Avazbek Tulovov | Blog
515 subscribers
171 photos
33 videos
1 file
69 links
✔️Registon ta‘lim loyihasi asoschisi

▪️Ta'lim tizimi
▪️Shaxsiy rivojlanish

🖊 @tulovov_avazbek
Download Telegram
🎓 Registon maktabida unutilmas bitiruv kechasi!

🔥 Registon xususiy maktabida navbatdagi bitiruvchilar uchun esda qolarli bitiruv oqshomi tashkil etildi.

Bayramona muhit, samimiy tabriklar, ustozlarning quvonchi – bularning barchasi kechaga fayz berdi.

🥳 Bitiruvchilar o‘zlarining maktabdagi unutilmas lahzalarini eslashdi, Registonda olgan bilim va tarbiyalari hayot yo‘llarida mustahkam tayanch bo‘lishini ta’kidlashdi.

🙌 Registon maktabi har bir bitiruvchini yutuq va orzular sari yo‘lga kuzatar ekan, ular bilan faxrlanishda davom etadi. Maktab jamoasi oldinda ularni yanada yorqin kelajak, yangi marralar va ulkan zafarlarga boy hayot kutishiga ishonadi
👏10🏆5❤‍🔥3🕊3😇32💯2💔1
Maqsad...
Inson yashamog‘i uchun sabab bo'lmog'i va u umrni tikishga arzirli bo‘lishi juda muhim. Bir marotaba beriladigan cheklangan hayotimizni bag‘ishlay oladigan MAQSAD bo'lishi qanday yaxshi. Uning uchun kurashish va eng so'nggida behuda yashamagingni his qilish...

Biz ildizimizga qanchalik yaqinlashsak, shunchalar kuchni his qilamizki, MAQSAD yo'lida butun borlig‘imizni bag‘ishlashga tayyor bo‘lamiz va boshqalar tushuna olmaydigan natijalar yuzaga kela boshlaydi.

Biz uzun yo'lning boshida turibmiz. Ta‘lim va tarbiya orqali millatimiz rivojiga hissa qo‘shish... Bu maqsad bilan hozir ham avval ham qanchalik ko‘p inson yashab kelgan va kelmoqda. Biz ham ular qatorida ekanimizdan g‘ururlanamiz!
🔥33💯75🤝41👍1