Samolyot – 1903-yil, inson osmonni zabt etdi.
Kompyuter – 1936-yil, hisob-kitoblar tezligida inqilob bo‘ldi.
Internet – 1960-yil, butun dunyo bir tarmoqqa ulandi.
Mobil telefon – 1973-yil, har birimiz cho‘ntagimizda aloqa olib yuradigan bo‘ldik.
Kredit karta – 1960-yil, pul qog‘ozdan raqamga aylandi.
Elektr avtomobillar, 3D-printerlar, Sun’iy intellekt, VR/AR – so‘nggi o‘n yillikda hayotni osonlashtirish va go‘zallashtirish uchun yaratilgan ajoyib ixtirolar.
Lekin dunyo bo‘ylab baxtsiz insonlar soni ko‘paydi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 50 yilda stress va ruhiy kasalliklar 3 baravar ko‘paygan.
Yaponiyada robotlar keksa onalarga ovqat berayotganda, haqiqiy farzandlar ota-onasidan bir oyda bir marta xabar olyapti.
AQShda 1960-yilda ajrim darajasi 10% bo‘lgan bo‘lsa, bugun ayrim shtatlarda 50% dan oshibdi.
Eng tezkor samolyot yaratildi, lekin ko'rishishimiz sekinlashdi.
Eng kuchli kompyuterlarni yoqdik, ammo his-tuyg'ularni oʻchirdik.
Texnologiya - vosita.
Insoniylik - maqsad.
Vositani yo'qotish mumkun, lekin maqsadni yo'qotishga haqqimiz yo'q.
@AvazRavshanov_blog

🤝22
Uch chorraha
Tasodif – bu nazoratimizdan tashqaridagi voqealar. Fizikada “koinot entropiyasi” tushunchasi mavjud: hamma narsa tartibsizlikka intiladi. Nobel sovrindori Richard Feynman aytadi: “Tasodif bu – bizning bilimsizligimiz o‘lchovidir.” Ya’ni, tasodif deb atagan narsamiz ko‘pincha bizning tushunmagan qonuniyatlarimiz natijasidir.
Taqdir – falsafada qadimdan bahsli tushuncha. Stoik faylasuf Mark Avreliy: “Inson o‘z yo‘lini tanlamaydi, lekin u yo‘lda qanday yurishini tanlaydi,” degan. Zamonaviy neyropsixologiya esa taqdirni “genetika va muhitning kesishgan nuqtasi” deb izohlaydi. Ya’ni bizning tug‘ma xususiyatlarimiz va tarbiyamiz kelajak yo‘limizni chizadi.
Rejalashtirish – inson ongining eng katta quroli. Psixolog Walter Mischel olib borgan mashhur “marshmallow testi” shuni ko‘rsatdiki: kelajakka qarab ongli reja qila olgan bolalar keyinchalik hayotda muvaffaqiyatliroq bo‘lishgan. Reja – bu tasodifni kamaytirish va taqdirning cheklovlarini kengaytirish mexanizmi.
Xulosa: Tasodif bizni sinaydi, taqdir chegaralaydi, lekin rejalashtirish ularni yenga oladigan yagona kuchdir. Har bir inson o‘z taqdirini qay darajada o‘zgartira olishi – uning qanchalik rejalashtirishni uddalay olishiga bog‘liq.
Bugun qilayotgan kichik bir rejangiz ertaga sizni “tasodif” yoki “taqdir” deb ataydigan voqeaning muallifiga aylantirishi mumkin.
Siz hozir qaysi yoʻldasiz?

🤝14