Avaz Ravshanov
1.91K subscribers
3 links
botin va zoxir rivojlanishi
Download Telegram
Imom Buxoriy – izlandi, o‘rgandi, sayohat qildi va nihoyat "Al-Jome' as-Sahih" kitobini yozib qoldirdi.

Imom G‘azzoliy – yozdi: “Ihyo ulum ad-din” – bu axloq, tasavvuf, falsafa va fiqhni birlashtirgan ilmiy yadro.

Aristotel yozmaganida, mantiq hali ham og‘zaki darajada qolgan bo‘lardi.

Platon yozmaganida, bugungi siyosat nazariyalari yo‘q edi.

Ibn Sino “Tib qonuni”ni yozmaganida, tibbiyot asrlar ortda qolgan bo‘lardi.

Qo‘limizdagi har bir algoritm, har bir telefon – bu Al-Xorazmiy yozib ketganlarning samarasidir.

Abdulla Qodiriy "O‘tgan kunlar"ni yozmaganida, o‘tmishimiz qanday bo‘lganini tasavvur qilish og‘irlashgan bo‘lardi.

Tolstoy yozmaganida, urush va tinchlik haqida faqat tarixchilar fikr yuritar edi.

Dostoyevskiy yozmaganida, inson ruhiyatining tub-tubiga hech kim tushmagan bo‘lardi.

Jordan Petersonning 12 hayot qonuni yozilmaganida, bugungi yoshlar psixologiyada adashishda davom etgan bo‘lardi.

Robert Greene yozmaganida, inson tabiatining qonunlarini faqat o‘z boshimizga tushganda tushunardik.

Siz o‘ylayotgan narsa buyuk bo‘lishi mumkin, dunyoni o‘zgartirishga arziydigan fikr bo‘lishi mumkin.
Lekin siz YOZMAGUNINGIZCHA, u faqat siz bilan birga yashaydi, va siz bilan birga yo‘qoladi.

Shunchaki yozing. Oddiy qog‘ozga. Oddiy tilda.
Lekin yozib qoldiring. Bugun siz yozgan narsa, ertaga kimningdir hayotini o‘zgartirishi mumkin.

@AvazRavshanov_blog
🤝29
Tuy qilasiz — videochining rizqi.
Qiz uzatasiz — o‘zga uyning rizqi.
O‘qituvchisiz — o‘quvchilarning rizqi.
Shifokorsiz — bemorning rizqi.
Tikuvchisiz — matolar rizqi.
Fermermisiz — bozordagi xaridor rizqi.
Haydovchisiz — yo‘lovchining rizqi.
Oshpazmisiz — hurandalarning rizqi sizga beriladi.

Rizqni qiyma.
Rizq Allohdan
Biz esa - vositamiz, sababmiz, sinovmiz.

@AvazRavshanov_blog
🤝30