Avazbek Tulovov | Blog
507 subscribers
171 photos
33 videos
1 file
69 links
✔️Registon ta‘lim loyihasi asoschisi

▪️Ta'lim tizimi
▪️Shaxsiy rivojlanish

🖊 @tulovov_avazbek
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎯 O‘qi, "Registon" bilan o‘zgartir!

Ilm har zamonda insonni jarlikdan olib chiquvchi kuch bo‘lib kelgan. Odamzod tug‘ilibdiki, ilmga muhtojdir.

🚀 Registon ta'lim loyihasi Shokir Shukurboyev bilan hamkorlikda yoshlarimizning dunyoqarashini kengaytiradigan, o‘zgarishga undaydigan, ilmga chorlovchi ajoyib qo‘shiqni e'tiboringizga taqdim etadi.

💯 Har xil behuda narsalarga chalg‘imang! O‘qing, "Registon" bilan o‘zgartiring!
👍11🔥5
Forwarded from Registan LC
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤩 IELTS 9.0 egasiga Monza topshirildi!

"Registon" o'quv markazining ingliz tiliga qaratayotgan e'tibori va bu borada o'z o'qituvchilariga yaratib berayotgan sharoitlari o'z mevasini berdi.

Xabaringiz bor Farg'ona filialimiz IELTS instruktori Javohir Mahkamov "Registon"ning va Farg'onaning ilk Niner'i bo'lishga muvaffaq bo'ldilar. Ustozimizning bu yutuqlarga erishishlarida “Registon” o’quv markazining ham o’rni katta.

🔥 Jamoamiz a’zolarini doimiy ruhlantirib borish va qilgan mehnatlarini munosib taqdirlash uchun ustozimiz Mr. Javohir Mahkamovga o’quv markazimiz tomonidan va'da qilingan Monza avtomobili tantanali ravishda topshirildi.

😇 Siz ham Mr. Javohirdek ahil, doim qo'llab-quvvatlovchi va tobora rivojlanib borayotgan jamoada ishlashni istasangiz, "Registon"ga keling va oilamiz a'zosiga aylaning!

Instagram | Youtube
105🔥3👍2
Registon Xususiy Maktabi o’z kampusida qanday imkoniyatlar taqdim etmoqda?

So’nggi texnologiya va jihozlar bilan ta’minlangan o’quv xonalari
Katta kutubxona
Ilmiy labarotoriya
Sport majmuasi: tennis, ot minish va basseyn
Maxsus oshxona
24 soat xavfsizlik va tizimli videokuzatuv

Farzandining har tomonla rivojlanishi va xavfsizligini ustun qo’ygan ota-onalar Registonni tanlashmoqda

Batafsil ma’lumot uchun quyidagi raqamga bog’lanasiz:

☎️ +998947002700

_

Какие возможности предлагает частная школа Registan на территории своего кампуса?

Современные учебные здания с инновационным оборудованием
Обширная библиотека
Научная лаборатория
Спортивный комплекс: теннис, верховая езда и бассейн.
Специальная кухня.
Круглосуточная охрана и систематическое видеонаблюдение.

Родители, которые ставят во главу угла всестороннее развитие и безопасность своего ребенка, выбирают Registan.

Для получения дополнительной информации обращайтесь по номеру:

☎️ +998947002700

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
Yangilik!

Qizg'in hayot ichida yashayman. O'zimdan juda katta kutuvlar qilaman. Qila olmasam, ayovsiz ayblayman, jazolayman. Inson qanday o'zini jazolashi mumkin ekan, deysizmi? Eng osoni shu aslida, bu haqida keyinroq yozaman.

Xullas, har kuni hayot, inson haqida juda ko‘p o'ylayman. To'g'risi, men (inson) va mening hayotim ustida tadqiqotlar o‘tkazaman. Aqlimni taniganimdan beri o'zimni tanishga harakat qilaman. Lekin bir katta natijaga erishganman deya olmayman. Biladiganim bu umrimning oxirigacha davom etadi.

Yangilik deydigan joyiga keldik, 2000-yildan beri (rosa 24 yil) fikrlarimni o‘z ichimda o'ylab, ularni o‘z davrimga sodiq qolgan holda qog'ozga tushirardim. Atrofga qarasam zamondan ancha orqaga qolib ketibman. Zamon bilan hamnafas bo‘lib ularni ijtimoiy tarmoqlarda qoldirishga qaror qildim. Fikrlarim orasida xatolari ko'p bo‘ladi, turli izohlar yozib fikrlarimni tuzatsangiz faqat xursand bo'laman!
👍12🔥6
Qog‘ozga yozilishi mumkin bo‘lgan jumlalardan biri...

Kurashmoq... qanchalik ajoyib so‘z.
Hayot tinimsiz maqsadlar yo'lidagi kurashdan iborat. Umringni tikishga arzirli oliy maqsading bo‘lsa, uning uchun butun vujuding bilan kurashsang. Hayotning zavqini shundan chiqarsang... Bu hayotdan qachon, qanday ketishingdan qat‘iy nazar besamar yashamagan bo‘lasan...
9👍8🤝4
Kecha, bugun, ertaga.
23.08. 24.08. 25.08

Butun hayotimiz shu uchlik orasida o'tadi. Kecha Samarqandda edim. 2025-yilda ochilajak maktabimiz lokasiyasini aniqlash maqsadida bordim. Bugun Farg'onaga u yerdagi maktabga oid masalalar bilan boraman. Ertaga qayerda bo'laman, rejam bor, lekin o‘zim bilmayman.

Xullas, hayotimiz tarix, hozir va kelajak orasida o‘tadi. Men butun kuchni, menda nimaiki bo‘lsa barchasini hozirga ya'ni bugunga tashlash tarafdoriman. Bugunni qanchalik yaxshi o‘tkazsak, tariximiz ham, kelajagimiz ham orzumizdagidek bo‘ladi. Zero, biz faqat hozir, ayni o'tayotgan vaqtdagina nimadir qila olamiz, boshqa vaqtga ta'sir qila olmaymiz.
👍225👏2
Yo‘l...

Hozir yo‘ldaman. Kecha 4 soat yo‘l yurdim (Toshkent - Samarqand yo‘li), bugun 5 soat vaqtim yo'l (Toshkent - Farg‘ona)da o‘tadi.

Yo'l uchun ketgan vaqtim shunchaki o‘tadimi? Yo‘q, bu vaqtda men, odatda, butun rejalarimni qayta ko‘rib chiqaman, qilingan va qilinayotgan ishlarni tahlil qilaman. Xato va kamchiliklarni tuzatish yo'llarini izlayman.

Yo'lda bir o‘zim bo'laman. O‘zim bilan yolg'iz qolganda, ko‘p masalalar oydinlashadi. Voqelikka tepadan qarab, fikrlayman. Juda ko‘p qarorlar aynan yo'lda, tezlik 100+ holatda, qabul qilingan.

Hayotimiz ham yo‘l kabidir. To‘g‘ri yo‘lni tanlay olish va maqsad tamon tizimli harakat qilish juda muhim...
👍17👏6❤‍🔥32💯2
O‘gut

Og‘ir yigit, sening go‘zal, nurli ko‘zingda
Bu millatning saodatin, baxtin o‘qudim.
O‘ylashingda, turishingda hamda o‘zungda
Bu yurt uchun qutulishning borlig‘in ko‘rdim.

Turma - yugur, tinma - tirish, bukilma - yuksal,
Hurkma - kirish, qo‘rqma - yopish, yo‘rilma - qo‘zg‘al!

Yel yo‘lini to‘sib turgan eski bulutlarni
Yondirib qo‘y, yirtib tashla, barchasin yo‘q et.
Qilolmasang shu ishlarni,
Sening uchun xo‘rlikdir bu...
Yiqil, yo‘qol, ket!

Fitrat.

P.S. 25 yil davomida har safar shu she'rni o‘qisam yo eshitsam ko'zlarim yonadi, g‘ayratga to‘laman.
👍16👏42
Assalomu alaykum

Avaz aka man 2018-2019 Registonda o’qiganman. Registon jamoasi ikkinchi oilam edi.

Shuhrat, Yakkasaroy filiallariga har kuni ertalab borib kechqurungacha tayyorlanar edik. Barno opa( rus tili) Rustam aka (tarix) Zulfizar opa (ingliz tili) Temur aka ( ona tili) ustozlarim bo’lishgan. Undan tashqari, Islom aka, Botir aka, Alisher aka, Atham aka menejerlaga katta rahmat aytaman. Xayotimning eng yaxshi davrlaridan biri Registonda shu insonlar bilan o’tgan.

2018 yildan beri Registonning ambasadoriman desa ham bo’ladi😅 hammaga tavsiya qilaman, chunki rostan ham eng zo’ri.

Ha aytgacha, shuncha o’qib nima natija qildim? O’qishga byudjetga kirib, mana bitirib ham oldim. Hozir o’z kasbimning mutaxasisiman.

Registon oilasiga katta rahmat

Ha aytgancha, Registon bilan bog’liq yana bir orzuyim bor, nasib uni ham amalga oshiraman🤲 Orzuyim esa Registon jamoasi bilan bir safda ishlash🤲🤲🤲
👏16🔥8👍7
Registon maktabining Ideal bitiruvchisi kim? (Bitiruvchi potreti)

Bizning farzandlarimiz Registon maktabida 11 yil o‘qib bitirganda qanday "ko‘rinishda" bo‘ladi?

3 xil shaklda tushuntirishga harakat qilamiz.
1. Qisqa variantda: Axloqli, bilimli, sog'lom, vatanparvar, zamonaviy dunyoga tayyor.
2. Kengroq ma'noda:
- Umuminsoniy, qadriyatlarimizga mos axloqqa amal qiluvchi inson;
- Tanlagan sohasi bo’yicha dunyodagi eng yaxshi universitet talabasi
- Jismoniy sog’lom va to’g’ri yashash tarziga doim amal qiladigan farzand
- Vatanparvar – oilasini, ota-onasini, mahallasini, mamlakatini hurmat qiladigan va ularga xizmat qiluvchi farzand;
- Hayotga har tamonlama tayyor bo’lgan shaxs;
3. Juda keng ma‘noda: buning uchun alohida maqola yozishimiz kerak bo‘ladi.

t.me/avazbek_tulovov
👍13🤝41
Registon maktabining maqsadlari:

- sifatli ta’lim berish va bu ta’limning natijasini ko’rsata olish. Turli imtihonlar, olimpiadalar, zakovat, debatlar va shunga o’xshash turli aqlni charxlaydigan o’yinlarda;
- Tarbiyani amaliy tashkil etish, ya’ni ustozlar, menejerlarning shaxsiy namunasida, maxsus treninglarda, tarbiya darslarida milliy qadriyatlarimizga mos tadbirlarda;
- Jismonan sog’lom bo'lishga qaratilgan sport o’yinlarini tashkil etish;
- Vatanimiz tarixi, ayniqsa milliy qahramonlarimiz haqida mukammal ma‘lumot berish.

Qisqa qilib aytganda

Registon maktablarining maqsadi:
Aqlan, ruhan, jismonan barkamol avlodni yetishtirish...
13💯4👍2