Avaz Ravshanov
1.87K subscribers
3 links
botin va zoxir rivojlanishi
Download Telegram
keching, kechiring

yolgʻon gapirishadi, atayin qilishadi,
aldashadi.

hafa boʻlasan, asabing boʻziladi,
uzr soʻrashini hohlaysan.

uzur soʻraydiganlar juda kam.

sen kutma, kechir.

ular kechirganingni sezmay qolishsin, hafa boʻlganingni sezishmagandek .

oʻzing oʻzinga kerak, kechirish ham shunday.

kechirishingni hohlashsa kechirim soʻrashardi.

xafagarchilik kamayadi, kayfiyatda yurasan.

kechirimli boʻlayotganing oʻzinga yoqa boshlaydi.

@AvazRavshanov
14
istalgan insoning bilan bir dasturxonda suhbat qurishing uchun

zoʻrlar bilan bir joyda boʻlish uchun

orzuyingdagi inson bilan yashashing uchun

kuchli boshliq boʻlish uchun

sendan maslahat soʻrashlari uchun

eng kamida shahringda sohang boʻyicha eng zoʻri boʻlishing kerak

bunga katta mehnat kerak,
bunga katta sabr kerak,
bunga doimiy harakat kerak

eng yaxshi variant boʻlishga harakat qil
shunda seni izlayverishadi

@AvazRavshanov
14
- erkinlik befarqlikdan boshlanadi.

- tinchlik kimligingni bilganingdan boshlanadi.

- odamlarning fikri shamoldek o'zgaruvchan.

- agar o'zingdan yaxshiroq odamni uchratsang, hasad qilma, havas qil.

- bogʻlanma. yolg'iz bo'lishni o'rgan.

- mustaqil yashashni o'rgan. alohida yashash, ovqat pishirish, pul ishlash, tozalash va hokazo.

- sen iste'mol qilayotgan ma'lumotlar seni shakllantiradi.

- kimnidir qanaqaligini bilmoqchi boʻlsang, uni oʻz holiga qoʻy.

- yashamasdan ko'p pul topishdan ko'ra, kam ishlab yashagan yaxshi.

- hayotingdagi insonlar o'qituvchilardir. ba'zilar qanday yashashni oʻrgatadi, boshqalari esa qanday yashamaslikni.

- haqiqatingdagi o'zgarishlar ongdagi o'zgarishlardan boshlanadi.

- agar hamma seni yaxshi ko'rsa, ehtimol sen idealsan.

- ahmoq bo'lish ehtimol yaxshi, sen hech narsani tushunmaysan va baxtlisan.

@AvazRavshanov
44
vaqt yetmayaptimi - erta uygʻon

fikrlaring tarqoqmi - uyqu oldi hayollaringni qogʻozga tushir

kuning sugʻur kuniday oʻtyaptimi - kuniga 10 daqiqa yangi sohalarni oʻrgan

holsizmisan - kuniga 10 daqiqa yugur.

asabiymisan - 10 daqiqa yolgʻiz qol

fikringni tushintirolmayapsami - 10 daqiqa yoki 10 bet kitob oʻqi

@AvazRavshanov
14
turish, yana biroz yotish?

telefon, kitob?

gazli, gazsiz?

yolgʻon gapirish, yoki rost?

mana shu kichik ishlar seni ertangi kuningni hal qiladi.

katta katta maqsadlar qoʻyib umuman harakat qilmagandan koʻra
mana shu kichik harakatlarda gʻalaba qozonsang hayotingda nimalardir oʻzgarishi mumkun.

@AvazRavshanov
14
qisqartirma!

qisqa fikr - katta muammo

qisqa vedio koʻrasan sababi sabring yoʻq

sabr yoʻqligidan na kitob oʻqiysan na biron katta matn.

bilim katta kitoblarda, uzun vediolarda.

biliming yoʻq boʻlsa muammolaring koʻp boʻladi.

muammoying koʻp boʻlgaligi sababli qisqa vediolar koʻraverasan.

@AvazRavshanov
14
oʻzgarish yoki nimanidir boshlash uchun 1 yanvarni kutish shart emas.

boshlash ichingdan boʻlishi kerak tashqaridagi sonlardan emas.

sen hozirdan oʻzgarishni boshlay olmas ekansan haftaning boshi boʻladimi, oyning boshimi, hatto yilning boshi boʻlsa ham sen oʻzgara olmaysan.

baribir kutaman deysanmi?
demak sening oʻzgarishga boʻlgan harakating yil oxirigacha ham bormaydi.

@AvazRavshanov
15
qaysi kitob oʻqishni tanlolmaydiganlar bor
oʻqiganini eslab qololmaydiganlar bor
oʻqish paytida uxlab qoladiganlar bor

bularning hammasi bir muammoning ketidan kelib chiqadi
kitobning ichiga kirib ketolmaslik.

shunchaki oʻqish xato

agar bosmaxonang boʻlganida birinchi boʻlib qaysi kitobni bosib chiqararding?

kitob oʻqishni ana oʻsha kitobdan boshla

@AvazRavshanov
14
deyarli koʻp muammolaring e'tiborsizligingdan kelib chiqadi.

e'tibor qaratmay qilayotgan ishlaring sening rivojlanishing uchun hech qanday manbaa boʻlolmaydi.

sen boʻlishga intilayotgan shaxslarning biografiyasini oʻqi.

hammasi e'tiborini bir joyga jamlagan va sohasi boʻyicha izlangan.

e'tibor bilan kitob oʻqi
e'tibor bilan ish tanla
e'tibor bilan oʻrgan

e'tibor + vaqt = yorqin kelajak

@AvazRavshanov
16
aqalli (toʻgʻri) savol berishni oʻrgan!

koʻp savol berishing seni aqlsiz koʻrsatmaydi.

izlanuvchan, oʻrganishni, bilishni istaydigan hodimlar har joyda kerak va oʻz oʻrniga ega.

soʻramoqchi boʻlsang googleda har qanday savolga javob bor, faqat savolni toʻgʻri berolsang boʻldi.

savol aqlingni harakatlantiradi

toʻgʻri savolda javobning yarmi tayyor boʻladi.

dunyodagi barcha ixtirolar, oʻzgarishlar savolning orqasidan chiqib kelgan.
masalan "nega olma boshimga tushdi?"

hozir nima bilan shugʻullanyapman?
vaqtimni uvol qilmayapmanmi?
ertaga bu ishimdan uyalmaymanmi?
farzandimga oʻrnak boʻlolamanmi?
- kabi savollarni esa sen har kuni oʻzinga berib turishing kerak!

sen savolni top,
javobi bilang aqling (miyang, vaqting) shugʻullanadi!

@AvazRavshanov_blog
14
Boricha qabul qilma

Do’slaring bilan bir xil fikrlama

Do’st tanlaguncha sening fikrlaringni qoʻllab quvvatlaydigan insonni emas, sen o’ylamagan tomonlarni ko’roladigan sen qabul qilgan qarorlarning zaif tomonlarini ko’radigan insonni tanla.

Bunday doʻstlar seni boringcha qabul qilmaydi

Seni o’sishingni, yuksalishingni istaydi.

O’z o’rnida sen ham do’stinga shu yo’lda yordam berib bor.

Xatolaring to’g’irlanadi

Tafakkuring keng bo'lishni boshlaydi

Haqiqiy do'st seni boringcha qabul qilmaydi.

Seni tepaga tortadi.

@AvazRavshanov_blog
14
oʻzligi muhim boʻlgan odam oʻzi bilan suhbat quradi

vaqti muhim boʻlmagan odam kechikib boraveradi

mansab muhim boʻlgan odam chiroyli kiyinadi

kelajagi muhim boʻlmagan odam farzandlariga e'tibor bermaydi

pul muhim boʻlgan odam oilasiga vaqt ajratmaydi

muhimsizlik seni harob qiladi

muhimlilik seni haratlantiradi

muhimlilik seni majburlaydi.

@AvazRavshanov_blog
14
deyarli hamma narsa sen o'ylagandan ko'ra ko'proq vaqtni oladi

yomon vaziyatni yomonlashtirish - hozirgi fikringni takrorlashda davom etishdir

hamma narsaga g'amxo'rlik qilish - bu falokat.
hech narsa haqida qayg'urmaslik ham falokatdir

kichik xatolarni tanqid qilganingdek,
kichik gʻalabalardan ham zavqlan

agar sen kelajakni oʻzgartirmoqchi boʻlsang u yerda boʻlgandek yashashing kerak.

@AvazRavshanov_blog
14
... va muvaffaqiyatsiz boʻlasan

olomon ichida ajralib turishdan qoʻrq

qat'iyatsiz boʻl

kamtar boʻlma

notoʻgʻri fikrlayotganingda fikringni oʻzgartirma

tez chalgʻi

oʻzingni loyiq koʻrma

gʻamxoʻr boʻlma

hayotingga javob berma va muvaffaqiyatsiz boʻlasan.

@AvazRavshanov_blog
14
10% odam kitob sotib oladi

8% odam ochib oʻqiydi

6% odam oʻqib tugatadi

4% odam eslab qoladi

1% odam amalda qoʻllaydi

Ko‘pchilik orzu qilgan hayotga yetish uchun, ozchilik qilgan ishlarni qilish kerak.

@AvazRavshanov_blog
16
...baribir bir kun afsuslanasan

oʻzing xohlagandek emas, boshqalar xohlagandek yashaganingdan

ishga haddan tashqari koʻp e'tibor qaratganingdan

oʻylaganingni, fikringni ochiq aytolmaganingdan

yaqinlar bilan koʻproq vaqt oʻtkazmaganingdan

baxtli boʻlishni kutib yashaganingdan

bu xatolarni qilish juda oson.
shunchaki hech narsa qilmaslikning o‘zi yetarli.

shuning uchun ham, biz ularni qilayotganimizni hatto sezmaymiz.

afsuslanish uchun qiladigan yagona ishimiz, bularga e'tibor bermaslikda davom etishimizdir.

@AvazRavshanov_blog
15
maslahat beruvchiga bizning holatimizni yetkazish maslahat sifatini oshiradi

kitob tavsiyasi so'rayotganingizda avval o'qigan kitoblaringiz ro'yxati kerak

karyera tavsiya so'rayotganda ko'nikma va qiziqishlarni aytish kerak

byudjetingizni bilmagan odam eng yaxshi noutbuk Macbook Pro, eng yaxshi telefon esa IPhone 16 deb turaveradi.

oilasi yaxshi daromad qiladigan, shaharda yashayotgan yigitga startup qilish yaxshi maslahat
deyarli hech nima yo'qotmaydi. Tajriba oladi. O'xshab ketsa, zo'r. O'xshamasa, B rejasi turibdi

oʻsayotgan va yaxshi jamoada ishlayotgan odamga ishida oxirigacha ko'tarilish mos maslahat bo'lishi mumkin
oʻz loyihalariga pul yig'ib oladi har qalay.

@AvazRavshanov_blog
14
bemorni aldashing mumkun,
kasallikni aldolmaysan

oʻquvchini aldashing mumkun,
soʻzlarni aldolmaysan

mijozni aldasang mahsuloting yaxshilanib qolmaydi

odamlarni tushunish oʻzimizni tushunishdan boshlanadi

oʻz tushunish haq soʻzlardan boshlanadi

oʻzingni aldama, kuchli inson boʻlasan.

@AvazRavshanov_blog
35
Tim Kuk (apple boshqaruvchisi)
- 04:00 da uygʻonadi
kunni boshqarish va uni samarali oʻtgazishga yordam beradi

Richard Branson (Virgin group asoschisi)
-kundalik yuritadi
fikrlarni qogʻozga tushirish muvaffaqiyatga erishishda yordam beradi

Bill Geyts (Microsoft asoschisi)
-har kuni kamida 1 soat kitob oʻqiydi
ilm olish yangi gʻoyalar ustida ishlash kaliti ekanligini aytadi

Mark Sukerberg (Facebook asoschisi)
-har kuni deyarli bir xil va oddiy kiyim kiyadi
muhim narsalarga koʻproq e'tibor berish kerakligiga e'tibor qaratadi

Oprah Uinfri (milliarder)
-har kuni hayriya bilan shugʻullanadi
muvaffaqiyat va baxt shukronalik hissi bilan bogʻliq deb biladi

muvaffaqiyat istagan inson o‘z hayot falsafasi va odatlariga ega bo‘lishi kerak. Intizomli bo‘l, o‘rganishdan to‘xtama, reja tuz, sog‘lom turmush tarzini tanla va shukronalikni unutmа!

@AvazRavshanov_blog
17
90% talabalar o'rtachadan yaxshiroq o'qiyman deydi.

96% saraton kasallari o'zini o'rtachadan sog'lomroq deb gumon qiladi.

94% professorlar o'rtachadan yaxshiroq dars beraman deb o'ylaydi.

93% haydovchilar o'rtachadan yaxshiroq haydayman deb o'ylaydi.

Kruger effekti - insonlar oʻz mahoratlarini taqsimlashda notoʻgʻri xulosa chiqarish

tajribasizlar oʻzlarini notoʻgʻri baholashsa, haqiqiy mutaxassislar oʻzlariga kam baho qoʻyishadi

sen oʻzinga yuqori baho qoʻyayotgan boʻlsang balki sen effekt taʼsirida boʻlishing mumkun.

@AvazRavshanov_blog
17