Avaz Ravshanov
1.8K subscribers
3 links
Botin va zohir rivojlanishi
Download Telegram
oʻzgarish yoki nimanidir boshlash uchun 1 yanvarni kutish shart emas.

boshlash ichingdan boʻlishi kerak tashqaridagi sonlardan emas.

sen hozirdan oʻzgarishni boshlay olmas ekansan haftaning boshi boʻladimi, oyning boshimi, hatto yilning boshi boʻlsa ham sen oʻzgara olmaysan.

baribir kutaman deysanmi?
demak sening oʻzgarishga boʻlgan harakating yil oxirigacha ham bormaydi.

@AvazRavshanov
15
qaysi kitob oʻqishni tanlolmaydiganlar bor
oʻqiganini eslab qololmaydiganlar bor
oʻqish paytida uxlab qoladiganlar bor

bularning hammasi bir muammoning ketidan kelib chiqadi
kitobning ichiga kirib ketolmaslik.

shunchaki oʻqish xato

agar bosmaxonang boʻlganida birinchi boʻlib qaysi kitobni bosib chiqararding?

kitob oʻqishni ana oʻsha kitobdan boshla

@AvazRavshanov
14
deyarli koʻp muammolaring e'tiborsizligingdan kelib chiqadi.

e'tibor qaratmay qilayotgan ishlaring sening rivojlanishing uchun hech qanday manbaa boʻlolmaydi.

sen boʻlishga intilayotgan shaxslarning biografiyasini oʻqi.

hammasi e'tiborini bir joyga jamlagan va sohasi boʻyicha izlangan.

e'tibor bilan kitob oʻqi
e'tibor bilan ish tanla
e'tibor bilan oʻrgan

e'tibor + vaqt = yorqin kelajak

@AvazRavshanov
16
aqalli (toʻgʻri) savol berishni oʻrgan!

koʻp savol berishing seni aqlsiz koʻrsatmaydi.

izlanuvchan, oʻrganishni, bilishni istaydigan hodimlar har joyda kerak va oʻz oʻrniga ega.

soʻramoqchi boʻlsang googleda har qanday savolga javob bor, faqat savolni toʻgʻri berolsang boʻldi.

savol aqlingni harakatlantiradi

toʻgʻri savolda javobning yarmi tayyor boʻladi.

dunyodagi barcha ixtirolar, oʻzgarishlar savolning orqasidan chiqib kelgan.
masalan "nega olma boshimga tushdi?"

hozir nima bilan shugʻullanyapman?
vaqtimni uvol qilmayapmanmi?
ertaga bu ishimdan uyalmaymanmi?
farzandimga oʻrnak boʻlolamanmi?
- kabi savollarni esa sen har kuni oʻzinga berib turishing kerak!

sen savolni top,
javobi bilang aqling (miyang, vaqting) shugʻullanadi!

@AvazRavshanov_blog
14
Boricha qabul qilma

Do’slaring bilan bir xil fikrlama

Do’st tanlaguncha sening fikrlaringni qoʻllab quvvatlaydigan insonni emas, sen o’ylamagan tomonlarni ko’roladigan sen qabul qilgan qarorlarning zaif tomonlarini ko’radigan insonni tanla.

Bunday doʻstlar seni boringcha qabul qilmaydi

Seni o’sishingni, yuksalishingni istaydi.

O’z o’rnida sen ham do’stinga shu yo’lda yordam berib bor.

Xatolaring to’g’irlanadi

Tafakkuring keng bo'lishni boshlaydi

Haqiqiy do'st seni boringcha qabul qilmaydi.

Seni tepaga tortadi.

@AvazRavshanov_blog
14
oʻzligi muhim boʻlgan odam oʻzi bilan suhbat quradi

vaqti muhim boʻlmagan odam kechikib boraveradi

mansab muhim boʻlgan odam chiroyli kiyinadi

kelajagi muhim boʻlmagan odam farzandlariga e'tibor bermaydi

pul muhim boʻlgan odam oilasiga vaqt ajratmaydi

muhimsizlik seni harob qiladi

muhimlilik seni haratlantiradi

muhimlilik seni majburlaydi.

@AvazRavshanov_blog
14
deyarli hamma narsa sen o'ylagandan ko'ra ko'proq vaqtni oladi

yomon vaziyatni yomonlashtirish - hozirgi fikringni takrorlashda davom etishdir

hamma narsaga g'amxo'rlik qilish - bu falokat.
hech narsa haqida qayg'urmaslik ham falokatdir

kichik xatolarni tanqid qilganingdek,
kichik gʻalabalardan ham zavqlan

agar sen kelajakni oʻzgartirmoqchi boʻlsang u yerda boʻlgandek yashashing kerak.

@AvazRavshanov_blog
14
... va muvaffaqiyatsiz boʻlasan

olomon ichida ajralib turishdan qoʻrq

qat'iyatsiz boʻl

kamtar boʻlma

notoʻgʻri fikrlayotganingda fikringni oʻzgartirma

tez chalgʻi

oʻzingni loyiq koʻrma

gʻamxoʻr boʻlma

hayotingga javob berma va muvaffaqiyatsiz boʻlasan.

@AvazRavshanov_blog
14
10% odam kitob sotib oladi

8% odam ochib oʻqiydi

6% odam oʻqib tugatadi

4% odam eslab qoladi

1% odam amalda qoʻllaydi

Ko‘pchilik orzu qilgan hayotga yetish uchun, ozchilik qilgan ishlarni qilish kerak.

@AvazRavshanov_blog
16
...baribir bir kun afsuslanasan

oʻzing xohlagandek emas, boshqalar xohlagandek yashaganingdan

ishga haddan tashqari koʻp e'tibor qaratganingdan

oʻylaganingni, fikringni ochiq aytolmaganingdan

yaqinlar bilan koʻproq vaqt oʻtkazmaganingdan

baxtli boʻlishni kutib yashaganingdan

bu xatolarni qilish juda oson.
shunchaki hech narsa qilmaslikning o‘zi yetarli.

shuning uchun ham, biz ularni qilayotganimizni hatto sezmaymiz.

afsuslanish uchun qiladigan yagona ishimiz, bularga e'tibor bermaslikda davom etishimizdir.

@AvazRavshanov_blog
15
maslahat beruvchiga bizning holatimizni yetkazish maslahat sifatini oshiradi

kitob tavsiyasi so'rayotganingizda avval o'qigan kitoblaringiz ro'yxati kerak

karyera tavsiya so'rayotganda ko'nikma va qiziqishlarni aytish kerak

byudjetingizni bilmagan odam eng yaxshi noutbuk Macbook Pro, eng yaxshi telefon esa IPhone 16 deb turaveradi.

oilasi yaxshi daromad qiladigan, shaharda yashayotgan yigitga startup qilish yaxshi maslahat
deyarli hech nima yo'qotmaydi. Tajriba oladi. O'xshab ketsa, zo'r. O'xshamasa, B rejasi turibdi

oʻsayotgan va yaxshi jamoada ishlayotgan odamga ishida oxirigacha ko'tarilish mos maslahat bo'lishi mumkin
oʻz loyihalariga pul yig'ib oladi har qalay.

@AvazRavshanov_blog
14
bemorni aldashing mumkun,
kasallikni aldolmaysan

oʻquvchini aldashing mumkun,
soʻzlarni aldolmaysan

mijozni aldasang mahsuloting yaxshilanib qolmaydi

odamlarni tushunish oʻzimizni tushunishdan boshlanadi

oʻz tushunish haq soʻzlardan boshlanadi

oʻzingni aldama, kuchli inson boʻlasan.

@AvazRavshanov_blog
35
Tim Kuk (apple boshqaruvchisi)
- 04:00 da uygʻonadi
kunni boshqarish va uni samarali oʻtgazishga yordam beradi

Richard Branson (Virgin group asoschisi)
-kundalik yuritadi
fikrlarni qogʻozga tushirish muvaffaqiyatga erishishda yordam beradi

Bill Geyts (Microsoft asoschisi)
-har kuni kamida 1 soat kitob oʻqiydi
ilm olish yangi gʻoyalar ustida ishlash kaliti ekanligini aytadi

Mark Sukerberg (Facebook asoschisi)
-har kuni deyarli bir xil va oddiy kiyim kiyadi
muhim narsalarga koʻproq e'tibor berish kerakligiga e'tibor qaratadi

Oprah Uinfri (milliarder)
-har kuni hayriya bilan shugʻullanadi
muvaffaqiyat va baxt shukronalik hissi bilan bogʻliq deb biladi

muvaffaqiyat istagan inson o‘z hayot falsafasi va odatlariga ega bo‘lishi kerak. Intizomli bo‘l, o‘rganishdan to‘xtama, reja tuz, sog‘lom turmush tarzini tanla va shukronalikni unutmа!

@AvazRavshanov_blog
17
90% talabalar o'rtachadan yaxshiroq o'qiyman deydi.

96% saraton kasallari o'zini o'rtachadan sog'lomroq deb gumon qiladi.

94% professorlar o'rtachadan yaxshiroq dars beraman deb o'ylaydi.

93% haydovchilar o'rtachadan yaxshiroq haydayman deb o'ylaydi.

Kruger effekti - insonlar oʻz mahoratlarini taqsimlashda notoʻgʻri xulosa chiqarish

tajribasizlar oʻzlarini notoʻgʻri baholashsa, haqiqiy mutaxassislar oʻzlariga kam baho qoʻyishadi

sen oʻzinga yuqori baho qoʻyayotgan boʻlsang balki sen effekt taʼsirida boʻlishing mumkun.

@AvazRavshanov_blog
17
Rossiyada 98% ishchilar ishdan boʻshatishgacha bormasa rivojlanmoqchi emas

Britaniyada har 8 erkak rivojlanish tugul ishlamoqchi emas

xoʻsh, rivojlanish nega kerak?

rivojlanish - kerakli boʻlish uchun

keraksiz boʻlish - depressiya

depressiya - oʻlim, Shoushenkdan qochish filmidagi amaki singari

yaxshi mutaxassis yaxshi pul topadi

rivojlanish qiyinchiligiga chidasang, hayot qiyinchiliklari osonlashadi

shaxsiy rivojlanish eng yaxshi meros boʻladi

oʻzingdan chiroyli meros qoldir.

@AvazRavshanov_blog
16
ego bu kibr

kibr xatoni tan olmaydi

milliarder Ray Dalio instagram biosiga "professional xatokor" deb yozib qoʻyibdi

Charli Munger - "har yili eng yaxshi koʻrgan gʻoyamning bittasini yoʻq qilsam, ahmoqligimni kamaytirsam menga yetadi" deydi

Makkada hojilarga xizmat qilayotgan Shayxga qarang

Eynshteyn nisbiylik nazariyasini yaratganiga qaramay, hech qachon o‘zini boshqalardan ustun qo‘ymagan

"Meni kimligim emas, boshqalar uchun nima qilganim esda qoladi"
Muhammad Ali bu soʻzlari bilan kibrini sindirganligiga guvoh boʻlishimiz mumkun

nafsing bilan kurashib kamtarlikka intil
balki bir necha yuz yillardan keyin sen haqingda huddi shunday post yozilar.

@AvazRavshanov_blog
26
hayot aniq fan boʻlganida ishimiz oson bitardi

Paul Grem yosh va gʻayratlilarga startup boshla deb maslaxat beradi

30 yoshida millioner boʻlgan Huber eskicha biznes boshla deydi

Meksika chegarasidan hujjatsiz oshib oʻtib millioner investor boʻlgan Sanches esa oldin yaxshi oylikka ishla deydi

turli xil maslaxat olgan odam nima qiladi?
oʻziga qulayini oladi, hozirgi holatini tasdiqlaydiganini qiladi

ishonadigan odamlarimiz kimligini bilsak ularni maslahatini olib ketaveramiz

shuning uchun Scott Adams "oʻzingizga aqlli doʻst toping" deydi

Kimning maslahatini olsang – yoʻling shunga qarab shakllanadi. Aqlli doʻst tanla, toʻgʻri yoʻlni topasan.

@AvazRavshanov_blog
35
bulutlar bir necha yuz tonna bo‘lsa ham yengilgina uchib yuradi, chunki undan ham og‘ir havo uni ko‘tarib turadi – biz esa uni ko‘rmaymiz

buyuk ishlarni amalga oshirayotgan liderning ko‘zga ko‘rinmaydigan jamoasi bor

tez yuksalayotgan yigitning ommaga bilinmaydigan ustozlari bor

oddiydek tuyulgan jarayon ortida esa hech kim ko‘rmaydigan duolar turibdi

agar bulutning vazni havodan ortishni boshlasa, u yomg‘irga aylanadi

bizni ko‘tarib turganlarni unutadigan bo‘lsak, kun kelib bulut kabi yig‘laymiz.

@AvazRavshanov_blog
25
minimalizm bu cheklov emas!

ortigʻi bilan xarid qilma

reklamalar ta'siriga tushma

keraksizlar bilan suhbatlashma

samimiy va mazmunli munosabatlarni tanla

foydasiz bahsdan qoch

qimmat gadjetlarni emas, tajribalarni yigʻ

koʻp kiyimlar oʻrniga bir nechta sifatli, koʻp kitoblarni emas bitta kitobni diqqat bilan oʻqi

minimalizm bu cheklov emas, balki erkinlikdir.

@AvazRavshanov_blog
27
kechqurun koʻp yesang uyqing kelmaydi

uyqing kelmasa yana yeyaverasan

hazm qilishda muammo boʻladi

qandli diabet va gastrit xavfini oshirasan

iftor va saharlikda me'yorni bilish, tanaga rahm qilishdir

kun davomida savob yigʻib, tun davomida oshqozoningni qiynama

Ramazon muborak!

@AvazRavshanov_blog
27