Avaz Ravshanov
1.86K subscribers
3 links
botin va zoxir rivojlanishi
Download Telegram
maqsadni kim uchunligini aniqlash

agar sen oldingga qoʻygan maqsadingga erishish uchun qilayotgan harakatlaringni yarim kechasi ya'ni soat 2:30 da uygʻonib qila olsang demak bu orzuga yetishish oʻzing uchun kerak.

agar uyqu ustunlik qilayotgan boʻlsa sen bu maqsadni atrofdagilar uchun qoʻygansan.
ya'ni Avaz palonchi ishni qilibdi deyishlari uchun.

harakatlaringga sevgan odatlaring toʻsqinlik qilayapti va sen bu toʻsiqni yanchib oʻtolmayapsan, bu orzudan kech!

axir goʻzallik qoʻrbonlik talab qiladi.


@AvazRavshanov
3
1% qonuni

intil, har kuni har qaysi ishni 1% oshirishga harakat qil.

kuniga 100 ming soʻm topasan yana qayerdandir 1000 soʻm top.

kuniga 100 ta soʻz yodlayapsan yana 1 ta soʻz yodla

kitob oʻqiyapsan, odatda 100 qator oʻqir eding, 101 qator oʻqi.

10 000 qadam bosar eding, bu gal 10 100 ta qadam bos.

shunda 1 yil davomida sen oʻzingni 365% kuchaytirgan boʻlasan.

faqat har kuni bu raqamlarga 1% qoʻshishni unutma.
omadingni bersin.

@AvazRavshanov
14
Tanlov

oldingizda ikta yoʻl bor
tanlashga qiynalyapsiz
tanga tashlang
tanganing tushgan tomoni sizni hursand qilmadimi?
demak siz tanlov qilib boʻlgansiz, shunchaki qaror qabul qiling

@AvazRavshanov
4
haqiqat nizoda ochiladi?

bu chiroyli ibora
ammo yoʻq.

bahsda faqat bir birga nisbatan dushmanlik va oʻzligi haqligini isbotlash istagi tugʻiladi

koʻp ehtimol bilan hurmatga dars ketishi, chiroyli yuzingiz bejalishi mumkun.
bora bora eshigi ochiq turgan hojatdagidanda sizlarning holatingiz hunuk koʻrinishni boshlaydi.

soʻng siz vaziyatni emas oʻzingizni himoya qilishni boshlaysiz, tabiiyki yutqazish hech kimga yoqmaydi.

haqiqatni faqatgina hotirjam, oʻylab gapirilgan suhbatda, bir birini tinglash jarayonida va eshitishga tayyor boʻlgan muhit ochib beradi.

@AvazRavshanov
4
oson zerikayotgan boʻlsang keraksiz narsalarni filtrlash jaroyoning yaxshi,

agar unutayotgan boʼlsang miyang filtr qilishni biladi,

agar xafa boʻlayotgan boʻlsang demak insonsan.

@AvazRavshanov
4
qaror qabul qilishga shoshilma.

qaysidir ishni boshlamoqchisan, misol uchun bugundan kitob oʻqimoqchisan, zalga chiqmoqchisan yuzingni parvarish qilmoqchisan toʻgʻrimi?

boshida bir muddat shu ishlarni odatiy holday bajar.

tongda shugʻullan yoʻq tongda oʻrningdan turishing qiyin, yaxshisi ishdan yoki oʻqishdan soʻng.

yotish oldi yuzinga 20 daqiqa ajrat.

uyqudan oldin 15 daqiqa kitob oʻqi.

bularni bir necha hafta boringki bir necha oy kun ora bajargan boʻlsang ana endi qaror qabul qilsang boʻladi

ya'ni endi kun ora mana shu mashgʻulotni bajarishga qaror qildim

agar uxshamasa sen qaroringni boʻzmagan boʻlasan. oʻzinga oʻzing yolgʻon qaror qabul qilma.

@AvazRavshanov
4
33% qoidasi

kunlik vaqtingni 33% ni oʻzingdan kichiklar bilan oʻtkaz.
bunda sen ularga maslahat va yordam berasan, va oʻzingni qanday tutmaslik kerakligini oʻrganib borasan.

yana 33% ni oʻzing tingilar bilan oʻtkaz.
odatda bular sening doʻstlaring boʻladi.

qolgan 33% esa oʻzingdan kattalar bilan oʻtkaz.
bu yerda sen oʻzingni komfort his qilmaysan lekin oʻsasan.

@AvazRavshanov
4
Albert Eynshteyn aytganki : Gʻoya avval absurd boʻlib tuyulmasa, demak undan umid yoʻq.

@AvazRavshanov
4
- erkinlik befarqlikdan boshlanadi.

- tinchlik kimligingni bilganingdan boshlanadi.

- odamlarning fikri shamoldek o'zgaruvchan.

- agar o'zingdan yaxshiroq odamni uchratsang, hasad qilma, havas qil.

- bogʻlanma. yolg'iz bo'lishni o'rgan.

- mustaqil yashashni o'rgan. alohida yashash, ovqat pishirish, pul ishlash, tozalash va hokazo.

- sen iste'mol qilayotgan ma'lumotlar seni shakllantiradi.

- kimnidir qanaqaligini bilmoqchi boʻlsang, uni oʻz holiga qoʻy.

- yashamasdan ko'p pul topishdan ko'ra, kam ishlab yashagan yaxshi.

- hayotingdagi insonlar o'qituvchilardir. ba'zilar qanday yashashni oʻrgatadi, boshqalari esa qanday yashamaslikni.

- haqiqatingdagi o'zgarishlar ongdagi o'zgarishlardan boshlanadi.

- agar hamma seni yaxshi ko'rsa, ehtimol sen idealsan.

- ahmoq bo'lish ehtimol yaxshi, sen hech narsani tushunmaysan va baxtlisan.

@AvazRavshanov
14
Xitoy

bu soʻzni yoshligimda bir marta ishlatiladigan, yaroqsiz, sifatsiz texnika deb tushunganman.

lekin oshigʻi olcha edi bu sifatsizlarning.

sababi arzon.

bora-bora vaqt oʻtib koʻzga yaxshi koʻrina boshladi.

rivojlandi, rivojlantirdi.
hozir Xitoy mahsulotlari bozorda oldi qatorlarni egallamoqda.

senda ham shunday boʻlayotgan boʻlishi mumkun.

fikringa, oʻzinga sayoz, qoʻl oʻchida fikr bildiryotgan boʻlishsa e'tibor berma.

harakatda toʻxtama. yanayam rivojlan va koʻzga koʻrinishni boshla.

unutma har narsa ham avval yerga oʻrilib keyin osmonga sakraydi!

@AvazRavshanov
4
vaqt yetmayaptimi - erta uygʻon

fikrlaring tarqoqmi - uyqu oldi hayollaringni qogʻozga tushir

kuning sugʻur kuniday oʻtyaptimi - kuniga 10 daqiqa yangi sohalarni oʻrgan

holsizmisan - kuniga 10 daqiqa yugur.

asabiymisan - 10 daqiqa yolgʻiz qol

fikringni tushintirolmayapsami - 10 daqiqa yoki 10 bet kitob oʻqi

@AvazRavshanov
15
qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi

nega bu gap teskari ishlashi mumkun emas?

u oʻgʻri sen toʻgʻri,
nega endi sen oʻgʻri boʻlishing kerak,
yaxshisi u toʻgʻri boʻlsin.

@AvazRavshanov
4
10 ta ishonchli inson huquqlari 🗣⚖️

1. Hissiyot va fikr bildirish huquqi: Har bir inson o‘z his-tuyg‘ulari, qarashlari va e’tiqodlarini erkin ifoda etish huquqiga ega.

2. O'z chegaralarini hurmat qilish huquqi: Odamlar o'zlarining shaxsiy va hissiy chegaralarini belgilash va himoya qilish huquqiga ega.

3. Rad etish huquqi: Shaxs o'z manfaatlarini yoki tamoyillarini buzadigan har qanday narsani qilishni rad etishga haqli.

4. Fikringizni o'zgartirish huquqi: odamlar o'z fikrlarini, e'tiqodlarini va qarorlarini rivojlanishlari va tajribalarini o'zgartirishlari mumkin.

5. Maqsad va hayot yo'liga egalik qilish huquqi: Har bir inson o'z hayotini o'z qadriyatlari va maqsadlariga muvofiq qurish huquqiga ega.

6. Hurmat va qadr-qimmatga bo'lgan huquq: Odamlar hurmatga loyiq va bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo'lishlari kerak.

7. Vaqtga egalik qilish huquqi: Har bir inson o'z vaqtini boshqarish va uni qanday o'tkazishni o'zi hal qilish huquqiga ega.

8. Xato qilish huquqi: Odamlar xato qilishlari mumkin va bu ularning hurmat va qo'llab-quvvatlash huquqini buzmasligi kerak.

9. Tushuntirish huquqi: Har bir inson tushunmovchiliklarga yo'l qo'ymaslik uchun muloqotda aniqlik va ravshanlikni talab qilish huquqiga ega.

10. Ehtiyojlarga egalik qilish huquqi: Odamlar boshqalarni hurmat qilish doirasida o'zlarining jismoniy va hissiy ehtiyojlarini qondirish huquqiga ega.

@AvazRavshanov
3
aslida qaysidir daqiqa uchun butun boshli 2 soatli film suratga olinadi

aslida qaysidir jumla uchun butun boshli 200 betli kitob yoziladi

sening ham 70-80 yillik umringni qaysidir daqiqa yoki soatlar muhum roʻl oʻynaydi.

sen qilishing kerak boʻlgan yagona ish
oʻsha daqiqani oʻshlash

oʻsha jumlani topish

oʻsha soatlarni boy bermaslik

@AvazRavshanov
14