Avazbek Tulovov | Blog
508 subscribers
171 photos
33 videos
1 file
69 links
✔️Registon ta‘lim loyihasi asoschisi

▪️Ta'lim tizimi
▪️Shaxsiy rivojlanish

🖊 @tulovov_avazbek
Download Telegram
​​Ta‘lim berishda erkak ustozlar o'rni qanchalik muhim?

👩🏻‍🏫 Biz ta‘limda ayollarning ham o'rni muhim deb hisoblaymiz. Shunday ekan, tahlil qilamiz:

👉 Ayollar erkaklarga nisbatan sabrliroq bo'lishadi, o'zlashtirishi qiyin, sho‘xroq bolalarga og‘irroq munosabatda bo'lishadi;

👉 Bolalar 12 yoshgacha erkaroq, mehr-muhabbatga tashna bo'lishadi, ularga mehrni ayollarimiz ko'proq berishadi. Erkaligini o‘z farzandlaridek ko‘tarishadi. Erinmasdan o‘rgatishdan charchashmaydi;

👉 Ayollar ta‘limda uzoq yillar davomida ishlashadi. Asablari erkaklarnikidan chidamliroq hisoblanadi.

👨🏻‍🏫 Erkak ustozlarning o'rni 12 yoshdan boshlanadi. Tahlil qilamiz:

👉 O‘smirlik davri boshlanishi bilan erkak ustozlarning tarbiya masalasida o'rni bilina boshlaydi;

👉 Erkak ustozlar matematika, fizika, kimyo, tarix fanlarini o‘rgatishga qat‘iyatli qarashlari bilan yordam beradi;

👉 O'smirlik yoshida bolalarimiz o'zlari uchun ideal izlay boshlaydi. Erkak ustozlarning xarizmasi o‘quvchilar uchun mana shu davrda juda kerak bo'ladi;

Demak, bizningcha kichik maktab yoshida ko'proq ayol ustozlar bo'lgani ma'qulroq ekan.
Katta maktab yoshida esa, erkak ustozlar maktabda ko'proq bo'lishlari kerak.
Tarbiya masalasida erkak ustozlarning qattiqqo‘lligini hozirgi kunda juda bilinmoqda. 5-sinfgacha bolalarimiz orasida a‘lochilar ko‘p. 5-9 sinfgacha a‘lochilar anchagacha kamayadi. 10-11 sinflarda esa, bitta ikkitaga tushib qoladi.

Buning sabablari:
1. Bolalarimiz erkaligini davom ettiraveradilar. Sababi ayol ustozlarimiz soni ko'pligidan mas‘uliyatni his qila olishmaydi;
2. Ularda maqsadning yo‘qligi;
3. A'lochi bo'lish 10-11-sinflarda yaxshigina qoralanadi. Bilmadim, bu odat qayerdan olingan.

Xullas, biz loyihalayotgan maktabda, ayol ustozlar 5-sinfgacha ko'proq bo‘ladi. Undan so'ng, ma'lum fanlardan, albatta, erkak ustozlar dars o‘tishadi.

Siz nima deb o'ylaysiz, maktablarda ko‘proq erkak ustozlar dars o'tishlari uchun oyliklarni qanchaga ko'tarish kerak?

📲 @Avazbek_Tulovov
Forwarded from Registan LC
⚡️​​Abituriyentlarga Registon o'quv markazi asoschisidan imtihonoldi maslahatlar!

O'zining umrini Vatan ravnaqi yo'lida ta'limni rivojlantirishga sarflashga tayyor fidoiy inson, Registan LC, Regbooks, Regprint kabi bir qator muvaffaqiyatli loyihalar asoschisi Avazbek Tulovov 4-avgust kuni abituriyentlar uchun imtihonoldi maslahatlar treningining navbatdagi sonida spiker sifatida ishtirok etadilar.

Treningda faqatgina Registon o'quv markazining o'quvchilari ishtirok etishlari mumkin. Shuningdek, YouTube sahifamiz orqali jonli onlayn formatda barcha uchun efirga uzatiladi.

🗓 Vaqti: 4-avgust, soat 09:00
📹 Trening shakli: Onlayn (YouTube)

Ishontirib aytamizki, ushbu treningdagi bilimlar ham abituriyentlarimizga kirish imtihonlarda muvaffaqiyatga erishishlari uchun albatta o'z hissasini qo'shadi!

📲 @Registan_LC
Avgust oyi haqida...

Har yili avgust oyida dam olamiz deb o'ylab qo‘yaman. Lekin hech unday bo'lmagan.

Registonning barcha loyihalari ta‘lim bilan bog'liq bo'lgani uchun 1 sentabr biz uchun yilning boshi hisoblanadi.

O'quv yili uchun har jihatdan tayyorgarlik ko'rish, strategiya, taktikamizni qayta optimizasiya qilish, yangi filiallar ochilishi, ustozlar tanlovini o‘tkazish, menejerlarni tanlash va ularni o'qitish, yangi dars berish loyihalari ustida ishlash, xullas, hammasi avgust oyida qilinadigan ishlar.

P.S. bu oyda kanalga kamroq vaqt ajratayotganim shundan...
Forwarded from Registan LC
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bayramingiz muborak bo'lsin Aziz Ustozlar!

Registon o'quv markazi oilasidan bayram tuhfasi 💝

@Registan_LC
Registon ta'lim loyihasi haqida

Bugun bizning, Registon jamoasining, ta'lim loyihasi haqida fikrlarimni siz bilan baham ko'rmoqchiman:

Avvalo, bu ta'lim loyihasining maqsadi nima?

Sifatli ta’lim "natijaga" asoslangan bo‘ladi. O‘z navbatida, ta’lim sifatini oshirish juda ko‘p omillarga bog‘liq. Shuni hisobga olgan holda, biz, tizim shakllantirib, turli loyihalarni bir missiya atrofida birlashtirmoqdamiz. Ular:

1️⃣ Registon o‘quv markazi
2️⃣ Regbooks nashriyoti
3️⃣ Registan kindergarten & school
4️⃣ Registon Universiteti
5️⃣ Regprint poligrafiya
6️⃣ Registan IT school

Bu loyihalar bir butun Registan Group Company'ni tashkil etadi. Ularning orasida allaqachon o‘z o‘rniga ega bo‘lganlari ham, endi rivojlanib kelayotganlari ham, yaqinda tashkil etiladiganlari ham bor.

Bizda ta’lim bo‘yicha loyihalar ko‘p, ularning o‘z vazifalari va maqsadlari turlicha. Lekin har bir loyihaning missiyasi bitta, ya’ni biz O‘zbekistonni ta’lim orqali rivojlangan jamiyatga aylantirishni niyat qilganmiz. Avvaliga bitta Registon deb o‘yladik. Keyin bizdek fikrlaydiganlar ko‘pligini angladik. Ular bilan birlashdik va ta’limni rivojlantirishni niyat qilgan jamoaga aylandik.

Butun salohiyatimizni birlashtirib, buyuk missiyamizni bajarish uchun yo‘lga chiqdik!

👉 @Avazbek_Tulovov
🔥 SAMARQANDDA MOTIVATSION TRENING

Mustaqil hayotga qadam bosib oliy o'quv yurtlariga kirish uchun tayyorgarlik ko'rayotgan yoki endi boshlayotgan abituriyentlar, xorijiy tillarni o'rganish uchun tinimsiz mehnat qilayotgan o'quvchilar uchun Registon ta'lim loyihasi asoschisi Avazbek Tulovov tomonidan Samarqand viloyatida maxsus motivatsion trening bo'lib o'tadi.

📝 Mavzu: Maqsadni aniqlash
Vaqti: 17-oktabr
🆓 Qatnashish: BEPUL

📍Samarqand shahar filialida (soat 09:00)
🗺 Manzil: Samarqand shahri, Mirzo Ulug'bek ko'chasi 32-uy
Mo‘ljal: Samsung texnika do'koni. "Povorot"
☎️ +998940042700

📍Paxtachi tuman filialida (soat 14:00)
🗺 Manzil: Paxtachi tumani, Ziyovuddin shaharchasi, M.Rayimqulov ko'chasi 7-uy
Mo‘ljal: Visol to'yxonasi
☎️ +998938022700

Kanalga ulanish:
👉 @Avazbek_Tulovov
Bugun Registon ta'lim loyihasi asoschisi Ustozimiz Avazbek Tulovov Samarqand yoshlariga to'g'ri maqsad qo'yish mavzusida o'z bilimlarini ulashdilar. 📈

Yoshlarning ko'zi yonganligi, trening davomidagi aktivligi bizni juda quvontirdi. 🤩

Ushbu treningni tez kunda YouTube dagi kanalimizda ko'rishingiz mumkin bo'ladi.

Treningni chiroyli o'tkazishda yordamlashgan Registon Samarqand filiali jamoasiga minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

📸 Trening davomidagi fotosuratlar:
https://telegra.ph/SAMARQANDDA-MOTIVATSION-TRENING---1-dars---Maqsad-qoyish-10-17

📲 @Registan_LC
🌏 Дунёда ўқитувчи бўлишнинг қиймати

🇮🇹 Италияда
Учта касб эгалари тирбанд йўлда қолмаслиги керак:
Тез ёрдам, ўт ўчирувчилар ҳамда ўқитувчилар.

🇫🇷 Францияда
Бойлар ўз яшаш жойлари билан мақтаниш учун ўқитувчилар билан бир ҳудудда яшашга интиладилар.

🇸🇪 Швецияда
Биринчи фарзандим шифокор, аммо иккинчи фарзандим ундан яхшироқ касб эгаллашни истайди, яъни ўқитувчи бўлмоқчи.

🇩🇪 Германияда
Меркел норозилик билдираётган шифокорларга мурожаат қилди:
- Сизнинг маошингиз сизни ўқитган ўқитувчиларнинг иш ҳақидан юқори бўлишини кутмаслигингиз керак.

🇬🇧 Aнглияда
Бу бола даҳо, у ўқитувчидек фикрлайди...

🇯🇵 Японияда
Соясини топтамаслик учун ўқитувчидан етти қадам ортда юр
Forwarded from Registan LC
Registon o'quv markazlarida bugun (07.11.21) bo'lib o'tgan tadbirlar xronologiyasi

👉 https://telegra.ph/Registon-oquv-markazlarida-bugun-071121-bolib-otgan-tadbirlar-11-07

Yuqoridagi telegraf orqali siz:

🔸 IELTS Mock imtihoni
🔸 Registon Ta'lim Granti taqdirlash jarayoni
🔸 Ota-onalar majlisi
🔸 Speaking Club
🔸 Tarix - Squid Game

tadbirlarining suratlarini ko'rishingiz mumkin.

Kanalga ulanish:
👉 @Registan_LC
Xususiy ta‘limda raqamlar...

1. O‘quv markaz boshqaruvida raqamlar qanday ahamiyatga ega?
2. Qanday o'lchovlar asosida markaz rivoji belgilanadi?
3. Markaz statistikasi qanday yuritiladi?

Shu va boshqa savollarga javoblar qiziq bo‘lsa izohlarda qoldiring!

Shu mavzuda post yoki audio yozuv yo suhbat tashkillashtiramiz!
«Bir bola, bir oʻqituvchi, bitta kitob va bitta ruchka dunyoni oʻzgartirishga qodir. Taʼlim yagona yechimdir»

© Malala Yusufzoy
Registon o'quv markazida servis menejer lavozimi....

Ma'lumot uchun:
Registonda har bir o'quvchining o'z ustozi, yordamchi ustozi va menejeri mavjud.
O'quvchi ilk marta uchrashgan va uni Registon oilasiga olib kirgan menejer bu — servis menejer hisoblanadi. Uning vazifasi faqat oilaga olib kirish emas, balki uning Registonda o'qish vaqtidagi jamiki, savollariga yechib beradigan inson hisoblanadi.


Servis menejerning vazifalari:

1.
Yangi o'quvchini Registon oilasiga olib kirishi;
2. Yangi o'quvchini guruhga, fanga moslashib ketishini yengillashtirishi;
3. Ustozning guruhi o'quvchi uchun zerikarli yoki tushunarsiz bo'lsa, unga buning yechimini topishi; (Odatda, o'quvchi darajasidan pastroq guruh bo'lsa zerikadi, mavzu jihatdan oldindagi guruh bo'lsa tushunmaydi);
4. O'quvchining sifatli bilim olishi va maqsadiga imkon qadar tezroq yetishi uchun javobgar hisoblanadi.
5. Imtihonlar, tadbirlar, qo'shimcha darslar haqida xabar berishi;
6. Imtihon natijalari haqida ma'lumot berishi;
7. O'quvchi agar voyaga yetmagan bo'lsa, uning ota onasi bilan ishlashi;
8. O'quvchi markazda qandaydir muammoga yo'liqsa, unga yordam berishi;
9. Fanni/tilni o'zlashtirishdagi muammolarni yechishga yordam berishi;
10. Moliya menejeri bilan birgalikda to'lovlarda muammolar bo'lsa, bartaraf etishi;
11. Ustozni, guruhini yoki filialini almashtirishi;
12. Registonda o'qish davrida dars bilan bog'liq bo'lgan savollarga javob berishi;
13. O'quvchining taklifi yoki shikoyati bo'lsa, o'z menejeri orqali filial direktori va CEO ga chiqishi;
14. O'quvchi darsni to'xtatmoqchi bo'lsa, bu haqida o'z menejeriga xabar berishi va hisoblarni to'g'rilab olishi;
15. va boshqa shu kabi o'quvchining Registonda o'qish vaqtida tug'iladigan barcha savol va muammolarini yechib beradigan inson bu servis menejerdir.
Forwarded from Registan LC
Ha aytgancha yuqorida sanab o'tilgan tadbirlar bilan bir qatorda Registon o'quv markazining Akademiya filialida sizga xizmat ko'rsatuvchi menejerlarimizga ham bag'ishlangan maxsus trening bo'lib o'tdi.

Treningni Registon ta'lim loyihasining asoschisi Ustozimiz Avazbek Tulovov olib bordilar.

Har galgidek, menejerlarimiz o'z salohiyatligini rivojlantirib borishligi uchun trening so'ngida barchaligiga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xazratlarining "Ijtimoiy odoblar" kitoblari sovg'a qilindi. ☀️

Jamoamiz Sizga sifatli xizmat ko'rsatish va sifatli ta'lim berish uchun doim harakatda! 📈

📲 @Registan_LC