Avazbek Tulovov | Blog
507 subscribers
171 photos
33 videos
1 file
69 links
✔️Registon ta‘lim loyihasi asoschisi

▪️Ta'lim tizimi
▪️Shaxsiy rivojlanish

🖊 @tulovov_avazbek
Download Telegram
Forwarded from Registan LC
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ko'pchilikka qiziq bo'layotgan "Registon" o'quv markazining "Tanlanganlar" loyihasi haqida suhbat!

Bugun "Registon" ta'lim loyihasi asoschisi Ustozimiz Avazbek Tulovov bilan Respublika miqyosida tashkil etilayotgan "Tanlanganlar" loyihasi haqida suhbatlashdik.

Ota-ona va ularning farzandligini qiziqtirayotgan bir qator savollarga javob olishga harakat qildik.

Yaqin vaqtlarda YouTube dagi kanalimizga videoni chiqaramiz.

"Tanlanganlar" loyihasining bepul imtihonida qatnashish uchun ro'yxatdan o'ting:
@Registan_Tanlanganlar_Bot

Bizning kanal:
👉 @Registan_LC
Registon o’quv markazi — Tanlanganlar
Xushnudbek.uz
“Регистон” ўқув марказининг «Танланганлар» (@Registan_tanlanganlar) лойиҳаси тақдимоти юзасидан ўтказилган овозли чатнинг тўлиқ аудиоси


👉 @xushnudbek 👈
Registon jamoasi. 31.08.2022.

Ustozlar va menejerlar konferensiyasidan lavhalar.
Assalomu alaykum!

Registon ustozlar jamoasi
sizlarni bugungi bayram bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Dunyodagi eng sharafli kasbni tanlagansiz, yoshlarga bilim berish, tarbiya qilishdek mas'uliyatli kasb. Ularga to'g'ri yo'lni ko'rsatish, ularni ilmga qiziqtirishdek kelajakning qanday bo'lishi belgilab beradigan insonlar sifatida sizlarning qadringiz biz uchun doimo yuqori.

Missiyamiz, O‘zbekiston ta‘limini dunyoda birinchi o'ringa olib chiqish, yo'lida siz ustozlar bilan bir jamoada ekanimdan faxrlanaman!

Ustoz sifatida doimo shogirdlar ardog‘ida bo‘lishingiz, ularning muvaffaqiyatlari, yutuqlarini ko‘rib doimo xursand bo'lib yurish hammamizga nasib qilsin!

Bayram muborak!!!
Forwarded from Registan LC
🔥 URGANCH VA NAVOIYDA MOTIVATSION TRENING

Mustaqil hayotga qadam bosib oliy o'quv yurtlariga kirish uchun tayyorgarlik ko'rayotgan yoki tayyorgarlikni endi boshlayotgan abituriyentlar, xorijiy tillarni o'rganish uchun tinimsiz mehnat qilayotgan o'quvchilar, Siz uchun "Registon" ta'lim loyihasi asoschisi Avazbek Tulovov tomonidan Xorazm va Navoiy viloyatlarida maxsus motivatsion trening bo'lib o'tadi.

📝 Mavzu: Maqsadni aniqlash
🆓 Qatnashish: BEPUL

🏆 Trening so'ngida filiallarimizda bo'lib o'tgan matematika va ingliz tili olimpiadasining oliy o'rin egalarini taqdirlash marosimi ham bo'lib o'tadi.

"Registon" Urganch filialining binosida
Vaqti: 6-noyabr, 13:00da
Manzil: Urganch shahri, Yangi Shovot yo'li
— Mo‘ljal: "Hyundai" avtosaloni qarama-qarshi tomoni
— +998931112700

"Registon" Navoiy filialining binosida
Vaqti: 13-noyabr, 13:00da
Manzil: Navoiy shahar, Xalqlar do'stligi ko'chasi 63
— Mo‘ljal: Navoiy viloyat hokimiyati
— +998908082700

Kanalga ulanish:
👉 @Registan_LC
Forwarded from Registan LC
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aldanib qolmang...

"Registon" ta'lim loyihasi rahbariyatining bugungi "Registon Praktikum" yig'ilishidan video lavha.

Ma'ruzachi: "Registon" ta'lim loyihasi asoschisi - Avazbek Tulovov

"Registon" ta'lim loyihasining maqsadlari:
https://t.me/Registan_HR/158

Bizning kanal:
👉 @Registan_LC
Forwarded from Registan LC
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Registon" ta'lim loyihasining asoschisi kim?

😊 Siz tahsil oluvchi ushbu maskanning zamirida shu darajaga yetishi uchun ko'plab insonlarning mehnati bor. Albatta "Registon"ning asoschisi Avazbek Tulovovning ham o'rinlari beqiyosdir.

🎙 Ustozimiz Avazbek Tulovov "Registon"ning rivojlanish yo'lida bo'lgan xatolar va kitob chiqarishning mashaqqatlari bo'yicha "Toshkent" telekanilining "Qimmatga tushgan xatolar" ko'rsatuvida aytib berdilar.

📹 To'liq suhbatni ko'rish uchun havola:
https://youtu.be/Nxm-ICOB3xg

Bizning kanal:
👉 @Registan_LC
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Registan LC
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev “Registon” Uchtepa akademiya filialiga tashrif buyurdilar. Filial rahbari Axrorjon Suyunov va bir qator faol Ustozlarimiz va O’quvchilarimiz bilan suhbat olib bordilar.

Biz Uchtepa akademiya filialimizga yanada rivoj, fayz va baraka tilaymiz! 💝

Bizning kanal:
💬 @Registan_LC
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Registon ta'lim loyihasining "yo'li"

Oliy maqsadimiz:
O'zbekiston ta'limini dunyoda birinchi o'ringa olib chiqish,
Bizning asosiy vazifamiz: Sifatli ta'limni tizimli ravishda yo'lga qo'yish.

Qadriyatlarimiz:
1) Sifatli ta’lim.
Jamoaning barcha a’zolari sifatli ta’lim uchun
kurashishlari shart.
2) Natijaviylik. Biz sifatli ta’limni ta’minlasak, natijalar
yaxshilanadi. Natijaga imkon qadar qisqa vaqtda erishish uchun
harakat qilamiz.
3) Mas’uliyatlilik. Sifat va natijaga erishishimiz uchun har
birimiz mas’uliyatni bo‘ynimizga olishimiz shart.
4) O‘z ustida tinimsiz ishlash va missiyamizga sodiqlik.
Jamoaning barcha a’zolari o‘z ustida tinimsiz ishlashi tabiiy
qonuniyatdir.

Yuqoridagi maqsad va vazifalarimizga ta'rif berish va ular haqida ma'lumotlar ulashish uchun mavzuning mayda detallarigacha kirib boramiz!

P.S. Registonning ta'lim bo'yicha strategiyasini berib boramiz. Sizda fikrlar bo'lsa, bildirsangiz xursand bo'lardik.
Registon ta’lim loyihasi haqida qisqacha...

    Sifatli ta’lim natijaga asoslangan bo‘ladi.  O‘z navbatida, ta’lim sifatini oshirish juda ko‘p omillarga bog‘liq. Shuni hisobga olgan holda, biz tizim shakllantirib, turli loyihalarni bir missiya atrofida birlashtirmoqdamiz.  Ular:

   1. Registon o‘quv markazi
   2. Regbooks nashriyoti
   3. Registan school*
   4. Registon Universiteti*
   5. Regprint poligrafiya
   6. Registan IT Group
  
Bu loyihalar orasida allaqachon o‘z o‘rniga ega bo‘lganlari ham, endi rivojlanib kelayotganlari ham, yaqinda tashkil etiladiganlari ham bor.
Bizda  ta’lim bo‘yicha loyihalar ko‘p, ularning o‘z vazifalari va maqsadlari turlicha. Lekin har bir loyihaning missiyasi bitta, ya’ni biz O‘zbekistonni ta’lim orqali rivojlangan jamiyatga aylantirishni niyat qilganmiz. Avvaliga bitta Registon deb o‘yladik. Keyin bizdek fikrlaydiganlar ko‘pligini angladik. Ular bilan birlashdik va ta’limni rivojlantirishni niyat qilgan jamoaga aylandik. Butun salohiyatimizni birlashtirib, buyuk missiyamizni bajarish uchun yo‘lga chiqdik.

Bizning kompaniya O‘zbekiston ta’limini dunyoda 1-o‘ringa olib chiqadi!

Butun Registonni mana shu Oliy maqsad birlashtirib turadi!