchisi)
Sport kollejida o'qigan ammo marketinga qiziqib kampaniyasini dunyo brendiga aylantirgan

Harrison Fors (aktyor, Indiana Jones, Star Wars)
Falsafa yo'nalishida o'qigan, uzoq yillar durodgorlik qilgan.

Vera Wang (mashhur moda dizayneri)
Avval figurali uchish bilan shug'ullangan, jurnalistikaga o'qigan.
Moda sanoatiga 40 yoshidan keyin kirib kelib dunyo tanigan dizayner bo'lgan

Arnold Schwarzenegger (aktyor, siyosatchi, sportchi)
Sport bilan boshlab, iqtisod va biznes bo'yicha davom etgan
Keyinchaljk aktyorlik, so'ngra Kaliforniya gubernatori bo'lgan.

Natalie Portman (aktrisa, Black Swan)
Garvardda psixologiyada o'qigan.
Keyinchalik, kino olamiga kirib kelib Oscarni qo'lga kiritgan

Maktabni bitirding, hozirgi tanloving seni shakllantiradi, lekin vaqt o'tib iqtidorlaring ochilib yangi sohalarda portlashing mumkun.

Yagona qilishing kerak bo'lgan ish bu o'rganishda davom etishing. Maktab tugadi degani o'qish tugadi degani emas.
O'qish endi boshlanadi!

@AvazRavshanov_blog
🤝34
-shoshilyotgandim, tezroq gapir

Go'yo bandday ko'rinish urfga aylanyapti

Insonning band bo'lishi aqldan ozmasligi uchun kerak

Misol uchun siz bo'sh bo'lib qolsangiz ichingizdagi savollar sizni tamom qiladi(shorts, lenta ko'rmasangiz albatta)

Bandman deb nafaqat boshqalarni balkida o'zimizni ham aldab kelamiz

Lekin "band bo'lish" bilan "foydali bo'lish" umuman boshqa boshqa tushunchadir, adashtirma.

Shuning uchun davlatimiz ham "o'z o'zini band qilish" ish rejasini bekorga ishlab chiqmagandir?

@AvazRavshanov_blog
🤝50
Do'stlikni shakllantirish

Do'stlik faqatgina birga yurganda do'st deyilmas ekan

Jiyanim musofirchilikda
Lekin uydagilari tadbir qilishsa do'stlari doimo xizmatda bo'lishyapti.

Men ham musofirlikda bo'lganman ammo...

Qayerdadir noto'g'ri yo'l tutganim aniq.

Do'stlaring sen yonlarida bo'lmasang ham senga yordami tegayotgan bo'lsa sen yaxshi do'st ekansan.

@AvazRavshanov_blog
1🤝41
2 soatlik imtihon uchun yillar tayyorlanasan

10 daqiqalik suhbat uchun kunlab tayyorgarlik kurasan

Birgina chiroyli, aqlli nasihat yoki maslaxat berish uchun bir necha martalab katta xato qilasan

So'zing o'tkir bo'lishi uchun esa ancha vaqt so'zsiz jim yurishing kerak

Apple avval Amerikada so'ngra dunyoga, BYD avval Xitoyda keyin dunyoga tanildi.

Boshlanishiga ko'changda zo'r bo'l, so'ngra katta shaharlarga chiqasan.

@AvazRavshanov_blog
1🤝54
Kimdir o'qishni tanlasa pul topolmaydi

Kimdir yaxshi ish boshqaradi lekin o'zi qilolmaydi

Kimdir kuchga boy lekin maqsadsiz

Kimdir aqlli ammo jur'at yo'q

Ilmli kishi puldor ota onaga muhtoj

ish boshqaruvchiga faol, yaxshi ishchi kerak

Aqlli insonga jur'atli,
Kuchliga esa maqsadli do'st kerak

Sen bir ishga bor vaqtingni berar ekansan boshqa ishlaringa ko'mak kerak bo'ladi

@AvazRavshanov_blog
1🤝52
Yoshligimizda "mak-mak" degan o‘yin bo‘lardi.

Ko‘pchilik eslasa kerak: yo‘lga qarab, har bir qadamni ehtiyotkorlik bilan bosardik.

Bugungi bolalar balki o‘ynamas, lekin o‘yinning mohiyati chuqur

Hayot ham xuddi shu o‘yinga o‘xshaydi.

Yo‘l aniq bo‘lsa — qadam to‘g‘ri bo‘ladi.

Yo‘lingni bilmasang, yurishing chalkashadi.

@AvazRavshanov_blog
🤝48
Oson bo‘lmaydi.

Jo‘xorini 5 daqiqada qaynatib, “o‘zim tayyorladim” deya olmaysan.
Buning ortida oylar davomida har kuni sug‘orish, parvarish, mehnat yotadi.

Qo‘lingdagi telefon senga yetib kelguncha, necha odamning yelkasidan ter to‘kilgan,
Ishlatayotgan lug‘ating esa kimlarningdir uyqusiz tunlari mahsuli.

Jo‘xorini 5 daqiqada yeb zavqlanasan.
Telefoning bilan bir dunyo muammongga yechim topasan.
Yangi so‘z ma’nosini bilib, hayratdan quvonasan.

Qiyin muammolarni oson hal qilishing uchun, jo‘xori kabi sug‘orilishing, taxta kabi randalanishing, temir kabi kuydirilishing kerak.

@AvazRavshanov_blog
🤝51
Foyda beruvchimisiz oluvchimi?

Do'stlaring senga yordam berishlari kerakmi yoki sen ulargami?

Sen ota onangni tushunishing kerakmi yoki ular seni?

Ishxonada sen hammaga yordam berasanmi yoki senga yordam berishadimi?

Do'stlarimizga yordam bersak, ular buni bilishmasa do'stimiz emasligini bilib olamiz.
Teskarisi bo'lsa yanayam yaqin bo'lib ketamiz

Ishxonada sen hammaga yordam bersang sen ko'p extimol bilan eng muhim inson bo'lib boryapsan.

Xo'sh foydalimisiz?

@AvazRavshanov_blog
1🤝29
Misollar bilan gapiring - esda qoladi.

Misol bo'ling - esida qolasiz!

@AvazRavshanov
🤝37
1 yil

PepperTab — Hindistondagi Amazon bo‘lishni orzu qilgan, foydalanuvchi topolmagani uchun yopildi.

CNN+ — onlayn pullik platforma. Bir oy yashadi. Noto'g'ri kontent tanladi.

Colar Labs — Instagramdek fotosurat almashinuvi. Interfeys tushunarsiz bo‘lgani uchun unutildi

Katta harakatlar 1 yilda kuydi.

Bizning blog ham 1 yoshga to'ldi.

1 yilda 10.000 dan oshiq so'z yozdik
Obunachilarimiz yetarli
Kontentlarimiz foydali
Ba'zi postlar 8000 dan ortiq ko'rildi
Ba'zi postlar 37 marta ulashildi

Deyarli hamma reels ko'rayotganda siz o'qiyapsiz (to'g'ri ham qilyapsiz)

Rahmat - borligingiz, sabab bo'layotganingiz uchun.

So'zlarimiz hali uzoq yuradi.

@AvazRavshanov_blog
1🤝45
Avval hamma narsa alohida edi.

Uychali budilniklar,
Plonkali fotoapparatlar,
Kaftdek kalkulyatorlar,
Boshimizdan katta videokameralar.

Xonamiz betartib bo‘lardi.

Endi esa hammasi bitta qurilmaga jamlandi.
Yonimizdagi telefon hammasini o‘z ichiga oldi.
Hatto bizni ham.

Bir qarashda hayot yengillashgandek tuyuladi.
Lekin… xonamizdagi tartibsizlik endi ichimizga ko‘chdi.

@AvazRavshanov_blog
🤝46
Bir kun kelib farzandlaringiz glavlaringizni, kanalingizni, istoriyalaringizni ko‘radi.

Ular siz yozgan postlarni o‘qiydi.

Agar ular siz targ‘ib qilgan ishlarni qilishsa va siz bundan faxrlansangiz — demak, siz to‘g‘ri yo‘ldasiz.

Agar uyalib qolsangiz — demak, tuzatish kerak bo‘lgan joylaringiz bor.

O‘zingizni emas, ertangi avlodni o‘ylab kontent yarating.

@AvazRavshanov_blog
🤝29
Aqlli bo'lishning yagona yo‘li – o‘zingdan kuchlilar bilan o‘ynash.

Shaxmatda bu oddiy strategiya, hayotda esa tamoyil: agar doim sen yutayotgan bo‘lsang – demak, o‘zingni aldayapsan. O‘smoqchimisan? O‘zingni mayda his qiladigan odamlar orasiga kir. Ular seni ustingdan kulmaydi, shakllantiradi.

Chunki qulaylik – o‘stirmaydi. Sherigi kuchli insongina qadamni puxta o‘ylashga majbur qiladi. O‘zingdan aqlliroqlar bilan bo‘l.

@AvazRavshanov_blog
🤝20