Avazbek Tulovov | Blog
507 subscribers
171 photos
33 videos
1 file
69 links
✔️Registon ta‘lim loyihasi asoschisi

▪️Ta'lim tizimi
▪️Shaxsiy rivojlanish

🖊 @tulovov_avazbek
Download Telegram
Forwarded from Registan LC
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev “Registon” Uchtepa akademiya filialiga tashrif buyurdilar. Filial rahbari Axrorjon Suyunov va bir qator faol Ustozlarimiz va O’quvchilarimiz bilan suhbat olib bordilar.

Biz Uchtepa akademiya filialimizga yanada rivoj, fayz va baraka tilaymiz! 💝

Bizning kanal:
💬 @Registan_LC
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Registon ta'lim loyihasining "yo'li"

Oliy maqsadimiz:
O'zbekiston ta'limini dunyoda birinchi o'ringa olib chiqish,
Bizning asosiy vazifamiz: Sifatli ta'limni tizimli ravishda yo'lga qo'yish.

Qadriyatlarimiz:
1) Sifatli ta’lim.
Jamoaning barcha a’zolari sifatli ta’lim uchun
kurashishlari shart.
2) Natijaviylik. Biz sifatli ta’limni ta’minlasak, natijalar
yaxshilanadi. Natijaga imkon qadar qisqa vaqtda erishish uchun
harakat qilamiz.
3) Mas’uliyatlilik. Sifat va natijaga erishishimiz uchun har
birimiz mas’uliyatni bo‘ynimizga olishimiz shart.
4) O‘z ustida tinimsiz ishlash va missiyamizga sodiqlik.
Jamoaning barcha a’zolari o‘z ustida tinimsiz ishlashi tabiiy
qonuniyatdir.

Yuqoridagi maqsad va vazifalarimizga ta'rif berish va ular haqida ma'lumotlar ulashish uchun mavzuning mayda detallarigacha kirib boramiz!

P.S. Registonning ta'lim bo'yicha strategiyasini berib boramiz. Sizda fikrlar bo'lsa, bildirsangiz xursand bo'lardik.
Registon ta’lim loyihasi haqida qisqacha...

    Sifatli ta’lim natijaga asoslangan bo‘ladi.  O‘z navbatida, ta’lim sifatini oshirish juda ko‘p omillarga bog‘liq. Shuni hisobga olgan holda, biz tizim shakllantirib, turli loyihalarni bir missiya atrofida birlashtirmoqdamiz.  Ular:

   1. Registon o‘quv markazi
   2. Regbooks nashriyoti
   3. Registan school*
   4. Registon Universiteti*
   5. Regprint poligrafiya
   6. Registan IT Group
  
Bu loyihalar orasida allaqachon o‘z o‘rniga ega bo‘lganlari ham, endi rivojlanib kelayotganlari ham, yaqinda tashkil etiladiganlari ham bor.
Bizda  ta’lim bo‘yicha loyihalar ko‘p, ularning o‘z vazifalari va maqsadlari turlicha. Lekin har bir loyihaning missiyasi bitta, ya’ni biz O‘zbekistonni ta’lim orqali rivojlangan jamiyatga aylantirishni niyat qilganmiz. Avvaliga bitta Registon deb o‘yladik. Keyin bizdek fikrlaydiganlar ko‘pligini angladik. Ular bilan birlashdik va ta’limni rivojlantirishni niyat qilgan jamoaga aylandik. Butun salohiyatimizni birlashtirib, buyuk missiyamizni bajarish uchun yo‘lga chiqdik.

Bizning kompaniya O‘zbekiston ta’limini dunyoda 1-o‘ringa olib chiqadi!

Butun Registonni mana shu Oliy maqsad birlashtirib turadi!
🔥 QARSHIDA PSIXOLOGIK TRENING

Mustaqil hayotga qadam bosib oliy o'quv yurtlariga kirish uchun tayyorgarlik ko'rayotgan yoki endi boshlayotgan abituriyentlar, xorijiy tillarni o'rganish uchun tinimsiz mehnat qilayotgan o'quvchilar uchun Registon o'quv markazi Qarshi filialida motivatsion trening bo'lib o'tadi!

🗣 Speaker: Avaz Tulovov (Registon ta'lim loyihasi asoschisi)
✍️ Mavzu: Maqsad qo'yish va uni amalga oshirish yo'llari va usullari!
🕚 Vaqti: 12-fevral 11:00 da
🆓 Qatnashish: Bepul
☝️ Faqat: Kelib ro'yxatdan o'tish kerak!

Batafsil ma'lumot uchun:
📞 +998937632700
👨‍💻 Administratorga yozing

📍 Manzil: Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi (1 yo'li), Eski Beeline binosi
📌 Mo'ljal: San'at kolleji yonida, Asia Alliance Bank ro'parasida

Telegram | Instagram | Facebook
🎙Registonda o'qish sizga nima beradi?

📈 Hozirda Respublika bo'ylab 27 ta filial hamda 15.000 nafardan ortiq o'quvchilarga ega Registon o'quv markazida o'qishning afzalliklari haqida Podcast tashkil etilmoqda.

Quyidagi savollarga javob olasiz:

1️⃣. Registon ta'lim loyihasi tarixi?
2️⃣. Registonda ta'lim olish imtiyozlari?
3️⃣. Registon sizga nima bera olmoqda?
(savol-javob shaklida)

Podcastda spiker sifatida Registon ta'lim loyihasi asoschisi Avazbek Tulovov ishtirok etadilar hamda sizda jonli efir vaqtida ularga to'g'ridan-to'g'ri savollaringizni berish imkoni bo'ladi.

🗓 Vaqti: 9-fevral 20:00
🎙 Spiker: Avazbek Tulovov
📍 Manzil: t.me/Avazbek_Tulovov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Registan LC
“Registon” ta’lim loyihasi asoschisi Ustoz Avazbek Tulovov bilan ovozli suhbatimiz boshlandi.

🎙 Suhbatga qo’shilish uchun:
https://t.me/avazbek_tulovov?livestream

Suhbat davomida quyidagi savollarga javob olasiz:

1️⃣. Registon ta'lim loyihasi tarixi?
2️⃣. Registonda ta'lim olish imtiyozlari?
3️⃣. Registon sizga nima bera olmoqda?
(savol-javob shaklida)

“Registon”da tahsil oladigan do’stlaringizni taklif qilishni unutmang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Registon” ta’lim loyihasi asoschisi Ustoz Avazbek Tulovovga ushbu postning izohlar qismida savolingizni qoldirsangiz bo’ladi.
Forwarded from Registan LC
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ota-onang eng yaxshisiga munosib!

Mardikorlik halol mehnat, lekin sen bunga rozi bo'lmasliging kerak. Oila a'zolaringga nimalarga qodir ekanligingni isbotla!

O'qi!

Darslarimizga yozilish uchun:
— 971082700
@Registan_Call

Bizning kanal:
👉 @Registan_LC
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Maqsad sari yana bir qadam!

Hozir yana bir ulkan loyiha “Registon Universiteti”da qurulish ishlari juda qizg’in ketmoqda. Ikki fakultetdan iborat bu maskanda 1000 lab yoshlar tahsil olishadi, nasib.

Maqsadimiz haqida har doim va har yerda gapirib kelamiz, ya’ni O’zbekiston ta’limini dunyoda birinchi o’ringa olib chiqish uchun harakatdamiz!

👉🏻 Xudo xohlasa bu maqsad yo’lida hali xuddi shunday 100 lab ta’lim dargohlarini barpo etamiz. Siz, biz bilanmisiz?
🔥17👍12👏4🤝4🕊31🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
UMUMREGISTON KONFERENSIYASI 2023 TELEKANAL NIGOHIDA

🖤 YouTube orqali tomosha qilish

Video lavha "Madaniyat va ma'rifat" telekanali muharriri Hasanboy Ismoilov tomonidan tayyorlangan.

Ta'lim loyihamiz nomidan telekanal jamoa a'zolariga minnatdorchilik bildiramiz.

Bizning kanal:
👉 @Registan_LC
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍32💯211
Forwarded from Registan University
Tez oradaRegistan University!

Poytaxtimizning markazida yangi nodavlat oliy ta'lim muassasasiga asos solinmoqda. Ayni vaqtda faoliyatini yuridik tomondan mustahkamlash borasidagi litsenziya olish jarayonlari jadal davom ketmoqda.

Eslatib o'tamiz, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning 31-moddasiga asosan, litsenziyaga ega nodavlat oliygohlarning diplomi Oʻzbekistonda tan olinadi.

☺️ @Registan_University
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍196
Maktabning partalarida millat kelajagi hal bo’ladi!

Biz tashkil qilayotgan Registon maktablari xalqimizga va ajdodlarimizga munosib bo’lgan yoshlarni tarbiya qilishda o’zining hissasini qo’shishi uchun butun bir jamoa harakat qilmoqda.

Bizni bu fikrdan qaytarganlar ko’p bo’ldi. Chunki maktabda universitetga qaraganda joy masalasi qiyinroq, foyda kamroq, marja esa umuman past. Lekin biz faqat moliyaviy foydani o’ylab bu ishga kirishmadik, chunki maktabning partalarida millatning taqdiri hal bo’ladi.

Maktab - farzandlarimizga ilm berishning muhim bosqichi. Hatto jadid bobolarimiz maktab qilish mushkul davrda jonlarini fido qilib bo’lsa-da xalqni ilm ila uyg’otish uchun harakat qilishgan. Hozir bizda katta imkoniyatlar bor.

Xudo xohlasa, keyingi yilga maktablarimiz Toshkent shahri va viloyatida ochiladi. Keyingi yillarda respublikaning barcha viloyat va tumanlarida ochishni reja qilib turibmiz.

Registon jamoasi xalqimizning ilm taraqqiyotida harakatda, siz duoda bo’ling, azizlar!

@avazbek_tulovov
🔥15🫡7👍4❤‍🔥33
Xususiy maktab nima degani o'zi?

🏢 Xususiy maktab - bu boshlang'ich yoki o'rta ta'limga mo'ljallangan nodavlat ta'lim muassasasi bo'lib, uning faoliyati asosan o'quvchilardan olinadigan to'lovlardan qisman yoki to'liq qoplanadi.

Oddiy qilib aytganda, xususiy maktab o'quvchilarning ota-onalari tomonidan moliyalashtiriladi

Davlat maktabidan farqli o'laroq, xususiy maktab uchun ta'lim sifati, maktabdan tashqari rivojlanish imkoniyatlari va o'quvchilarning o'quv natijalaridan qoniqish hosil qilishi va uni yanada oshirish juda muhimdir.

Eslatib o'tamiz, yangi o'quv yilidan Registan School nodavlat umumta'lim muassasasi o'z faoliyatini boshlash arafasida turibdi. Hozirda o'quv binosida qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.

☺️ @Registan_School
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🫡1
Registonning ta’lim falsafasi qanday bo’ladi?

Registonning maqsadi – sifatli ta’lim berish va bu ta’limning natijasini ko’rsata olish.
Registon tashkil etilgandan to hozirgacha asosiy diqqat natijaga qaratildi. Registonning faoliyati abituriyentlarni tayyorlash yo’nalishida bo’lgani sabab unda kuchli repititor ustozlar jamoasi shakllandi hamda bu jamoaning birdan bir maqsadi o’quvchini natijaga olib borish bo’ldi. 2013-2014-o’quv yilidan hozirgacha o’nminglab yoshlar turli natijalarga erishdilar. Xo’sh, natija deganda Registon nimani tushunadi? Natijani hamma turlicha tushunishi mumkin, lekin biz uchun asosiysi ota-ona va o’quvchining Registonga kelgandagi maqsadiga yetishi tushuniladi. Odatda, Registonga biror fan yoki tilni chuqurroq o’rganish va shu asosda qaysidir imtihondan yuqori natija olishni maqsad qilishadi. Bizning ustozlar o’quvchining shu maqsadga erishishiga yordam berishadi.

Registonning ta’lim falsafasi, oddiy, natijaga yetkazish, ko’pchilik, natija asosiy emas, maqsadga olib boruvchi yo’l, jarayon muhim deyishadi. Bu to’g’ri fikr, lekin biz o’quvchilar bilan ishlaymiz. Ular 12-22 yoshlar atrofida, ularga kichik-kichik g’alabalar kerak. Ular shu yutuqlar bilan katta maqsadlar sari ishonch bilan borishadi. Bolalar uchun kichik bo’lsa-da, natija muhim, g’alaba muhim. Biz bunga yordam berib keldik va kelmoqdamiz! Bizning o’quvchilar Yuridik yoki Diplomatiya Universitetlariga kirsalar ham bu kichik g’alaba ekanligini bilishadi. Sababi Oliygohga kirish bu boshlanishi ekanligini, yaxshi mutaxassis bo’lish va bu orqali oilasiga, jamiyatiga xizmat qilish yo’lidagi katta maqsadlariga erishishi mana bu “natija” ekanligini tushunishadi.

@Avazbek_Tulovov
👍24🫡84💯21
Forwarded from Registon xususiy maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#мулоҳаза

Ўқитувчи - келажагимиз бунёдкоридир!

Узоқ йиллар давомида буюк келажак ҳақида кўп гапирдик: "Ёшлар келажагимиз бунёдкоридир". Аслида хато шиор бу.

Келажагимизнинг ҳақиқий бунёдкори - бугунги ўқитувчилардир. Ўзбекистоннинг келажаги - ўқитувчиларнинг асаридир. Бугун ёзилаётган асаридир.

Бугунги ўқувчиларга замонавий талабларга жавоб бера оладиган ўқитувчиларсиз, лабараторияларсиз, китобларсиз халқаро даражадаги стандартларга мос таълим бермасдан, эртага буюк келажакни кутиш - энг катта хатодир.

😊 @Registan_School
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥32🤯1
NIMA UCHUN BOSHLANG'ICH SINFDA INDIVIDUAL E'TIBOR MUHIM?

🗄 Eng yaxshi xususiy maktab albatta yuqori sifatli ta'limni taklif etadi. Sifatli ta'lim alohida e'tiborsiz bo'lmaydi. Individual e'tibor esa ta'limning muhim tarkibiy qismidir.

👉 Individual e'tibor muammolarni tezroq aniqlaydi

Individual e'tibor bola uchun hartomonlama foydalidir. Sinfdagi har bir o'quvchini rivojlantirish, agar qo'shimcha yordam kerak bo'lsa, uni erta aniqlashni ta'minlaydi.

👉 O'quvchilar o'zlarini yanada ishonchli his qilishlari mumkin

Bolalar o'zlarini eshitadigan muhitda yaxshi rivojlanadi. Har bir bola o'z savollariga javob olishni va o'qituvchisi ularning gaplariga e'tibor berishini xohlaydi. Sinf xonalari gavjum, o'qituvchilar har bir savolga javob berishga va bolalarga munosib e'tibor berishga qiynaladi. Sinfdagi o'qituvchi–o'quvchi dialoglari esa o'rganishning eng yaxshi usullaridan biridir. Bolalarga ta'lim berish jarayonida zarur bo'lgan individual e'tibor berilsa, ular tez rivojlanadi.

👉 Ishonchni rag'batlantiradi

Agar bola ustozi tomonidan tinglansa va uning yaxshi o'qishi qadrlanishini his qilsa, ulardagi o'ziga bo'lgan ishonch yuksaladi. O'qituvchisi bilan ishonchli munosabatda bo'lgan o'quvchi sinf qoidalariga yaxshiroq moslashadi, e'tibor beradi va maktabga bo'lgan chinakam ishtiyoq uyg'onadi.

Eng yaxshi xususiy maktabda o'qiyotgan boshlang'ich sinf bolalari akademik o'sishi va rivojlanishi uchun zarur bo'lgan e'tiborni bemalol oladi. Va shu sababli ham ular maktabdan zavqlanishadi.

👉 Xususiy maktabdagi kichik sinflarning ahamiyati

Xususiy maktablar davlat maktablariga qaraganda ancha kichik sinflarga ega. Sinfdagi o'quvchilar sonining qisqarishi har bir oʻquvchining ehtiyojlarini oson qondirishga imkon yaratadi. Bu esa ulardagi akademik muvaffaqiyatga yordam beradi.

🔥 Individual e'tibor albatta muhim!

😊 @Registan_School
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6