Avazbek Tulovov | Blog
507 subscribers
171 photos
33 videos
1 file
69 links
✔️Registon ta‘lim loyihasi asoschisi

▪️Ta'lim tizimi
▪️Shaxsiy rivojlanish

🖊 @tulovov_avazbek
Download Telegram
Live stream scheduled for
🔥Registon jamoasi uzoq yillik tajribasini butun vatanimizga yoyib, ta'lim va tarbiya rivojiga o'z hissasini qo'shishga tayyor!

⚡️Ta'lim sohasidagi kuchli insonlarga ehtiyojimiz bor. Chunki biz keng ko'lamda harakatlanishni boshladik. O'zbekiston ta'limi rivojiga o'z hissasini qo'shmoqchi bo'lgan barcha niyati ezgu insonlarni hamkorlikka chorlaymiz!
Live stream started
Live stream finished (2 hours)
Ta'lim haqida...

Ta’lim sohasi insonning hayot mazmuni bilan bog’liq strategik uzoqni mo’ljallash san’atidir
. Ta’lim, bizning nazarimizda, mayda tomchilar kabidir. Bu tomchilar bilim deb atalsa, ular yig’ilib bir dengiz bo’lishini sabr bilan kutuvchi ustoz va shogirddan iborat, o’ziga xos ixlos qo’yish asnosida biror yutuqqa erishiladigan uzoq muddatli hayotda yashashdan maqsad hisoblanadi.

Bilimga intilish hayotga talpinishdir!!!
26.12.2021. Registon ta'lim loyihasining Yil sarhisobi bo‘lgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

300 dan oshiq Registon jamoasi bir joyga ilk bor to‘plandi. Bu tarixiy voqea hisoblanadi. Sababi, Registon to‘yxonasida yig'ilgan jamoada ilk bor viloyatdagi filiallardan kelgan ustozlar va menejerlar ham ishtirok etishdi.
26.12.2021. Registon ta'lim loyihasining Yil sarhisobi bo‘lgan tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bu tadbirni Tarixiy deya olamiz, sababi unda 300 dan oshiq Registon jamoasi bir joyda to‘plandi va 2022 yil va undan keyingi yillar rejalari bilan tanishdilar. Barcha rejalar bitta Oliy maqsad "O‘zbekiston ta‘limini dunyoda birinchi o'ringa olib chiqish" atrofida ishlab chiqilganligini jamoa qo'llab-quvvatladi.
"Atom odatlar" ni butun jamoa o‘qishi zarur bo‘lgan kitoblar safiga qo‘shdim. Ajoyib kitob ekan. Barcha o'sishni istaganlarga tavsiya qilamiz.

P.S. Asaxiybooks asoschisi do'stimiz Firuzbek Allayevga alohida rahmat. Butun Registon jamoasi "Asaxiybooks" kitoblarining muxlisi ekanligini bildirib o‘tamiz.
Forwarded from Registan LC
"Maqsadlarga mos xulq" mavzusida Ikrom Sharif bilan tarbiya darslari

Registon TV loyihasi orqali sizga tanish boʻlgan, bir necha turdagi mashhur koʻrsatuvlar muallifi va boshlovchisi, hamda hozirgi kunda "Sakinat oila maktabi asoschisi" Ikrom Sharif bilan tarbiya darslari boʻlib oʻtadi.

Darslar orqali odob-axloq tushunchasi, jamiyat oldidagi vazifalarimiz, uyda va maktabdagi odoblar, ko'chada yurish odobi, kattalarni hurmat qilish, yomon sifatlar bayoni kabi mavzularda Ikrom Sharif o’z bilimlari bilan o’rtoqlashadilar.

❗️Ushbu darslarimizda faqatgina Registon o'quv markazining o'quvchilari ishtirok etishlari mumkin bo'ladi.

Darslar jadvalini yuqoridagi suratda ko'rishingiz mumkin.

👉 Darsga ro'yxatdan o'tish

📞 Tel: +998555002700

🔴 YouTube sahifa